Annotatsiya Nasos stansiyalari va yuqori quvvatli nasoslarni intelektual, aniqlik darajasi yuqori o`lchash asboblari orqali nazorat qilishimiz mumkin




Download 2.08 Mb.
bet2/2
Sana28.03.2023
Hajmi2.08 Mb.
#47235
1   2
Bog'liq
qayta topshirish
4-mavzu Etikaning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyillar va m, Компьютер ва, Ozgarmas-tok-generatorlari.Qisqa-tutashgan-va-faza-rotorli-dvigatellar. (1), Gerchik A. Kurs Aktivnogo Treyidera.a4, akb ustroistvo, 1-2-amaliy

Intellektual sarf o`lchagich


Bu sarf o`lchagichning turi 84F yoki 84W Foxboro hisoblanadi. Datchikning chiqish signallari quyidagicha bo‗lib, analog chiqish signali 4-20 mA ko`rinishdagi tok kuchi oralig`ida yoki raqmli signal ko`rinishda ham bo`lishi mumkin.
Bu asbobning xususiyatlari va imkoniyatlari quyidagicha:
Suyuqlik gaz yoki bug` bilan ishlash uchun
Uning eng yaxshi aniqlik sinfi Suyuqlik uchun joriy qiymati ±0,5 % ni tashkil etadi Gaz va bug` uchun esa ±1,0 % ni tashkil etadi
Aloqa protokoli (HART)
Direct Sensetm texnologiyasi bu asbobning datchigiga umrbod kafolat beradi. Rasxodamerning umumiy ko`rinishi quyidagicha bo`lib har qanday texnologik jarayonga mos keladi desak xato bo`lmaydi.




Intellektual o`zgartkichli bosim o`lchagich (markasi ARS - 2000)
Masofadan turib o`lchash diapazoni va koeffisientini nolga korreksiyalash
Chiqish signali 4...20 mA + HART protokoli
Asbobning o`lchash chegarasining xatoligi ±0,1 %
Tuzilishi jihatidan ishonchli 0Exia IICT4 X

Tuzilishi va vazifasi:
O`zgartkichli bosim datchigi ARS-2000 ortiqcha bosim, vakuum bosim
hamda absolyut bosimlarning suyuqlikli, gaz va bug`lari uchun mo`ljallangan. Elektron korpusini ikki xil versiyasi mavjud:
PZ ijrochi
PD ijrochi Konfiguratsiya interfeysi
O`zgartkichli ARS-2000 foydalanuvchi bilan NART protokoli orqali aloqa o`rnatadi. Qachonki bu aloqa liniyasining chiqish signali 4-20 mA ko‗rinishida bo`lsa. Ma‘lumot almashish o`zgartkich orqali amalga oshiriladi:
Kommunikator KAR;
Ba‘zi bir boshqa kommunikatorlarni, NART protokoli qo`llab quvvatlaydi.
Shaxsiy kompyuterlarda HART/USB/Bluetooth ijrochi konverteri va dasturiy qism ―RAPORT-2 , ―Aplisens firmasida ishlab chiqarilgan.
Elektr sxemasining ulanishlari:

Intellektual o`zgartkichli bosim o`lchagich (markasi ARS - 2000) ni
O`lchash chegaralari quyidagi jadvalga keltirilgan:

ECLIPSE 705 seriyadagi ultra tovushli urovnemer
ECLIPSE 705 seriyadagi urovnemer suyuqliklar va donador mahsulotlar sathini o`lchash uchun mo`ljallangan bo`lib, o`lchash balandligi 0,15 m dan 23 m gacha bo`lib hisoblanadi.
Xususiyatlari:
Chiqish toki 4...20 mA, HART, Fieldbus, ProfiBus
Aniqlik sinfi ±2,5 mm ( ±0,1 % VPI)
Uch xil holatda bajariladi:
Standart
Og`ir sharoitlarda
- Bitta elektron bloki hamma probalar uchun
Suyuqlik va donadar mahsulotlarning sathini o`lchaydi
Har tomondan himoyalangan
Jarayonning ishchi temperaturasi +430 0S gacha
Ishchi bosim vakuum holatdan 430 bar gacha
Urovnemerning umumiy ko`rinishi

Amaliy qo`llanilishi
O`rtacha: suyuqlik yoki suspenziya, suv asosidagi uglevodorod uchun
O`rtacha dielektrik o`tkazuvchanligi 1,4-100 va donador mahsulotlar uchun sig`imlarda dielektrik o`tkazuvchanligi 1,9-100.
Sig`imlarda: texnologik apparatlarda yoki rezervuarlarda temperatura va bosim xususiyatlariga mos bo`lgan qurilmalarda qo`llaniladi.

G AMMA 10 – M tipidagi mikroprotsessorli mikrokontrolleri.
Har qanday asbob yoki uskuna ishlab chiqarish jarayoniga tadbiq qilinishidan oldin uning belgilab qo‘yilgan talablarga javob berish yoki bermasligi tekshiriladi. Shu jumladan kontrollerlar uchun ham ma‘lum talablarbelgilangan. Bularga:ishonchlilik, qisqa vaqtda signalni qayta ishlash imkoniyatining mavjudligi mexanizmlarni ishga tushirish vaqtining qisqaligi, gabarit o‘lchamlarining kichikligi, signalizatsiya berish vositasining borligi, programmalashtirish imkoniyatining mavjudligi kabilar kiradi. 10 kanalli universal GAMMA 10 M kontrolleri bu talablarning barchasiga javob beradi
GAMMA 10 M kontrolleri:
10 joydagi fizik kattaliklar (temperatura, bosim, sath, sarf va boshqalar)ni nazorat va boshqarish imkoniyatining mavjudligi;
datchiklarni ulash uchun 10 ta kanalning mavjidligi:
―Ob‘yekt avariyasi‖ signalizatsiyasi – boshqarilayotgan har qanday parametr belgilangan qiymatdan chetga chiqqanda ishga tushadi.
―Datchik avariyasi‖ signalizatsiyasi – datchikda uzilish yoki qisqa tutashuv bo‘lganda ishga tushadi; ikkita chiqish relelari – avariya signalizatsiyasi va qurilma favqulotda to‘xtatish uchun; kontroller yuza qismidagi tugmalar orqali programmalashtirish imkoniyatining mavjudligi; iste‘mol kuchlanishi berilishi to‘xtatilganda sozlamalarni saqlab qolish qobiliyati; boshqarilayotgan parametrlarni RS-232 interfeysi orqali EHM ga uzata olish qobiliyatining mavjudligi bilan ajralib turadi.
GAMMA 10 M 4 turdagi ―Ob‘yekt avariyasi signalizatsiyasiga ega: Boshqarilayotgan parametrning belgilangan eng quyi chegaradan o‘tganda (to‘g‘ri gisterezis) ishga tushadi;
Boshqarilayotgan parametrning belgilangan eng yuqori chegaradan o‘tganda (teskari gisterezis) ishga tushadi;
Boshqarilayotgan parametrning berilgan chegaraga kirganda ishga tushadi (П sifat) yondashuv;
Boshqarilayotgan parametrning berilgan chegaradan o‘tganda ishga tushadi (U sifat) yondashuv.
GAMMA 10 M mikroprotsessorli mikrokontrolleri ikkita svetodiodli indikator (ekran) bilan jihozlangan. Yuqori indikator – boshqarilayotgan parametr qiymatini ko‘rsatsa, pastki indikator – programma sifatida berilgan qiymatni ko‘rsatib turadi. -Mikrokontrollerda indikatsiyaning ikki xil rejimi mavjud:
siklik rejim – o‘lchash natijalari va berilgan qiymat
belgilangan vaqt mobaynida aniq ketma – ketlikda ko‘rsatilib turiladi;
statik rejim – o‘lchash natijalari va berilgan qiymat iste‘molchi tomonidan tanlangan kanal uchun ko‘rsatiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. I.F.Borodin., N.M.Nedilko «Avtomatizatsiya texnologicheskix protsessov»
2. Gaziyeva R.T., Abdullayeva D.A., Pirimov O.J. «Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish»
3. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.E., Gulyamov SH.M. «Texnologik jarayonlarni boshqarish sistemalari» Toshkent: О`qituvchi. 1997.
4. M.Z.Gankin. kompleksnaya avtomatizatsiya I ASUTP vodoxozaystvennix system. M.1991, 432 s
5. 5. G.S. Popkovich, V.F.Gordeeva Avtomatizatsiya system vodosnabjeniya
6. Vodootvedeni Y.M.1986,392s.
7. R.T. Gaziyeva Suv xo‘jaligidagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish.
8. Toshkent 2018
Download 2.08 Mb.
1   2




Download 2.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Annotatsiya Nasos stansiyalari va yuqori quvvatli nasoslarni intelektual, aniqlik darajasi yuqori o`lchash asboblari orqali nazorat qilishimiz mumkin

Download 2.08 Mb.