|
Aniq fan metodbirlashmasining 2022-2023 o’quv yili davomida metodbirlashma yig’ilishlarida ko’riladigan masalalar
|
bet | 2/8 | Sana | 08.10.2024 | Hajmi | 40,58 Kb. | | #274147 |
Bog'liq Aniq fan metodbirlashmasining 2022Aniq fanlar metodbirlashma
rahbari : ________________________________
Rishton tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 34-umumiy o’rta ta’lim maktabining aniq fanlar metodbirlashmasining
BAYONNOMASI № ___
“_____” _______ 20 ____ yil _______________
Yig’ilish raisi: A.Vahobov
Yig’ilish kotibi: X.Fozilova
Yig’ilishda qatnashdi: O’IBDO’ va metodbirlashma a’zolari
Kun tartibi:
1. Metod birlashma 2021-2022 o’quv yilida amalga oshirgan ishlari va yangi 2022-2023 o’quv yilidagi vazifalar (A.Vahobov)
2. Fan o’qituvchilarining taqvim–mavzu rejalari, o’zgartirilgan va yangilangan darsliklar muhokamasi (o’qituvchilar)
3. Fan xonalarini DTS talabi asosida jihozlanishi va o’quvchilarning kitob bilan ta’minlanishi (A.Vahobov)
4. “Xalqaro baholash tizimi” PISA dasturi bo’yicha ma’ruza materiallari (o’qituvchilar)
Eshitidi:
Birinchi masala yuzasidan metodbirlashma rahbari A.Vahobov so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2021-2022 o’quv yilida bajarilgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi. ”Fan olimpiadalari” va “Bilimlar bellashuvi”da o’quvchilarimiz yuqori ko’rsatkichlarga erishishdi. Yangi o’quv yilida viloyat va Respublika bosqichlarga erishish uchun o’quvchilar bilan to’garak mashg’ulotlarda reja asosida ko’proq sifatli, samarali mashg’ulotlar o’tkazish zarurligini ta’kidlab o’tdi.
Muzokaraga informatika fani o’qituvchisi I.Marasulov va Matematika fani o’qituvchisi G.Umrzoqovalar yuqoridagi fikrlarni ma’qulladilar.
Ikkinchi masala yuzasidan Matematika fani o’qituvchisi G.Umrzoqova so’zga chiqdi. U o’z so’zida taqvimiy mavzu rejalarda, murakkab mavzularda optimallashtirib 2 soat o’tish mumkinligini aytdi. Muzokaraga chiqqan A.Inomjonov, X.Fozilovalar ham taqvimiy rejada haftasiga 2 soatdan o’tish zarurligini aytdi.
Uchinchi masala yuzasidan metodbirlashma a’zosi A.Vahobov so’zga chiqdi. U o’z so’zida bugungi metodbirlashma yig’ilishida to’garak raxbarlarini saylashimiz zarurligini aytdi. Fan xonalariga o’qituvchilarni biriktirish rejasini aytib o’tdi.
Muzokaraga Matematika fani o’qituvchisi G.Umrzoqova so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Yosh matematiklar” to’garagining rahbarligining amalga oshirishini aytdi. Informatika fanidan X.Fozilova 5-11 sinflarda “Yosh dasturchilar” to’garagiga rahbarlik qiladi. To’garak mashg’ulotlari jarayonida o’quvchilarni matematika faniga qiziqishini oshirishini aytdi. Matematika fani o’qituvchisi G.Umrzoqova “Yosh matematiklar” to’garagini tashkil etib, Matematika faniga hissa qo’shgan olimlar haqida ma’lumot berishini aytdi.
Informatika xonasiga A.Vahobov va X.Fozilovalar va matematika fan xonasiga I.Marasulov, G.Umrzoqova va A.Inomjonovlar mas’ul etib tayinlandi.
Informatika fani o’qituvchisi X.Fozilova so’zga chiqdi. U o’z sozida 2021-2022-o’quv yilida fan xonalari DTS talablari asosida jihozlanishi zarurligini aytdi. Metodbirlashma raisi A.Vahobov o’qituvchilarning ish yuklamalari haqida quyidagilarni gapirdi.
1. Matematika fani o’qituvchisi A.Inomjonovning haftalik dars soati 20 soatni tashkil etadi.
2. Matematika fani o’qituvchisi X.Fozilovaning haftalik dars soati 5-11 sinflarda 19 soatni tashkil etadi.
3. Matematika fani o’qituvchisi G.Umrzoqovaning 6-7-8 sinflarda haftalik dars soati 22 soatni tashkil etadi.
4. Matematika va informatika fani o’qituvchisi I.Marasulovning haftalik dars soati 21 soatni tashkil qiladi.
5. Matematika va informatika fani o’qituvchisi A.Vahobov ning haftalik dars soati 23 soatni tashkil qiladi.
Muzokaraga Matematika fani o’qituvchisi G.Umrzoqova so’zga chiqdi. U o’z so’zida dars tahlillari, sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar, iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchilar bilan yakka tartibda mashg’ulotlar o’tkazishimiz zarurligini aytdi.
Muzokaraga matematika fani o’qituvchisi A.Inomjonov chiqdi. U o’z so’zida metodik tadbirlar, yig’ilishlarda ishtirokimiz, ota-onalar yig’ilishlarida qatnashishimiz zarurligini ta’kidladi.
To’rtinchi masala yuzasidan aniq fanlar metod birlashma a’zosi I.Marasulov so’zga chiqdi. U o’z so’zida 2018 yil 8 dekabr 997-sonli “Xalq ta’limi tizimida ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish chora tadbirlari to’g’risida” aytib o’tdi.
Quyidagi xalqaro baholash dasturlari bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni (keyingi o’rinlarda xalqaro tadqiqotlar deb ataladi) tashkil etish:
Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) — boshlang’ich 4-sinf o’quvchilarining matnni o’qish va tushunish darajasini baholash uchun;
Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) — 4 va 8-sinf o’quvchilarining matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan o’zlashtirish darajasini baholash uchun;
The Programme for International Student Assessment (PISA) — 15 yoshli o’quvchilarning o’qish, matematika va tabiiy yo’nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash uchun;
The Teaching and Learning International Survey (TALIS) — rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’qitish va ta’lim olish muhitini hamda o’qituvchilarning ish sharoitlarini o’rganish uchun;
|
| |