MATEMATIKANING ONA TILI BILAN BOG’LIQLIGI
Matematika o’qitish metodikasi boshqa fanlar eng avvalo ona tili fani bilan bog’liq. Chunki ona tilini, o’z tilini bilmagan o’qishdan, yozuvdan behabar inson manqurt hisoblanadi. Inson dastlab harflarni ya’ni alifboni ulardan so’z yasash, bo’g’inga ajratish, gap hosil qilishni o’rganadi. Gaplardan matnlar hosil bo’ladi. Matn yaratishda inson bo’g’in ko’chirishni unli, undosh harflarni bilishi lozim.
Ona tili, ayniqsa, matematikada matnli masalalarda o’rni katta, chunki o’qishi ravon inson misol-masalani yaxshi anglab tushunadi.
Ko‘p bo‘g‘inli so‘zning oldingi satrga sig‘may qolgan qismi keyingi satrga bo‘g‘inlab ko‘chiriladi:
to‘q-son, si-fatli, sifat-li, pax-ta-kor, paxta-kor kabi.
Tutuq belgisi oldingi bo‘g‘inda qoldiriladi:
va’-da, ma’-rifat, mash’-al, in’-om kabi.
So‘zning bosh yoki oxirgi bo‘g‘ini bir harfdan iborat bo‘lsa, ular quyidagicha ko‘chiriladi:
1) so‘z boshidagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi oldingi satrda qoldirilmaydi:
a-badiy emas, aba-diy, e-shikdan emas, eshik-dan kabi;
2) so‘z oxiridagi bir harfdan iborat bo‘g‘in yolg‘iz o‘zi keyingi satrga ko‘chirilmaydi:
mudofa-a emas, mudo-faa, matba-a emas, mat-baa kabi.
O‘zlashma so‘zlarning bo‘g‘inlari chegarasida kelgan ikki yoki undan ortiq undosh quyidagicha ko‘chiriladi:
1) ikki undosh kelsa, ular keyingi satrga birgalikda ko‘chiriladi:
dia-gramma, mono-grafiya kabi;
2) uch undosh kelsa, birinchi undosh oldingi satrda qoldirilib, qolgan ikki undosh keyingi satrga ko‘chiriladi: silin-drik kabi.
Bir tovushni ko‘rsatuvchi harflar birikmasi (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi:
pe-shayvon, pe-shona, mai-shat, pi-choq, bi-chiq-chi, si-ngil, de-ngiz kabi.
Bosh harflardan yoki bo‘g‘inga teng qism va bosh harflardan iborat qisqartmalar, shuningdek, ko‘p xonali raqamlar satrdan satrga bo‘lib ko‘chirilmaydi:
AQSH, BMT, ToshDU, 16, 245, 1994, XIX kabi.
Harfdan iborat shartli belgi o‘zi tegishli raqamdan ajratib ko‘chirilmaydi: 5- “A” sinf, “B” guruhi, 110 gr, 15 ga, 105 m, 25 sm, 90 mm kabi.
Atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam nomdan ajratilgan holda keyingi satrga ko‘chirilmaydi:
“Navro‘z – 2015” (festival), “O‘qituvchi – 91” (ko‘rik tanlov), “Andijon – 9”, “Termiz – 16” (g‘o‘za navlari), “Boing – 767” (samolyot), “Foton -774” (televizor) kabi.
A.Jabborov, A.D.Abduvaliyev kabilarda ismning va ota ismining birinchi harfiga teng qisqartmalar familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi. Shuningdek, v.b. (va boshqalar), sh.k. (shu kabilar) singari harfiy qisqartmalar ham oldingi so‘zdan ajratib ko‘chirilmaydi.
MUSTAQILLIK
+314
+ 28
+679
970
1991
M -3
U -1
S -4
T -2
A -8
Q -6
I -7
L -9
K -0
|