|
Aniq va tabiiy fanlar
|
bet | 2/18 | Sana | 17.02.2024 | Hajmi | 1,73 Mb. | | #158021 |
Bog'liq Biologik ketma-ketlikni taqqoslash. Gomologik ketma-ketliklarMavzuning ahamiyati. Biologik ma’lumotlar bazalari –ilmiy tajribalar, nashr etilgan adabiyotlar, tadqiqot texnologiyasi va hisoblash ishlari natijasida to‘plangan bilimlardan saralangan hayot haqidagi fanga tegishli bo‘lgan ma’lumotlar kutubxonasidir.
Mavzuning o‘rganilganligi. Mavzu bo‘yicha dunyo olimlari tomonidan ko‘plab tadqiqotlar o‘tkazilgan. Ushbu mavzu bo‘yicha ma’lumotlar klassik manbalarda, zamonaviy darsliklarda, elektron bazalarda va internet saytlarida ko‘plab topiladi, lekin asosan ingliz va tillaridagi ma’lumotlarni topish mumkin. Bizning kurs ishi bo‘yicha bajargan ishlarimiz bu boradagi ishlarga ma’lum xissa bo‘lib qo‘shiladi.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Mavzu bo‘yicha dunyo olimlari tadqiqotlarini o‘rganish asosida biologiya sohasiga oid eng so‘ngi yangliklarni jamoatchilikka ma’lum qilish, fan yutuqlaridan unumli foydalanish, sohaga oid adabiyotlarni tahlil qilish va fan tarmoqlarida qo‘llash ishning maqsadi hisoblandi. Ushbu mavzu bo‘yicha muammoli jumboqlarga yechim izlab topish, ushbu mavzu bo‘yicha rivojlanish bosqichlarining insoniyat hayotida tutgan o‘rnini tushuntirish, yangi fan yutuqlarini kashf qilish, tahlil qilish va xulosalar asosida ma’lum yechim uchun tavsiyalar ishlab chiqishga xissa qo‘shish kurs ishining
vazifasini belgilaydi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Ushbu kurs ishini bajarish mobaynida fan yutuqlari adabiyotlar va internet manbalari asosida yig‘ildi va tahlil qilindi; olingan ma’lumotlar kurs ishini rasmiylashtirish talablari asosida qayta ishlandi va boyitildi; yig‘ilgan ma’lumotlar boblar va ular tarkibidagi bandlarga taqsimlanib, rasmlar va jadvallar bilan to‘ldirildi; kurs ishining asosiy qismi yuzasidan xulosa va ilovalar keltirildi.
Ishning tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, 2 bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan iborat bo`lib, umumiy hajmi 41 sahifani tashkil etadi.
I BOB. NUKLEOTIDLAR KETMA-KETLIGINI IFODALOVCHI XALQARO MA’LUMOTLAR BAZASI
|
| |