|
Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi
|
bet | 2/27 | Sana | 10.01.2024 | Hajmi | 1,51 Mb. | | #134206 |
Bog'liq Avtocadda ishlashYangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi.
Sh.M.Mirziyoyev
KIRISH
Mamlakatimizni obod, xalqimizni farovon qilish davlatimizning eng asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Ushbu nihoyatda katta vazifani bajarish keng qamrovli
masalalarni hal etishni taqozo etadi. Ana shunday muhim masalalardan biri har
tomonlama kamol topgan yuqori malakali mutaxasssilarni tayyorlashdir. Buning
uchun shunga mos ta’lim va tarbiya ishlarini bajarish, o’quv jarayonini rivojlangan
demokratik davlatlarda olib borilayotgan o’quv jarayoniga tenglashtirish,
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga kengroq
tadbiq etish zarur.
XXI asr yangi texnika va texnologiyalarni kompyuterlar asosida ishlab
chiqish va tashkil qilish asri hisoblanadi. Binolar va inshootlar qurilishi yo’nalishi
bo’yicha ta’lim olayotgan talabalar faoliyatiga yurtimiz obodligi bevosita
bog’liqdir. Shunday ekan, oliy o’quv yurtlarida puxta bilim olgan, o’z kasbini sevib, uni sirlarini har tomonlama chuqur o’rgangan, yetarli kasb mahoratiga ega
bo’lgan yoshlar mamlakatimiz kelajagini yanada obod qila oladilar. Bu masala esa
ko’p jihatdan ularning bilim olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarga, shu
jumladan yoshlar uchun yaratilgan o’quv adabiyotlariga bog’liq.
Bugungi kunda juda ko’plab kompyuter grafik dasturlari mavjud bo’lib,
ularni qaysi sohada qollanilishi bilan bir biridan farqlanadi. Har bir soha mutaxassislari o’z faoliyatlari uchun qulay bo’lgan grafik dasturni tanlaydilar. Dasturlarning imkoniyat chegaralari ham ma’lum bir sohaga yo’naltirilgan bo’ladi. Demak, grafik dasturni tanlashda avvalom bor uning imkoniyatlarini inobatga olish lozim. Aksariyat hollarda grafik dasturni qo’llashdan oldin boshqa bir dasturlarni yoki fanlarni o’zlashtirishga ehtiyoj seziladi. Shunisi bilan ham grafik dasturlar murakkablashib boradi.
I BOB. AutoCad dasturi va unda ishlash texnologiyasi
|
| |