|
Andijon viloyati
|
bet | 3/5 | Sana | 23.07.2021 | Hajmi | 71,5 Kb. | | #15939 |
May inqirozi
1968-yilning may oyida mamlakatda siyosiy inqiroz yuz berdi. Inqiroz Parij talabalarining namoyishidan boshlandi. 7-may kuni talabalar ta'lim tizimini tubdan qayta qurish, ta'iim tizimi xarajatlarini oshirish va stipendiyalarni to'lash talabi bilan namoyishga chiqqan edilar. Kasaba uyushmalari talabalarni qo'llab-quvvatladi.
Talabalar universitet binosini egallab oldilar. O'ta radikal va o'ta so'l kuchlar esa talabalarni Yelisey saroyini ham egallab olish uchun gij-gijlay boshladilar.
Oqibatda hukumat namoyishchilarga qarshi kuch ishlatdi. 3 mingdan ortiq talaba yarador qilindi va hibsga olindi. 13-may kuni esa yuz minglab parijlikiar de Goll tartibiga qarshi namoyish o'tkazdilar. Mamlakatda 4 hafta davom etgan umumiy ish tashlashlar boshlandi. Ularda qariyb 10 mln. kishi ishtirok etdi.
Hukumat kasaba uyushmalarining ish haqi, nafaqalarni oshirish, ish haftasini qisqartirish kabi talablarini qondirdi. iyun oyi oxirida ishchilar ish joylariga qaytdilar. Shu tariqa mamlakatda siyosiy vaziyat barqarorlash-tirildi.
Xo'sh, may inqirozining sabablari nima edi?
Birinchidan, mamlakat mulkdorlari orasida iqtisodiyotga davlatning qattiqqo'llik bilan aralashuvidan norozilik o'zining yuqori nuqtasiga yetgan edi.
|
| |