Ikkinchidan, kasaba uyushmalari mehnat munosabatlarida davlatning haddan tashqari vasiyligidan qutulishga intilayotgan edi.
Uchinchidan, mamlakatda uning barcha tabaqalari ham de Gollning AQSHdan uzoqlashish siyosatini ma'qullamas edi.
To'rtinchidan, hukumat ijtimoiy sohalargabudjet xarajatlarini kamaytirib yuborgan edi. Bu hoi jamiyatda chuqur norozilikni vujudga keltirdi.
Shunday sharoitda ijtimoiy portlash yuz berishi muqarrar, jamiyatning qaysidir qatlami shu portlashni sodir etishi lozim edi. Bu portlashni talabalar sodir etdilar. Boshqa qatlam va siyosiy kuchlar esa talabalar noroziligidan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishga urindilar. Shuning uchun ham may inqirozi oxir-oqibatda Fransiya milliy qahramoni, mamlakat Prezidenti de Gollni iste'fo berishga majbur etdi. 1969-yilning aprel oyida de Goll siyosatdan ketdi. U 1970-yilda 80 yoshida vafot etdi.
1969-yilning iyunida bosh vazir lavozimida ishlayotgan J. Pompidu mamlakat Prezidenti etib saylandi.
U saylovda de Goll partiyasi — «Respublikani himoya qilish ittifoqi»ning nomzodi sifatida qatnashdi. J. Pompidu ayni paytda de Gollning eng yaqin safdoshlaridan biri ham edi. J. Pompidu siyosatda o'zi tanlagan yo'lni «vo-rislik va muloqot», deb atadi. Bu iboraning birinchisi de Goll siyosatining davom ettirilishini, ikkinchisi esa muxolifatchi kuchlar bilan ham hamkorlik qilishni anglatar edi.
Ichki siyosatda J. Pompidu davlatning iqtisodiy hayotga aralashuvini kamaytirdi. Biroq ijtimoiy himoya sohasi bo'yicha qonunchilikni kuchaytirdi. Tashqi siyosatda «muloqot» tamoyiiiga amal qildi. Ya'ni AQSH bilan yaqinlashish boshlandi. 1973-yilda Buyuk Britaniyaning YEIH a'zoligiga qabul qilinishiga qarshilik qilmadi. Ayni paytda Fransiyaning tashqi masalalarda mustaqil siyosat yuritish yo'liga sodiqlikni saqlab qoldi.
1974-yilda J. Pompidu vafot etdi. «Fransiya demokratiyasi uchun ittifoq» (FDUI) partiyasi nomzodi V. Jiskar d'Esten yangi 7 yillik muddatga Prezident etib saylandi. Bu davrda mamlakatdagi siyosiy kuchlar va mamlakatda 4 ta yirik siyosiy partiya faoliyat ko'rsata boshladi. Sobiq degollchilar va o'ng kuchlar «Respublikani quwatlash birlashmasi» (RQB) partiyasiga birlashdilar.
Awalgi partiyalardan Sotsialistik va Kommunistik partiyalar o'zlarini saqlab qoldilar. Bu partiyalarning 2 tasi (FDUI va RQB) o'nglar, 2 tasi esa (FSP va FKP) so'liar deb atala boshlandi.
Yangi Prezident d'Esten inqiloblarsiz, islohotlar yo'li bilan «ilg'or liberal jamiyat» qurish g'oyasini ilgari surdi. Uning prezidentligi davrida minimal ish haqi eng ko'p darajada oshirildi. Saylovda qatnashish yoshi 20 dan 18 yoshga tushirildi.
1981-yilgi prezidentlik saylovida Sotsialistik partiya nomzodi F. Mitteran (1916—1996) g'alaba qozondi va mamlakatni 14 yil boshqardi. So'l kuchlar hukumati saylovchilarga bergan va'dalarini bajarish maqsadida qator islohotlar o'tkazdilar. Chunonchi, ish haqlari oshirildi; ishsizlik .va ko'p bolali oilalarga yordam ko'paytirildi, nafaqa va pensiyalar miqdori oshirildi. Yirik sarmoyalar-ga solinadigan soliq miqdori ko'paytirildi. Ish haftasi 39 soatga keltirildi. Pul to'lanadigan yillik mehnat ta'tili 5 haftaga uzaytirildi. 36 bank va metallurgiya, elektronika, kimyo, samolyotsozlik, harbiy sanoat sohalarini milliylashtirishga kirishildi. Umummilliy davlat organlari va vakolatlari qisqartirildi. Mahalliy hokimiyat organlari vakolatlarini kengaytirish boshlandi.
1986-yildagi parlament saylovida MF hallo 35 ta deputatlik o'rnini ham egalladi. Shundav sharoitda sotsialist F. Mitteran o'ng parliya — RQB Lideri J. Shirakni bosh vazir clili tayinladi. Shu tariqa so'l prezident bilan o'liy. bosh vazirning odatdan tashqari o'ziga xos faoliyat ko'rsatishi boshlandi. J. Shirak hukumati milliylashtirilgan korxonalarm egalariga qaytara boshladi. Yirik sarmoyaga so linadigan soliqni kamaytirdi. Immigratsiyani chekladi. Tashqi siyosatda yagona Yevropam vujudga keltirish siyosatini davom ettirdi. 199 I yilda Maastrixt shartnomasining imzolanislii da Fransiyaning xizmati katta bo'ldi.
1995-yilning 7-may kuni o'tkazilgan prc/i
dentlik saylovida J. Shirak g'alaba qozoncli,
Fransua Mitteran 1997-yilda o'tkazilgan parlament saylovida
esa so'l partiyalar g'alaba qozondi. Bosh vazir lavozimini Sotsialistik partiya
vakili egalladi. Yana o'nglar bilan so'llarning o'ziga xos odatdan tashqari
birgalikda faoliyat ko'rsatishi boshlandi.
Fransiya hukumati ichki siyosatda neokonservatizm yo'lidan qat'iy bormoqda. J. Shirak prezidentlik muddatini 7 yildan 5 yilga tushirish haqicla qonun qabul qilinishiga erishdi. Tashqi siyosatda Yevropaning tobora birlashuvi uchun intilmoqda.
Bugungi Fransiya dunyoning eng taraqqiy etgan 7 industrial davlatidan bin. Aholisining katta qismi shaharda yashaydi. Qishloqxo'jaligi bilan aholminy, atigi 6 foizi shug'ullanadi. Oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bo'yicha dunyoda AQSH dan so'ng ikkinchi o'rinda turadi. Aholisining 85 foizi yollanma mehnat vakillari (ishchilar, xizmatchilar, texnik ziyolilar)dan iborat.
Fransiya o'zining ilmiy-texnika yutuqlari — zamonaviy aviatsiya, o'la tez yurar poyezdlari, mashhur «Reno», «Sitroyen» va «Pejo» avtomobillari, ilg'or kemasozlik sanoati bilan haqli suratda faxrlansa arziydi.
1992-yil fevral oyida Fransiya bilan O'zbekiston o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatildi.
|