• 2.1.Nuklein kislotalar (DNK) ning birlamchi strukturasi
  • II BOB.HUJAYRADAGI DNK NING MIQDORI




    Download 74,48 Kb.
    bet9/19
    Sana10.02.2024
    Hajmi74,48 Kb.
    #154063
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
    Bog'liq
    Dnk ni ajratish usullari-fayllar.org

    II BOB.HUJAYRADAGI DNK NING MIQDORI
    2.1.Nuklein kislotalar (DNK) ning birlamchi strukturasi
    DNK-dezoksiribonuklein kislota barcha tirik organizmlar hujayrasida, hatto ayrim viruslarda genetik modda sifatida keng tarqalgan. Uning hujayradagi asosiy qismi yadro xromosomalarida, qisman sitoplazmada (0.1-0.2%) bo`ladi. Sitoplaz-matik DNK yoki setelit (sayyor ) DNK yirik organoidlar – mitoxondriy, xloroplast, kinetoplast (bir hujayrali organizmlarda) va boshqalarda uchraydi. Lekin u plazmatik membranada ham juda oz miqdorda bo`lishi keyingi tekshirishlarda aniqlangan. DNKning hujayradagi umumiy miqdori organizmning evolyutsion pog`onada rivojlanganlik darajasiga bog`liq, ya’ni organizm qancha sodda tuzilgan bo`lsa, ularda DNK miqdori oz, qncha murakkab tuzilgan bo`lsa, aksincha, ko`p bo`ladi. Uning ayrim orgazmlar hujayrasidagi (xromosomalarning gaploid to’plami bo`yicha) jadvalda keltirilgan. Lekin shuni eslab o`tish kerakki, ayrim sodda tuzilgan qadimgi organizmlarda (masalan, ikki yoqlama nafas oluvchi baliqlarda, amfibiyalarda) DNK miqdori sut emizuvchilardagiga nisbatan bir necha marta ko`p bo`lishi aniqlangan .
    2.1.Nuklein kislotalar (DNK) ning birlamchi strukturasi
    DNK tuzilishining o`ziga xos xususiyatlarini tushinish uchun birinchi marotaba E. Chargaf (1949-yil) tomonidan aniqlangan va keyinchalik “Chargaf qoidalari“ deb nomlangan azot asoslari miqdoriy saqlanishi haqidagi qonuniyatlar muhim ahamiyatga egadir. Turli manbalardan ajratilib, tozalangan DNK tarkibi tekshirilganda quyidagilar aniqlandi.
    Purin va pirimidinlar molekulyar qismi tengdir
    A+G=S+T yoki A+G\S+T=1
    2.Adenin va sitozinning miqdori , guanin va timining miqdoriga tengdir
    A+S= G+T yoki A +SU \G + T=1
    3.Adenin miqdori timin miqdoriga teng, guanin miqdori esa sitozin miqdoriga teng. .=T va G=U ; A/T=1 G/U=1
    4.Guanin bilan sitozin molyar konsentratsiyalari yig`indisining adenin bilan timinning molyar konsentratsiyalari yig`indisiga nisbati turli manbalar-dagi nuklein kislotalarda turlicha bo`ladi. Bu spesifiklar koeffisenti deb ataladi va (G +U)/(A +T )shaklida ifodalanadi.
    Har xil organizmlardan olingan DNKning nukleotid tarkibi jadvalda berilgan . Unda G+S/A+T qiymatlari ham berilgan. Ularning nisbati yuqori o`simliklarda va hayvonlarda kam o`zgarib, doim birdan past (0.54-0.94) qiymatga ega. Tuban o`simliklarda, bakteriyalarda bu nisbat keng miqyosda o`zgarib turadi [9-10].
    Bunda spesifiklik koeffitsiyenti 0.45-2.57 oralig`idadir. Shuning uchun ham G+S/A+T ning nisbati DNK ning spesifiklik koeffitsiyenti deb ataladi, undan turlarni, ayniqsa mikroorganizmlarni aniqlashda toksomik belgi sifatida foydala-nish mumkin. Agar G+S/A+T ning qiymati birdan kam bo’lsa, bunday DNK AT tipga, agar uning qiymati birdan katta bo’lsa GS tipga kiradi.
    Yuksak o’simliklar va hayvonlar DNKsi AT tipga mansub. Ularda GS miqdori 28-50 % atrofida o`zgarib turadi . Agar evolyutsion pog`ona bo’ylab pastga tushsa, uning miqdori keng miqyosda o`zgarib boradi.
    Zamburug’larda, suvo’tlarda va bakteriyalarda GS miqdori 28-70% atrofida o`zgarib turadi. Ularni DNK si ko’pincha GS tipga mansub. Sil tayoqchasidan (qushlarda uchraydigan turida AT juftining umumiy miqdori 30% GS juftiniki 70 % bo’ladi).
    A.N.Belozerskiy va uning o’quvchilari olgan natijalarga asosan tabiatda AT –tur DNK (xordali va umurtqasiz hayvonlarda, yuqori o’simliklarda, ba’zi bakteriya, zamburug’li organizmlarda) va GS tur DNK (aktinomitsinlar, ba’zi bakteriya va viruslar) mavjudligi ko’rsatilgan.
    Monomer molekulalar nuklein kislotalarning strukturasi birligi hisoblanadi va ular mononukleotidlar deb ataladi.
    DNK molekulasidagi mononukleotid murakkab efir bog`i bilan birikkandir. Bu bog` bir mononukleotidlarning fosfat qoldig`i bilan boshqa mononukleotid pentoza qoldig`ining 3-gidroksil guruhidan hosil bo’lgan (3’,5’ fosfodiefir). Nuklein kislotalar nukleozid monofosfatlarning chiziqli polimerlari – polinukleotidlardir [16]. Polinukleotidlarning uchlari tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi.Bir uchida erkin 5-fosfat guruhi(5-uchi) bo’lsa, ikkinchi uchida erkin 3-OH guruhi (3-uchi) bo’ladi.
    DNKning birlamchi strukturasini qisqacha tasvirlash uchun bir xarfli nukleozidlar simvollaridan foydlaniladi. A-adenozin,G-guanozin, S-sitidin ,T-timidin.
    DNK strukturasining yozuvi “d” (dezoksi ) old qo’shimchasi bilan belgilanadi:
    d(G-G-S-A-T-A-T-T-G-S-)
    Ana shunday yozuvda chap tomonda 5-uchi o’ng tomonda 3-uchi bo’ladi. Ba’zan polinukleotidlarni bunga qarama-qarshi tarzda yozishga to’g’ri keladi. Bu holda adashmaslik uchun qo’shimcha prefikslar qo’yiladi. (5’→3’) A-T-A-A-G-..... bu o’rinda 5’- uchi chap tomonda; yoki (3’→5’) G-A-A-T-A 5-uchi o’ngda bo’ladi.
    DNK molekulasining birlamchi strukturasi qisqacha qilib aytganda birin –ketin joylashgan ana shunday dezoksiribonukleotidlar qatoridan iboratdir.

    Download 74,48 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




    Download 74,48 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II BOB.HUJAYRADAGI DNK NING MIQDORI

    Download 74,48 Kb.