STARS International University
161
ha daqiqada topish mumkin. Ma’lumot dunyoning ixtiyoriy nuqtasidan bir zumda
sizning kompyuteringiz ekranida tasvirlanadi. Buning uchun siz kompyuteringiz
tugmachasini bosishingiz va elektron kutubxonaga kirishingiz yetarlidir. Bir ne-
cha daqiqada ma’lumot ko‘z oldingizda namoyon bo‘ladi. Bu mo‘jizani eslatadi.
Bu mo‘jiza virtuallik deb ataladi. Unga faqat kompyuter va maxsus tarmoq orqali
erishish mumkin. Bir necha yil avval bir maqolani topish uchun oylab vaqt sarflash
zarur edi. Bugun esa bu maqsadni amalga oshirish uchun
boshqa shaharga borish
va vaqt sarflash zarurati yo‘qoldi. Elektron kutubxonalar yordamga keldi.
Elektron kutubxonalarni turlicha nomlashadi:
•
Elektron kutubxona
•
Virtual kutubxona
•
E-kutubxona
•
E-library
•
Digital library
Keyingi vaqtlarda virtual dunyo, virtual olam, virtual do‘st kabi so‘zlar paydo
bo‘ldi. Virtual so‘zining ma’nosi bu tasavvur qilishdir. Virtual kutubxona bu odat-
dagi kutubxonaning abstrakt ko‘rinishidir. Bu kutubxonaning kitoblari, jurnallari va
ro‘znomalari
kitob javonlarida emas, balki kompyuter xotirasida joylashgan bo‘la-
di. Bu kompyuterda yoki kompyuter maxsus qurilmalarida raqamli formatda saqla-
nadigan ma’lumotlar to‘plamidir. Bu- bosma audio, video va multimedia ma’lumot-
laridir. Ma’lumotlar hajmiga qarab, serverlar bitta yoki tarmoq bilan bog‘langan bir
necha kompyuterlardan iborat bo‘ladi.
G‘arb mamlakatlarida, masalan AQShda, kutubxonalarni avtomatlashtirish
60-yillardan boshlangan, kitoblarni kompyuterga kiritish orqali elektron kolleksiya-
larni yaratish 1971-yildanoq bajarib kelinmoqda. Bizning mamlakatimizda Internet
tarmog‘ining 90-yillarning oxiri- 2000-yillarning boshidan ommalashishi bugungi
kunga kelib bizga elektron
kutubxonalarni yaratib, mamlakatimiz aholisi va dunyo
ahli bilan alishish imkonini bermoqda. Alisher Navoiy nomidagi Davlat Kutubxona-
si kabi markaziy tashkilotlarning loyihalari, Internet tarmog‘ida tashabbuskor va-
tandoshlarimiz tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan kolleksiyalar bunga misol
bo‘la oladi. Bu loyihalarning bajarilish darajasi turlicha bo‘lib, bu albatta malakali
mutaxassislarning bu jarayonlarda zamonaviy bilimlarni qo‘llagan holda ishtirok
etganlari yoki etmaganlariga bog‘liq. Xalqaro standartlar va muvaffaqiyatli ama-
liyotlar (
best practice
) dan xabardorlik va ko‘p hollardagi
vaziyatni tubdan yaxs-
hilashi muqarrar. Shu maqsad yo‘lida elektron kutubxonalar konsepsiyasi, uning
tamoyillari va xorijda to‘plangan tajribalar xususida so‘z yuritamiz.
AQSh universitetlaridan biridagi “Elektron kutubxonalar” kursi talabalari ilmiy
adabiyotdan ushbu atamaning 65 ta ta’rifini to‘plab, umumiy xususiyatlarni ajratib
olishdi.
Unga ko‘ra elektron kutubxona:
• ma’lum jamoalar yoki jamoalar majmuiga xizmat qiladi;
• yagona obyekt bo‘lmasigi mumkin (ya’ni qismlar turi domenlar yoki tashkilot-
larga biriktirilgan);
• barcha qismlar uchun umumiy bo‘lgan mantiqiy tashkiliy strukturaga ega;
• nafaqat erkin foydalanish imkoni, balki ta’limiy komponentlarni o‘z ichiga olgan;
Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
162
• inson va texnologik resurslardan unumli foydalangan;
• tez, samarali va to‘siqsiz kirishni ta’minlaydi;
• kirishning turli darajalarini ta’minlaydi (user, contributor, administrator va ho-
kazo.);
• bepul foydalanishni taklif etadi (ehtimol foydalanuvchilarning faqat ayrim gu-
ruhlariga);
• resurslarga
egalik va nazorat qilish;
• kolleksiyalar:
• yirik va uzoq muddatga saqlab kelinadigan;
• yaxshi tashkillashtirilgan va boshqariladigan (fayllarning mavjud kategoriya-
larga to‘g‘ri kiritilishi, metadata qoidalarga mos shaklda ta’minlanishi va hokazo.);
• turli xil formatlarni o‘z ichiga olgan;
• nafaqat obyektlar haqida ma’lumot (abstrakt, bibliografik ma’lumot va hoka-
zo.),
• balki ularning o‘ziga ham ega bo‘lishi (kitob, maqola, jurnal va hokazo.);
• boshqa yo‘l bilan qo‘lga kiritib bo‘lmaydigan noyob manbalarga ega bo‘lishi;
• ba’zi fayllar raqamli shaklda yaratilgan (
ab origine
) bo‘lishi mumkin.
Elektron kutubxona tushunchasining quyidagi ta’riflari alohida e’tiborga loyiq:
Elektron kutubxonalar shu turdagi tashkilotlarki, ular raqamli asarlar kolleksiyala-
rini ma’lum bir jamoalar yoki jamoalar majmuiga oson va iqtisodiy jihatdan qulay
holda foydalanish uchun taqdim qiladi; saralash, strukturasini tuzish, intellectual
yo‘l ochish, talqin qilish,
tarqatish, to‘laligicha saqlab qolish uchun zarur resurslar,
shu jumladan, ixtisoslashgan xodimlar bilan ta’minlaydi.
Shuningdek:
1.Raqamli kutubxonalar elektron resurslar majmui bo‘lib, axborotni yaratish, iz-
lash va foydalanish uchun zarur texnik quvvatlarni o‘z ichiga oladi. Bu ma’noda
ular axborot saqlash va qidiruv sistemalarini to‘ldiradi va kengaytiradi; distribyut-
lashgan tarmoqlardan joy olib, har qanday ko‘rinishdagi media (matn, surat, ovoz,
sokin va dinamik suratlar) ni manipulyatsiya qilad. Raqamli kutubxonaning tarki-
bida ma’lumotning o‘zi va uning turli xossalarini tasvirlaydigan metadata masalan,
aks ettirish (
representation
) yo‘llari, yaratuvchisi, egasi, qayta bo‘yicha huquqlar
va hokazo.) va boshqa ma’lumot yoki metadata (tashqi
yoki raqamli kutubxona
ichidagi) ga bo‘lgan link yoki munosabatni ko‘rsatadigan elementlardan tashkil
topgan bo‘ladi.
2.Elektron kutubxonalar foydalanuvchilar jamoasi tomonidan shakllantirilib,
ularning funksional imkoniyatlari o‘sha jamoaning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini
qondiradi. Ular jamoalarning ajralmas qismi bo‘lib, bundagi yakka shaxs va gu-
ruhlar bir-biri bilan ma’lumot, axborot va bilim resurslari hamda sistemalari orqali
aloqada bo‘ladilar.
Shu ma’noda elektron kutubxonalar foydalanuvchilar ehtiyojlari uchun turli re-
surslar to‘planib, saqlanib, va taqdim etib kelinadigan an’anaviy informatsion tash-
kilotlarning mantiqiy davomi, kengayishi va integratsiyasidir.
Shu kabi informatsion tashkilotlar sirasiga kutubxonalar, muzeylar, arxivlar va
maktablarni kiritishimiz mumkin.
Shuningdek, elektron kutubxonalar sinfxona, ofis,
laboratoriya, uy va boshqa o‘rinlardagi faoliyatni mazmunan boyitadi.
Yuqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, tom ma’nodagi elektron kutubxona
ko‘pchilik fikrlaganidek bir necha o‘nlab kitobning elektron versiyasi joylashtrilgan
STARS International University
163
veb-saytdan farqli xususiyatlarga ega. Bu nafaqat tashabbuskor foydalanuvchi
yoki foydalanuvchilar jamoasi tomonidan Wordpress, Joomla yoki boshqa omma-
bop kontentni boshqarish sistemasi (CMS)ning birlamchi versiyasiga joylashtirib
chiqilgan elektron matnlar va hokazo fayllar majmui, balki ma’lum
tayyorgarlik-
ka ega bo‘lgan mutaxassislar tomonidan bibliografik imkoniyatlari keng bo‘lgan
dasturdan foydalangan holda, resurslarni samarali izlab topilishi maqsadida to‘g‘ri
metadata bilan ta’minlangan, doimiy faoliyat ko‘rsatishi uchun muntazam ravishda
boyitilib, hamda moliyaviy quvvatlanib kelinadigan butun boshli tuzilma hamdir.
Shu o‘rinda elektron kutubxonalar bilan chalg‘itish oson bo‘lgan boshqa narsalarni
ajratib olsak: