• Raqamli kutubxonalar
  • Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/6
    Sana04.06.2024
    Hajmi0,83 Mb.
    #260160
    1   2   3   4   5   6
    Kutubxona bilan qanday ishlash mumkin?
    Buning uchun kompyuteringiz bra-
    uzerida kutubxona manzilini yozishingiz kerak. Odatdagi kutubxona singari elekt-
    ron kutubxona ma’lumotlari mavzu yoki alifbo bo‘yicha tartiblanadi.
    Xo‘sh, kimlar e-kutubxona yaratish bilan mashg‘ul?
    Javob shuki, ehtiyoj va 
    imkoniyatlarga qarab, har qanday tashkilot ham o‘z e-kutubxonasiga ega bo‘lishi 
    mumkin. Ammo asosan, hukumat tashkilotlari, arxivlar, universitet kutubxonalari 
    va ommaviy kutubxonalar, noshirlar va ilmiy-tadqiqot markazlari uchun muhim 
    faoliyat hisoblanadi.
    Raqamli kutubxonalar
    bilan bog‘liq muammolar ham yo‘q emas. Ulardan eng 
    ko‘p uchraydigani mualliflik huquqi bilan bog‘liq masalalardir. Ko‘pincha turli on-
    layn jamoalar platformalarda u yoki bu asarning muallifi (yoki huquq egasi) ruxsa-
    tisiz chop etilishi yuzasidan tortishuvlar bo‘lib turadi. Ko‘pchilik saytlardagi resurs-
    lar mualliflik huquqi amal qilish muddati tugagan asarlarni o‘z ichiga oladi. Masa-
    lan, Maykl Hartning Project Gutenberg loyihasi doirasida faqat ochiq domendagi 
    kitoblar raqamlashtirib omma e’tiboriga havola qilinadi.
    Boshqa elektron kutubxonalar uchun esa mualliflik huquqi amalda bo‘lib turgan 
    asarlar uchun litsenziya sotib olinadi (masalan ellektron kolleksiyani boshqarayot-
    gan kutubxona yoki universitet tomonidan) va uni tijorat yo‘li bilan tarqatadi.
    Muammolardan yana biri esa, an’anaviy kutubxonalardan farqli tarzda, elektron 
    kolleksiyalarga kirish uchun barqaror axborot texnologiyasi infrastrukturasi talab 
    qilinadi. Bu esa o‘z navbatida elektr energiyasi va telefon tarmoqlarining mavjudli-
    gi va sifatiga chambarchas bog‘liq. Shu sababdan, birinchi qarashda hamma uchun 
    ochiq, global ko‘lamda deb bilingan elektron kutubxonalardan hamma ham foyda-
    lana olmasligi mumkin (masalan, uchinchi dunyo mamlakatlarining aholisi).
    Hozirda yirik ko‘lamdagi elektron kutubxonalar yaratilmoqda. Ta’lim va madani-
    yat dargohlaridan tashqari, tijorat kompaniyalari ham bu jarayonga kirib kelishdi. 
    Hammamizga ma’lum qidiruv mashinalari ta’minotchilari bo‘lgan Google, Yahoo 
    va MSN kutubxonalar jamg‘armasidagi jildlarni skanerlab, o‘z platformalariga joy-
    lashtirishni boshlagan edilar. Microsoft kompaniyasini keyinchalik iqtisodiy jihat-
    dan o‘zini oqlamaydi deb hisoblab, bu kabi tashabbusni to‘xtagan bo‘lsa ham, Go-


    STARS International University
    167
    ogle kompaniyasi hozirgi kunga qadar millionlab kitoblarni raqamlashtirib, Goog-
    le Book Search loyihasi doirasida Internetga joylashtirib kelmoqda. Shu yo‘sinda, 
    kitoblarni boshqarish, OCR (
    optical character recognition
    ) va e-kitob kabi bosma 
    nashrlarni aks ettirish texnologiyalarning rivojlanishi sharofati bilan muqobil saq-
    lash platformalari va biznes modellarining paydo bo‘lishi elektron kutubxonalar-
    ning yanada ommalashuviga turtki bo‘ldi.
    Xulosa
    Demak elektron kutubxonalar hozirgi zamon talabi bo‘lib qoldi, hozirgi paytda 
    barcha zamonaviy universitetlarda, maktablarda, korxonalarda va hattoki bola-
    lar bog‘chalarida ham o‘z shaxsiy elektron kutubxonalarga ehtiyoj katta deyishim 
    mumkin. Bu har bir foydalanuvchi uchun juda qulay. E-kutubxonalar foydalanuvc-
    hilari soni tobora ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, karantin paytida ham, uyda o‘tirgan 
    holatda mutolachi istalgan kitobini yoki ma’lumotini masofadan turib foydalana 
    olishi yana bir misol bo‘la oladi. Hattoki kitoblarning audio shakli ham, foydalanuv-
    chilarga yanada qulaygarchiliklar beradi. Siz istalgan vaqda o‘z ehtiyojlaringizdan 
    kelib chiqqan holda elektron kutubxonalardan bemalol foydalana olasiz. Yana bir 
    e’tiborni tortadigan jihati shuki, ushbu kitoblarni istalgan tilda topishingiz mumkin. 
    Kitob mualiflarining bevosita roziligi ostida bugungi kunda Amerikada, Yevropada 
    elektronlashtirish jarayoni jadallik bilan olib borilmoqda.

    Download 0,83 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 0,83 Mb.
    Pdf ko'rish