O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi




Download 152,5 Kb.
bet1/6
Sana24.03.2017
Hajmi152,5 Kb.
#1904
  1   2   3   4   5   6

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI HOKIMLIGINING

O`RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA’LIMI BOSHQARMASI

SAMARQAND AVTOMOBILSOZLIK KASB-HUNAR KOLLEJI

ANIQ VA TABIIY” FANLAR KAFEDRASI


INFORMATIKA FANIDAN

MAVZU: TIZIMLI BLOK VA UNING TUZILMASI

Informatika fani oqituvchisi:



Homidov Abdulqodir G’aybullayevich


Namunaviy dars kafedraning “___” ____ 2011 yildagi №__ sonli yig’ilishida tahlil qilindi. Kafedra mudiri _____________ F.M.Shakarova


Fan: Informatika

Dars mavzusi: Tizimli blok va uning tuzilmasi

O’tkazish joyi: 309 o`quv xona

Guruh: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash. 1-kurs. 14 guruh

Dars turi: Bilim va ko’nikmalarni mukammallashtirish darsi.

Darsning maqsadi:

  1. O’quv maqsadi:

    • Talabalarga shaxsiy kompyuterlar qurilmalari haqida tushuncha berish

    • Shaxsiy kompyuterning tizimli blokida joylashgan qurilmalr, ularni o’rnatish tartibi va qurilmalar drayverlarini o’rnatish haqida tushuncha berish

  2. Tarbiyaviy maqsad:

    • Talabalar bilimini chanqoqlik ruhida tarbiyalash.
      Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.


    • Talabalar bilimini izlanuvchanlik ruhida tarbiyalash.

    • Mustaqil fikrlash hamda xotirlash qobiliyatini kengaytirish, yo’riqnomalarni diqqat bilan va to’g’ri bajarish

  3. Uslubiy maqsad: Yangi mavzuni tushuntirishda yangi pedagogik texnologiyalardan umunli foydalanish.

  4. Rivojlantiruvchi maqsad: Talabalarni jamiyatimizda axborot texnologiyalari imkoniyatlari haqidagi tasavvurlarini kengaytirish.

Darsning ta’minlanish darajasi:

I. Texnik vositalar: Kompyuterlar, proyektor, ekran

II. Ko’rgazmali o’quv qurollari: plakatlar, stendlar, tarqatma materiallar, musaqil ishlash uchun kartochkalar.

III. Asosiy adabiyotlar: 1. M.
Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)
Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. Toshkent, 2001 y.
Toshkent - Markaziy Osiyoning eng yirik qadimiy shaharlaridan biri - O‘zbekiston Respublikasining poytaxtidir. Oʻrta Osiyoning yirik sanoat-transport chorraxasi va madaniyat markazlaridan biri. Mamlakatning shimoli-sharqiy qismida, Tyanshan togʻlari etaklarida, 440–480 m teppalikda, Chirchiq daryosi vodiysida joylashgan.


IV. Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari.

  2. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi

  3. http://pedagog.uz/, http://ziyonet.uz/


Mavzuning fanlar bilan bog’lanishi:


Darsning tuzilishi.


1

Tashkiliy qism.

5

2

Talabalar bilim darajasini aniqlash.

“Qor bo’ron usuli”



15

3

Mustaqil ish bajarish.

“Bilamiz / bilishni xohlaymiz / bilib oldik”



15

4

Yangi mavzu bayoni.

25

5

Yangi mavzuni mustahkamlash.

“Ikki qismli kundalik”



10

6

Darsning yakuni.

10


Tayanch so’z va iboralar: Tizimli blok, mikroprosessor, prosessor, qattiq disk, vinchester, tezkor xotira mikrosxemalari, kesh xotira mikrosxemalari, kontroller, adabterlar, ona platasi, disk yurituvchilari, elektr taminlovchi blok.

Mavzuni boshlashga hozirlik: Informatika darsligi va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlab qo’yiladi. Mavzuga mos elektron qo’lanmalar kompyuterga yuklab ishchi holatga keltiriladi.
DARSNING MAZMUNI.

  1. Tashkiliy qism:

    • Salomlashish , davomatni va talabalarning darsga tayyorgarligini tekshirish;

  1. Talabalarning o’tilgan mavzular bo’yicha bilim darajasini aniqlash.

    • “Qor bo’ron usuli”

Guruhni 2 ta kichik guruhchalarga bo’lamiz. Guruhlar bir-biriga “Qor bo’ron otadi”, ya’ni o’tilgan mavzular bo’yicha savollar beradi.



  1. Mustaqil ishlar bajarish: “Bilamiz / bilishni xohlaymiz / bilib oldik”

Har bir o’quvchiga mavzuga doir elektron darslik qo’yib beriladi. Talabalar mustaqil ravishda yangi mavzuni o’rganadilar va o’rganish natijasida tarqatilgan kartochkani to’ldirib boradilar.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.





Siz elektron darslikdagi ma’lumotlardan qaysilari to’g’risida bilasiz?

Nimalarni bilib oldingiz?

Nimalarni bilishni xohlardingiz?

1










2










3










4









Talabalar yangi mavzuni mustaqil o’zlashtirganga qadar o’qituvchi “Ikki qismli kundalik” kartochkalari tekshiriladi.

Talabalar yangi mavzuni o’zlashtirib o’z fikrlarini aytadilar. Fikrlar umumlashtirilib, o’qituvchi yangi mavzuni tushuntiradilar.


  1. Yangi mavzu bayoni:

Tizimli blok va uning tuzilmasi

Reja:


  1. Mikroprosessor yoki prosessor

  2. Qattiq disk yoki vinchester

  3. Tezkor xotira mikrosxemalari

  4. Kesh xotira mikrosxemalari

  5. Kontroller yoki adabterlar

  6. Ona platasi (Mother board )

  7. Disk yurituvchilari

  8. Elektr ta’minlovchi blok

Tizimli blok bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprosessor, Qattiq disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu Tizimli blokga hamma tashqi qurilmalar boglanadi va u ularning ishini ta’minlaydi.

       Sistema blokning asosiy qismlari:        Mikroprosessor yoki prosessor- Kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha hisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichikina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda hisoblanadi va prosessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.

       Qattiq disk yoki vinchester - Doimiy xotira. Ma’lumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi Qattiq disk nomidan kelib chiqkan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan Qattiq disk nomi "30/30" bo`lgan va bu mashxur Winchester miltikning kalibrga uxshar edi). Ular hajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.

       Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bo`lgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter o`chirilgandan keyin shu xotiradagi ma’lumotlar yukotiladi.

       Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan ma’lumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.




       Kontroller yoki adabterlar - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmoq platasi va ...).


   

Ona platasi Mother board - Asosiy elektrosxema bo`lib o`nga prosessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari o`rnatiladi, Qattiq disk va disk yurituvchilari ulanadi
       Disk yurituvchilari - Bu egiluvchan va kompakt disklardagi ma’lumotlarni ukish va ularga saqlash ishlarni bajaradigan qismi.
      

Elektr ta’minlovchi blok - Har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat extiyojini ta’minlovchi blok.


  1. Yangi mavzuni mustahkamlash va yakunlash.

“Ikki qismli kundalik”

Talabalarga tarqatma kartochkalar tarqatiladi, kartochkalarda berilgan tasvirlarga qarab ularning nomlari, vazifalari, imkoniyatlari haqida yoziladi.

Nazorat uchun savollar:


  1. Birinchi hisoblash mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan? Mexaniq hisoblash mashinalar haqida nima bilasiz?

  2. Birinchi Elektr Hisoblash Mashinasi qachon va kim tomonidan yaratilgan? Birinchi avlod EHMlar haqida nima bilasiz?

  3. EHM lar avlodlari haqida nima bilasiz? Birinchi ShEHM qachon va kim tomonidan chiqarilgan?

  4. Kompyuter turlari haqida nima bilasiz?

  5. Shaxsiy kompyuter asosiy qurilmalarini qisqacha tariflab bering?

  6. Monitorlar haqida nima bilasiz?

  7. Printerlar haqida nima bilasiz?

  8. Sichqoncha, modem, skaner va aktiv kolonkalar haqida nima bilasiz?

  9. Mikroprosessor va qattiq diskni qisqacha tariflab bering?

  10. Tezkor va kesh xotira mikrosxemalarini qisqacha tariflab bering?

  11. Kontroller va adabterlarni qisqacha tariflab bering?

  12. Ona platasi, disk yurituvchilari va elektr ta’minlovchi blokni qisqacha tariflab bering?




  1. Yangi mavzuni mustahkamlash va yakunlash.

“Ikki qismli kundalik”

Talabalarga tarqatma kartochkalar tarqatiladi, kartochkalarda berilgan tasvirlarga qarab ularning nomlari, vazifalari, imkoniyatlari haqida yoziladi.





Tasvir

Sharh

































  1. Mustaqil ish va uyga vazifa: Yangi mavzuni o’zlashtirish. Mavzuga doir test kartochkalari va skanvordlar tayyorlash.




  1. Darsning yakuni: Talabalarni baholarini e’lon qilish.


Mavzuga doir test topshiriqlari
1.Kompyuterning miyasi bu…

A.Operativ xotira

B.Kesh xotira

C.Protsessor



2.Vinchester bu-

A.egiluvchan disklarda axborot saqlovchi qurilma.

B.Disketa.

C.Qattiq magnitli disklarda axborot saqlovchi qurilma.



3.Operatuv xotira nima?

A.Kompyuterdagi dastur va ma’lumotlarni saqlaydi.

Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.

B.Grafik ma’lumotlarni chiqaradi.

C.Dastur bajarilishini tashkil qiladi.



4.Quyidagi dasturlardan qaysi biri kompyuter yoqilishi bilan ishga tushadi.

A.Opertsion sistema.

B.Boshlang’ich yuklash dasturi.

C.Monitorni tekshirish dasturi.



5.Kompyuter nima?

A.Keng ommaga mo’ljallangan kompyuterlar.

B.Faqat yozishga mo’ljallangan kompyuterlar.

C.Ma’lumotlar ustida turli amallar bajaruvchi kichik hajmdagi elektron hisoblash mashinasi.



6.Mikroprotsessor qanday qurilma?

A.Kompyuterlar ishini boshqaruvchi va dasturlar ishini ta’minlovchi.

B.Turli ko’rinishdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi.

C.Matnlarni yozishda xizmat qiladi.



7.WINDOWS da turib kompyuterni qanday to’g’ri o’chirish kerak?

A.WINDOWSning bosh menyusidagi <Завершение работы> menyusini tanlab, <Выключить компьютер>

B.Sistemali blokda <Power> tugmachasini bosish.

C.Barcha ilovalar yopish va sistemali blokda <Power> tugmachasini bosish.



8.Elektr ta’minlovchi blok

A.Har bir qismning o’ziga mos elektr-quvvat ehtiyojini ta’minlovchi blok.

B.Har bir qismga yetarlicha elektr-quvvat ehtiyojini ta’minlovchi blok

C.Barcha javoblar to’g’ri



9.Asosiy elektron sxema bu…

A.Ona platasi

B.Operativ xotira

C.Mikroprotsessor



10.Tashqi qurilmalar ishini ta’minlaydigan qurilma nomini ko’rsating.

A.Mikro chip

B.Kontroller yoki adabterlar

C.USB Fleshkalar







Download 152,5 Kb.
  1   2   3   4   5   6




Download 152,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi

Download 152,5 Kb.