|
Fuqaroni doimiy ro’yxatga olish uchun ariza yozish namunasi
|
bet | 2/3 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 1,96 Mb. | | #116503 |
Fuqaroni doimiy ro’yxatga olish uchun ariza yozish namunasi
Istalgan tashkilot, davlat muassasalariga ishga kirish uchun ariza quyidagi namuna bo’yicha yoziladi.
Mazkur arizada tashkilot nomi va rahbarining ism familiyasi va arizachining ism familiyasi to’liq yoziladi.
Shuningdek, asosiy qismda arizachi o’zi haqida ma’lumot beradi. Hamda tashkilot rahbaridan ishga qabul qilishini so’rab, sana va imzo qo’yadi
ARIZA NAMUNALARI
Tarjimai hol ko’pchilikka rezyume nomi bilan ham tanish. Tarjimai hol yozish uchun bir qator tavsiyalarga amal qiling. Bunda kasbiy biografiyaning asosiy dalillariga urg’u berilishi kerak, xususan:
- Lavozim — agar tarjimai hol qanday tuzilishini bilmasangiz, qaysi lavozimga davo qilayotngangingizni ko’rsating. Masalan «buxgalter» yoki «PHP dasturchi».
- Bog’lanish uchun ma’lumotlar — yashash manzilini ko’rsatish shart emas, lekin elektron pochta va telefon raqamni albatta ko’rsatish kerak. Yashaydigan shahar va qancha maoshga da’vo qilayotganingizni ham ko’rsatishingiz mumkin.
- Ish tajribasi — dastavval so’nggi ish joyingiz bilan boshlab, birinchi ish joyingiz bilan yakunlash kerak. Ish joylarda qanday lavozimda ish yuritganingiz ham muhim sanaladi. Yutuqlaringizni ham kiritishingiz mumkin.
- Ma’lumoti — oliy, o’rta yoki o’rta maxsus kabi.
- Kasbiy maxorat va ko’nikmalar — nimalar qo’lingizdan keladi, qaysi dasturlar bilan ishlashni bilasiz, shular haqida yozish kerak. Qo’shimcha tillarni bilishni ham kiritish mumkin. Ingliz tilini biladigan ishchi hech qaysi sohada ortiqchalik qilmaydi.
- Tavsiyanomalar — agar oldingiz ishingizdan biron kim sizni tavsiya eta oladigan bo’lsa, ular bilan bog’lanish uchun ma’lumotlarni kiritish foydadan holi bo’lmaydi.
- Qo’shimcha ma’lumotlar — so’z yakunida o’zingiz haqingizda bir-ikki og’iz ma’lumot keltirib o’ting. Xarakteringiz, javobgarlikni ola bilish, boshqalarni fikrini hurmat qilish, kichik nasalarga ham e’tibor berish kabi afzalliklar haqida.
Tarjimai hol shaxs haqida ma’lumot beradi. Unda shaxsning to’liq ism-familiyasi, tug’ilgan sanasi, joyi yozziladi.
Shuningdek, oila a’zolari ularning ishi va o’qishi haqida ma’lumot beriladi.
Keyingi o’rinda esa shaxsning o’qishi, mehnat faoliyati, mukofotlari haqida ma’lumot beriladi.
Tarjimai hol oxirida esa yashash joyi, imzo, sana va ism-familiya yoziladi.
|
| |