Biz faqatgina chizmani qog‘ozda chiqarishning bitta algoritmini ko‘rib
chiqishni tavsiya etamiz, chunki ushbu kursni talaba o‘rganish mobaynida qolgan variantlar ehtimol ishlatilmasligi mumkin.
Demak, chizmani qog‘oz (bosma)ga chiqarish jarayoni “Bosma” tugmachasi
orqali boshlanadi yoki Fayl/Bosma menyu punkt.
Shunda “Chizma chiqarish” muloqot oynasi chiqadi (19-rasm)
1) “Chiqarishning tuzilishi” qo‘shimchasida:
a) “Chizma qurish konfiguratsiya” maydonchasining “Nomi” katakchasida shu paytda ulangan printer turi o‘rnatiladi;
2) “Chizma parametrlari” qo‘shimchasida:
a) «Qog‘oz formati» katakchasiga qog‘ozning o‘lchamlari (misol uchun
A4) ko‘rsatiladi.
b) «Chizma oriyentiri (yo‘nalishi, mo‘ljali)» maydonchasiga mo‘ljallangan (kitobli yoki albomli) o‘rnatiladi;
v) «Oyna» tugmachasi yordamida sichqoncha orqali chizmani bosmadan chiqarish joyi ko‘rsatiladi.
g)«To‘liq ko‘rish» tugmachasi yordamida oldindan chizmani qog‘ozda joylashishi va qanaqaligini ko‘rish mumkin.
d) “Siljish” maydonchasiga mazmunni bergach, chizmani qog‘ozga
nisbatan shakllantirish mumkin;
e) «Chizma masshtabi» maydonchasida qog‘ozga chizma chiqarish masshtabini o‘rnatish mumkin.
50