|
Aralashmasining
|
bet | 3/4 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 0,9 Mb. | | #252609 |
Bog'liq CHAQIQTOSH mustaqil ishIstiqboli. Ushbu ilmiy maqolamning istiqboli jihati shundaki, olib borilgan ilmiy izlanishlar shuni isbotladiki toshi betonli yoʻl quradigan boʻlsak yoʻllarimizga ketayotgan milyardlab mablag’larni tejab qolgan boʻlamiz. Bularning yaqqol misoli shundaki bugungi kunda 79465 ming kilometrni mahalliy ichki hoʻjalik yoʻllarimiz mavjud boʻlib bularning 90 % qismiga qattiq qoplama yotqizishimiz kerak boʻladi qattiq qoplama yotqizish uchun sarflangan mablag’ning 60% qismi bilan bunday chaqiqtoshli toshi beton qoplamali yoʻllarni qurishimiz mumkin.
Xulosa.
Yuqorida koʻrilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda asos va qoplamalar avtogreyderda qurish: Qorishmalar avtosamosvallarda tashib keltirilib, chetki qismiga yog‘och bruslar oʻrnatilgan yoʻl qismiga avtogreyderlar yordamida dastlabki tarqatish ishlari bajariladi va katok yordamida boshlangich zichlanadi. Geodezik oʻlchov ishlari bajarilgandan soʻng balandligi otmetkalari ta’minlagan holda qorishma tarqatilib katoklar yordamida belgilangan tartibda zichlash ishlari bajariladi. Bu usulning qulayligi shundaki, tashib keltirilgan qorishma avtosamosvallarda turib qolmaydi, oʻz vaqtida obyektga yetkazib kelinsa, yetarli muddatda yotqizib boʻlinsa aytilgan mustahkamlikka erishish mumkin boʻladi albatta.
Keyingi afzalligi shundaki, yuzaga kelgan notekisliklarni zichlash ishlari yakuniga yetgunga qadar bartaraf etish mumkinligi.Yana bir usuli qatlamda boʻylama choklarsiz yotqizilish imkoni borligi. Yuqoridagi kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng, albatta, natijadorlik ortadi va yoʻllarimizdagi yaroqlilik muddati ortadi, va shu bilan bir qatorda, foydalanish muddati uzygandan soʻng iqtisodiy jihatdan ham samaradorlikka erishish mumkin boʻladi albatta.
Avtomobil transportining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun avtomobil yo'llarining transport-ekspluatatsion xususiyatlarini bosqichma-bosqich yaxshilash kerak. Zamonaviy amaliyotda avtomobil yo'llarining transport-ekspluatatsion sifatini oshirish uchun ajratilayotgan cheklangan mablag'lar ularning paydo bo'lishining oldini olish o'rniga qoniqarsiz holatga ega bo'lgan yo'l uchastkalarini ta'mirlash uchun ishlatiladi[2]. Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Avtomobil yo‘lari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: 1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri; 2. Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlarini g‘ildirak bilan qoplamani ilashish xususiyatlarini pasayishiga ta’siri.
|
| |