Andijon viloyati marhamat tumani




Download 4,88 Mb.
bet3/9
Sana03.07.2024
Hajmi4,88 Mb.
#266441
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Natural sonlarni qo’shish va ayrish xamda matnli masalalar yangi

ASOSIY QISM
Ma’lumki, matematika o ‘qitish metodikasi fani pedagogika fanining ma’lum bir bo’limi bo’lib , u matematika fanini o‘qitish qoidalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Matematika o‘qitish metodikasi matematika fanini o‘qitish qonuniyatlarini o'rganish jarayonida pedagogika, mantiq, psixologiya, matematika, lingvistika va falsafa fanlari bilan uzviy aloqada bo’ladi. Boshqacha aytganda, maktabda matematika o‘qitish muammolari mantiq, psixologiya, pedagogika, matematika va falsafa fanlari bilan uzviy bog’liqlikda hal qilinadi. Matematika o‘qitish metodikasining metodologik asosi bilish nazariyasiga asoslangandir.
Matematika metodikasi fani matematik ta’limning maqsadi, mazmuni, formasi, uslubi va uning vositalarini dars jarayoniga tatbiqiy qonuniyatlarini o’rganib keladi. Matematika fani fizika, chizmachilik, kimyo va astronomiya fanlari bilan ham uzviy aloqada bo’ladi. Matematika fanining boshqa fanlar bilan uzviy aloqasi quyidagi ikki yo’l bilan amalga oshiriladi:
1) matematika tizimining butunligini buzmagan holda qo’shni fanlarning dasturlarini moslashtirish;
2) boshqa fanlarda matematika qonunlarini, formulalarini teoremalarni o‘rganish bilan bog’liq bo’lgan materiallardan matematika kursida foydalanish.
Hozirgi vaqtda matematika dasturini boshqa fanlar bilan moslashtirish masalasi ancha muvaffaqiyatli hal qilingan. Masalan, funksiyalar va ularni grafik tasvirlash haqida fizikada foydalaniladigan ba’zi ma’lumotlarni o’quvchilar V-sinfdan boshlab o‘rgana boshlaydilar.
V-VIII sinfda beriladigan geometrik yasashlarga doir ko‘p bilimlar chizmachilik fani uchun boy material bo’ladi, chizmachilikning vazifasi bu bilimlarni turli chizmachilik ishlarini bajartirish yo’li bilan puxtalashdan iboratdir.
Matematika darslarida boshqa fanlardan foydalanish masalasini dasturda aniq ko‘rsatish qiyin, buni o‘qituvchining o‘zi amalga oshiradi, ya’ni o‘quv materialini rejalashtirishda va darsga tayyorlanish vaqtida e’tiborga olishi kerak. Masalan, tenglamalarni o‘rganish davrida fizik miqdorlar orasidagi bo’lgan ishlarni aks ettiradigan tenglamalarni, ya’ni issiqlik balansi tenglamasi, issiqlikdan chiziqli kengayish tenglamasi va shunga o‘xshash tenglamalarni ham yechtirishi mumkin. Dasturning foiz proporsiya va boshqa boblarini o‘rganishda kimyo va fizika masalalaridan foydalanish maqsadga muvofiq (aralashmalar, quymalar va shunga o‘xshashlar), masalan:
1) 20% li eritma hosil qilish uchun eritiladigan moddadan 240 g suvga qancha solish kerak?
2) 5% li 400 g eritmani qaynatib, 200 g ga keltirildi. Endi eritmaning o‘tkirligi qancha bo‘ladi?
Qo‘shni fanlarga doir materiallardan matematika darslarida foydalanish fanlararo uzviy aloqadorlikni yanada mustahkamlaydi.

Download 4,88 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 4,88 Mb.