1.2. AutoCAD dasturining interfeysi
AutoCAD tizimini ishga tushirishning standart
usulida quyidagi amallar
ketma – ket bajariladi:
1. Start (Pusk) tugmasi bosiladi (1-rasm).
2. All Programs (Программы) bo’limiga kiriladi.
3. Autodesk bo’limiga kiriladi.
4. AutoCAD dasturi tanlanadi.
1-rasm. AutoCAD dasturini ishga tushirish.
AutoCAD tizimini yorlig`i
AutoCAD tizimini yorliq yordamida ham ishga tushirish mumkin. Buning
uchun Rabochiy stol menyusidagi AutoCAD tizimi yorlig’i ustida “Sichqon”cha chap tugmasi ikki marotaba tez-tez bosib yuklanadi. Natijada AutoCAD dasturning grafik interfeysi (2-rasm) namoyon bo’ladi.
5
2-rasm. Dasturning bosh oynasi ya’ni loyihalash
muhiti.
Ushbu loyihalash muhitining tarkibiga quyidagi asosiy elementlar kiradi: 1. Muharrirlanayotgan chizma (fayl) nomi ko’rsatilgan sarlavha;
6
2. Asosiy menyu;
3. Asboblarning standart paneli;
4. “Ob’yektning xususiyati” paneli;
5. “Chizish” paneli;
6. “O’zgartirish” paneli;
7. Muloqotlar paneli (buyruqlar satri);
8.
Holatlar satri;
9. Asosiy ishchi maydon;
10.Chizmadagi joriy holatni ko’rsatuvchi kursor(sichqoncha) holati.
AutoCAD tiziminini interfeysi rostlanuvchan bo’lib, uning ko’rinish 2-
rasmdagidan farq qilishi mumkin.