April 30 th 2021 239 modulli o‘qitishning mohiyati qosimov Xasan Tohir o`g`li




Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.11.2022
Hajmi0.58 Mb.
#30704
1   2   3   4   5
Bog'liq
1041-Article Text-3073-1-10-20210502
amaliy topshiriq, 1-labaratoriya, phpZSIYHM Fazoda-vektorlar.-Vektorlar-ustida-amallar
2
th 
International Multidisciplinary Scientific Conference on 
Ingenious Global Thoughts 
Hosted from Berlin, Germany
https://conferencepublication.com 
 
April 30
th
 2021 
241 
Makromodullar, vertikal o‘zaro bog‘liqlarni hisobga olish asosida tuziladi, ammo ularning 
o‘rganilishi muddatlarini o‘rnatishda makromodullar orasidagi gorizontal bog‘liqliklar xisobga olinishi 
lozim: 
- o‘quv materialining takrorlanishini oldini olish maqsadida, makromodulga kiruvchi fanlar, 
o‘quv dasturlarini o`zaro bog‘liqligi ta’minlanadi. 
Fanning ishchi o‘quv dasturi, alohida mavzularni modulda guruhlanishi inobatga olinib
qaytadan ko‘rib chiqiladi. Har qaysi modul uchun nazariy va amaliy ahamiyati ko‘rsatilgan maqsadlar 
tuzilishi zarur. 
Modul o’z ichiga 2-3 ma’ruza va shu ma’ruzalar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy darslar va 
laboratoriya ishlarini qamrab olishi mumkin. 
Har qaysi modul bo‘yicha quyidagi materiallar tayyorlanadi: 
- talabalarning bilimini nazoarat qilish uchun testlar; 
- individual ishlar uchun topshiriqlar
- mustaqil ishlar uchun topshiriqlar; 
- o‘quv uslubiy tarqatma materiallar; 
- o‘quv-ilmiy adabiyotlar ro‘yxati; 
- ishchi o‘quv dastur. 
Har bir modul uchun tarqatma va tasvirli materiallar to‘plami tuziladi va ular talabaga 
mashg‘ulotdan oldin beriladi
8

Modul tavsiya qilinadigan adabiyotlar bilan ta’minlanadi. Har bir talaba materiallarni 
o‘zlashtira borib, bir moduldan ikkinchi modulga o‘tadi. Iqtidorli talabalar boshqalarga bog‘liq 
bo‘lmasdan test sinovlaridan o‘tishlari mumkin
9

Modulli o‘qitish, fanning asosiy masalalari bo‘yicha umumlashtirilgan informatsiyalar beruvchi 
muammoli va yo‘riqli ma’ruzalar o‘qilishini taqozo etadi. Ma’ruzalar talabalarning ijodiy qobiliyatini 
rivojlantirishga qaratilmog‘i lozim. Modulning amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari ma’ruzalar bilan 
birga tuziladi, ular ma’ruzalar mazmunini o‘rganiladigan yangi material bilan to‘ldiriladi. Talabalar 
ma’lum amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Ma’ruzalar matnini tayyorlashda, strukturalash va 
tizimlash usullarini qo‘llab, materiallarni blok-sxema, rasmlar bloki ko‘rinishida taqdim etilishi 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda materialning o‘zlashtirish samaradorligi oshadi, chunki: 
- modulning pirovard maqsadi tushunib yetiladi; 
- o‘quv materialining elementlari orasidagi bog‘liqlanishlar va uning o‘tishlar yaqqol 
ko‘rsatiladi; 
- asosiy jihatlar ajratib ko‘rsatiladi; 
- o‘quv materialining (modulning) butun hajmi talabaning ko‘z oldida gavdalanadi. Modul 
tizimida o‘quv materialining mazmunini strukturalashda, eng avvalo, informatsiyani “siqish” vazifasi 
ko‘zlanadi. Bilimlarni to‘la, foydalanish uchun qulay holda taqdim etilishiga harakat qilish lozim. O‘quv 
informatsiyasi bir vaqtning o‘zida 4 xil – rasmli, sonli, simvolli va og‘zaki ko‘rinishda uzatilganida eng 
mustahkam o‘zlashtirishga erishiladi. Modulli ta’lim metodikasi tuzishda, bu holat asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Har qaysi modul bo‘yicha rasmlar bloklarida simvolli alomatlarni (savollar qo‘yilishi tarzida) 
joylashtirish, savollarni rasm tarzida tasvir etish, formulalar, jadvallar, grafiklar va uslubiy 
ko‘rsatmalarni taqdim etish, maqsadga muvofiq bo‘ladi
10

7
Sayidaxmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). – T.: Moliya. 2003. – B. 41.
8
Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan. O‘zPFITI, 2006. – B. 
16. 
9
Avliyokulov N.X. O‘qitishning Moduli tizimi va pedagogik texnologiyasi amaliy asoslari, – Buxoro, 2001. – B. 44. 
10
Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyaning tatbiqiy asoslari. O‘quv qo‘llanma. – T.: Fan, O‘zPFITI, 2006. – B. 
18. 



Download 0.58 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



April 30 th 2021 239 modulli o‘qitishning mohiyati qosimov Xasan Tohir o`g`li

Download 0.58 Mb.
Pdf ko'rish