• Metodbirlashma rahbari: A.Vahobov Kotibi: D.Ro’ziboyeva
  • Yig‘ilish raisi: A.Vahobov Kotibi: X.Fozilova Qatnashdilar
  • Yuqoridagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi




    Download 40,58 Kb.
    bet7/8
    Sana08.10.2024
    Hajmi40,58 Kb.
    #274147
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Aniq fan metodbirlashmasining 2022

    Yuqoridagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi:

    1.Har bir fan o‘qituvchilari o‘qitishning zamonaviy shakllaridan foydalanib, ijodiy muhitni yaratish orqali ta'lim samaradorligini oshirsin.


    2.Dars jarayonida tarqatmali materiallar va ko‘rgazmali qurollar, texnika vositalari va yangi axborot texnologiyalari, elektron darsliklardan foydalanib dars o‘tish har bir o‘qituvchi zimmasiga yuklatilsin.
    3.Aniq fanlar fan oyligining ochilishi tantanali tashkil etilsin va fan oyligi davomida bajariladigan ishlar nazorati metod birlashma rahbari A.Vahobov zimmasiga yuklatilsin.
    4.To‘garak mashg’uloti ishlarini jonlantirish bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlashni yaxshilash kabilar yuklatilsin.
    5.Ushbu qarorlar ijrosini nazorat qilish metodbirlashma rahbariga yuklatilsin.

    Metodbirlashma rahbari: A.Vahobov
    Kotibi: D.Ro’ziboyeva
    Rishton tumani xalq ta’limi bo’limi tasarrufidagi 34-umumiy o’rta ta’lim maktabining aniq fanlar metodbirlashmasining
    BAYONNOMASI № ___
    “_____” ___________ 20 ___ yil _____________________

    Yig‘ilish raisi: A.Vahobov
    Kotibi: X.Fozilova
    Qatnashdilar: Metodbirlashma a’zolari


    KUN TARTIBIDA KO‘RILADIGAN MASALALAR:

    1. Yosh mutaxasislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot


    (ma’ruzachi A.Vahobov)
    2 “Umumiy o’rta ta’lim muassasalalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g ‘risida” 2019-yil 30-sentabrdagi 823-sonli qarorga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qarorni o‘rganish
    3. Matematika fani o‘qituvchisi Taslimboyeva Zebo Ergashovnaning matematika fanidan tashkil qilgan “Matematika olamiga sayohat” integratsiyalashgan tadbirini o‘rganish
    4. Ta’limga oid yangiliklar bilan tanishish. “Kundalik com”dagi kamchiliklarni bartaraf etish

    ESHITILDI:

    Kun tartibidagi 1-masala yuzasidan A.Vahobov so’zi eshitildi. U o’z so’zida yosh mutaxassislar bilan olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berdi.Yosh mutahasislarga biriktirilgan ustozlarimiz Bekbo‘tayeva Dinara va Isakova Raushan so‘zi tinglandi


    Kun tartibidagi 2-masala yuzasidan metod birlashma rahbari A.Vahobov so’zga chiqdi. “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’rnak ko’rsatgan xodimlarini moddiy rag’batlantirish tartibini takomillashtirish to’g’risida” 2019-yil 30- sentabrdagi 823-sonli qaroriga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish haqida” 831-sonli qaroriga kiritilgan o’zgarishlar bilan o’qituvchilarni tanishtirib o’tdi.
    Kun tartibidagi 3-masala yuzasidan maktab O‘IBDO‘ Munsaliyev Toshkanboy Toshtemirovich so‘zga chiqdi.Tajribali o‘qituvchi A.Vahobov ning matematika fanidan o‘tkazgan “Matematika olamiga sayohat” integratsiyalashgan tadbirini ommalashtirish haqida gapirdi.A.Vahobov tadbirni “Besh tashabbus” doirasida tashkil qilganligi, musiqa, ingliz tili, tarbiya, texnologiya darslari bilan bog‘lab o‘tganligini aytib o’tdi. 3- sinf o‘quvchilarida kompyuter bilan ishlash ko‘nikmasi mavjudligi o‘qituvchining yutug‘i ekanligi aytildi. Tadbirni kuzatgan boshqa o‘qituvchilar ham so‘zga chiqdi va A.Vahobovning yutuqlari haqida gapirib o‘tishdi. Bekbo‘tayeva Dinara o‘z so‘zida o‘quvchilarning og‘zaki hisoblash malakalari rivojlanganligi,kelajakda o‘quvchilar bugungi tadbirdan o‘rganganlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari haqida gapirib o‘tdi.
    Kun tartibidagi 4-masala ham ko’rib chiqildi. Ta’limga oid yangiliklar bilan o’qituvchilarni Abdurahmonova N tanishtirib o’tdi. “Kundalik com”dagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan metod birlashma rahbari A.Vahobov gapirib o’tdi.


    Download 40,58 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 40,58 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Yuqoridagi masalalar yuzasidan yig‘ilish qaror qiladi

    Download 40,58 Kb.