XULOSA
Kompyuterda oddiy operatsiyalar majmuasini bilmasdan turib kompyuter grafikasini o’zlashtirib bo’lmaydi. Demak ta’lim tizimida avval informatika fani talabalar tomonidan o’zlashtirilishi lozim ekan. Keyingi talab o’rganiladigan grafik dasturni talabidan kelib chiqadi. AutoCAD grafik dasturi chizma yaratish bilan bog’liq bo’lganligi uchun ham chizmachilik, geometriya, chizmachilik fanining nazariyasi hisoblanmish chizma geometriya kabi aniq fanlarni bilishni talab etadi. Qisqa qilib aytganda foydalanuvchi dastlab AutoCAD grafik dasturini o’rganishda dastlab informatika so’ng chizmachilik va chizma geometriya fanlari o’zlashtirilgan bo’lishi lozim.
AutoCad dasturi grafik imkoniyatlari juda yuqori va ayni paytda ham sodda, ham murakkab topshiriqlarni bajara oladi. Shunisi e’tiborga loyiqki u bevosita aniq fanlar bilan ham chambarchas bog’liqdir. Ularning uzviy davomi sifatida ham qabul qilinishi mumkin va talabalarning kelgusi ish faoliyatlarida ham foydali o’rin tutadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi “AutoCad dasturida grafik ishlarni bajarish”ga bag`ishlangan bo`lib,
u kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. I bobda AutoCAD dasturi haqida umumiy tushuncha, dasturning interfeysi va imkoniyatlari to`liq yoritib berilgan. II bobda AutoCAD dasturida ishlatiladigan
koordinatalar sistemasi, koordinatalar va kesmalar uzunligini kiritishning usullari AutoCad dasturida ob’yekt tushunchasi va ob’yektlarni tanlash, AutoCad dasturida grafik ishlarni bajarish masalalari hamda grafiklarni chizishda foydalaniladigan funksiyalarning vazifalari,
shuningdek, chizmaga matn joylashtirish va o’lcham usullari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Dasturdan foydalanib turli ko’rinishdagi grafiklar, chizmalar hosil qilingan.
52