Fransiya 3 katta davrga bo’linadi.
1944-1946 yillar – vaqtinchalik rejim davri.Hukumatni harbiy general Sharl de Goll boshqargan.
1946-1958 yillar – 4-respublikachilar davri
1958 yildan to hozirgacha 5-respublikachilar boshqarmoqdalar.
1944 yillarga kelib Fransiyada 3 ta siyosiy partiya faoliyat olib brogan. FKP, FSP va Xalq re3spublikachilari harakati(partiya).
1944-1946 yillarda Fransiya general Sharl de Goll boshqarar ekan, bu davrda u AQSh dagi kabi prezidentlik lavozimini ta’sis qilmoqchi bo’ldi. Sharl de Goll “Ozod Fransiya” tashkilotining raxbari edi. 1946 yilda Fransiyada 3 ta siyosiy partiya bilan birgalikda hukumat saylovlari bo’lib turar o’tdi. Bu saylovda Xalq respublikachilari saylandilar.(1946-1958to’rtinchi respublikachilari)
1946-1958 yillarda to’rtinchi respublikachilari o’zlarining iqtisodiy islohatlarini olib bordilar. Bulardan biri milliylashtirishdir, deb o'ylagan hukumat xususiy mulk egalaridan bir yirik korxonalarni va butun-butun sohalarni sotib oldi. Elektr stansiyalar, ko'mir konlari, aviatsiya va sug'urta kompaniyalari, “Reno” avtomobil zavodi va boshqalar shular jumlasidan edi. Biroq ishlab chiqarish o'sishi sur'ati GFR va Italiyaga nisbatan past bo'ldi. Fransiya tashqi siyosatida Yevropa integratsiyasi masalasi katta o'rin tutdi. U NATO ga a'zo bo'lib kirdi. Fransiyaning tashabbusi bilan 1951-yilda «Yevropa Iqtisodiy Hamjamiyati» ga dastlabki qadam qo'yildi. 1952-yilda Parijda «Yevropa mudofaa hamkorligi» haqida shartnoma imzolandi. Bu shartnoma amalda GFR ni qayta qurollantirish uchun yo'l ochdi. 1955-yildaGFR NATO ga qabul qilingach, bunga javoban SSSR 1944-yilda imzolangan sovet-fransiya shartnomasini bekor qildi.
Ayni paytda Fransiya o'z tashqi siyosatida mustamlakachilik urushlari-ni davom ettirdi. Bu — Fransiya hukmron doiralaii milliy-ozodlik harakati qudratini to'g'ri baholay olmaganligining oqibati bo'ldi. Shuning uchun ham uni kuch bilan bostirishga urindilar. Chunonchi, 1946-yilning dekabr oyida o'z mustaqilligini e'lon qilgan Vetnamga qarshi mustamlakachilik urushini boshladilar. 8 yil davom etgan bu urush 1954-yilda Fransiyaning mag'lubiyati bilan tugadi.
Shu yili Jazoir xalqining milliy-ozodlik harakatini qonga botirish maqsadida urush harakatlarini boshladi. Jazoir amalda Fransiyaning okean orti o'lkasiga aylantirilgan edi. Bu yerda 1 mln. fransuz yashardi. Ular eng yaxshi yerlarga egalik qilardi. Jazoirlik fransuzlar butnamlakatga mustaqillik berishga mutlaqo qarshi edilar. Qulayotgan Fransiya mustamlakachi imperiyasini saqlab qolish tarafdorlarining barchasi ular atrofiga to'planishdi.
Jazoirlik fransuzlarni Fransiyaning 1956-yilda Marokko va Tunisga mustaqillik berishga majbur bo'lganligi ham tashvishlantirib qo'ygan edi. 1954-yUda boshlangan urush — Jazoir xalqi ozodlik kurashiga qarshi urush — eng qonli va shafqatsiz urush bo'ldi.
Ayni paytda urush mamlakat xazinasi bo'shab qolishiga olib keldi. Shunday sharoitda Jazoirdagi fransuz harbiylari va mustamlakachi fanatiklar davlat to'ntarishini amalga oshirish maqsadida isyon boshladi. Jazoirdagi fransuz armiyasi 250 ming kishini tashkil etardi. Isyonchilar de Gollni hokimiyatga qaytarishni talab etdilar. Ularning fikricha, de Goll Jazoir-ning Fransiyaga qaramligini saqlab qolishga qodir yagona shaxs edi. Fran-siyaning boshqa aholisi uchun esa de Goll Fransiyani harbiy diktaturadan saqlab qoluvchi yagona shaxs edi.
Sharl de Goll hokimiyatga qaytish uchun o'ziga favqulodda vakolatlar berilishi hamda konstitutsiyaviy islohotlar o'tkazishga ruxsat etilishi shartlarini qo'ydi. Fransiya Milliy Majlisi (parlamenti) bu shartlarga rozi bo'ldi va 1958-yilning 1-iyunida de Goll hokimiyatni egalladi. Shundan so'ng Milliy Majlis o'z faoliyatini tugatdi. Shu tariqa To'rtinchi Respublika ham barham topdi.
1958-yilning 28-sentabrida Fransiyada yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Bu — Fransiya tarixida beshinchi respublikaning vujudga kelishi ham edi. 21-dekabr kuni de Goll Prezident etib saylandi. Yangi Konstitutsiya parlament huquqlarini chekladi va, aksincha, Prezident vakolatlarini kengaytirdi. Fransiya prezidentlik Respublikasiga aylandi. Butun hokimiyat deyarli Prezident qo'lida to'plandi. U davlat hamda ijro-chi hokimiyat boshlig'i, Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo'mondoni ham edi.
Prezident parlament qabul qilgan qonunlarni tasdiqlash va parlamentni tarqatib yuborib, yangi saylov belgilash huquqiga ega edi. Muhim masalalarni va o'zi lozim topgan qonunlarni referendumga qo'ya olardi. Ichki va tashqi siyosatga shaxsan rahbarlik qilar edi. Shunday qilib, mamlakatda de Gollning shaxsiy hokimiyati o'rnatildi va u o'z oldiga Fransiyani tiklash vazifasini qo'ydi. Shu maqsadda mamlakat iqtisodini modernizatsiyalash amalga oshirildi. Ilmiy-texnika inqilobi yutuqlari keng joriy etildi. Sanoatning yangi tarmoqlari — atom, radio elektronika, kosmik texnologiya va raketa qurilishi vujudga keltirildi.
Modernizatsiyalash jadal sur'atlarda o'tkazildi va u 60-yillarda nihoyasiga yetkazildi. Oqibatda Fransiya zamonaviy industrial davlatga aylandi. Asosiy iqtisodiy ko'rsatkichlar bo'yicha Buyuk Britaniyani ortda qoldirib, jahonda 5-o'rinni mustahkam egalladi. Eksport ko'paydi. Bu unga 60-yillarning o'rtalariga kelib barcha qarzlaridan qutulish va qarz beruvchi davlatga aylanish imkonini berdi.
Qishloq xo'jaligini modernizatsiyalash ham nihoyasiga yetdi. Fransiya dehqonlari fermerlarga aylandilar. Mamlakat G'arbiy Yevropada oziq-ovqat mahsulotlari eksporti bo'yicha eng yetakchi davlatga aylandi.
Tashqi siyosatda 3 asosiy vazifa qo'yidi. Ularning birinchisi Fransiyaning buyukligini tiklash, ikkinchisi — mamlakat mustaqilligini mustahkamlash va, nihoyat, uchinchisi — AQSH ning Yevropadagi ta'sirini mumkin qadar bo'shashtirish edi. De Goll 1960-yilda Fransiyani yadroviy davlatga aylantirish orqali uning mudofaa qudratini oshirdi. Ayni paytda mustamla-kalarga mustaqillik berish yo'lidan bordi.
1960-yilda Afrikadagi mustamlakalarga siyosiy mustaqillik berildi. Bu qit'a xaritasida 14 ta yangi davlat vujudga keldi. De Goll Jazoirni bundan buyon itoatda tutib turish mumkin emasligini tushunib yetdi. Shuning uchun ham Jazoir Milliy Ozodlik fronti bilan muzokara boshladi. Uning bu yo'li o'ta mustamlakachi kuchlar qarshiligiga uchradi. Biroq Fransiya armiyasi De Gollga sodiq qoldi. Natijada armiyada isyon boshlashga urinish barbod bo'ldi.
1962-yilning 18-martida Jazoirga mustaqillik berish haqida bitim imzolandi. De Goll AQSH ning Vetnamdagi agressiyasini qoraladi. 1966-yilda Fransiyani NATO ning harbiy tashkilotidan chiqardi. AQSH ning Fransiya hududidagi harbiy bazasini tugatishga erishdi. YEIH ga Buyuk Britaniyaning a'zo qilinishiga qarshi chiqdi. Chunki de Goll Buyuk Britaniyani Yevropada AQSH ta'sirini o'tkazuvchi vosita, deb hisoblardi. GFR bilan yaqinlashish yo'lini tutganning dushmani bo'lib qolaverdi.
|