Art texnologiyalari vositasida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalash annotatsiya




Download 25,05 Kb.
bet2/4
Sana06.02.2024
Hajmi25,05 Kb.
#152128
1   2   3   4
Bog'liq
дилига макола

Keywords: modern education, art technology, ART therapy, aesthetic education, artistic creation, innovation, integration, aesthetic taste, professional, respect for parents, aesthetic education, aesthetic worldview, ethetic mind, aesthetic taste.


Kirish. 
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim shartlaridan biri – yuksak ma’naviyatli, har tomonlama barkamol yosh avlodni tarbiyalashdan iborat. Yuksak ma’naviyatli, axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalangan avlodni shakllantirish, estetik tarbiyaning jamiyatni isloh etish va modernizatsiyalash jarayonidagi ahamiyatini ilmiy jihatdan tadqiq etish masalasi davrning eng dolzarb muammolaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Estetika so‘zi nemis tilidan olingan bo‘lib, "his", "tuygʻu" ma’nosini bildiradi. Yа’ni, olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fan bo‘lib, u sanʼat, madaniyat va tabiatning subektiv qabul qilinishini oʻrgangan holda aksiologiya sohasiga kiradi. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—1776) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetika goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish va boshqalar sohalarni qamrab oladi. Estetika nafosat, did, goʻzallik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan hamohang tarzda ish koʻradi. Estetika tarbiya so‘zi bilan birgalikda tadqiqot obʼyekti sifatida o‘rganilsa, uning natijadorligi yanada samarali bo‘ladi.
Ta’limning xalqarolashuvi jarayonlarida zamonaviy ta’lim-tarbiya berish orqali kichik yoshdan boshlab bolalarga estetik tarbiya berish, ularni hayotga tayyorlash bugungi kun jahon ta’limi oldida turgan asosiy vazifalardan biridir.
O‘zbekiston respublikasida estetik tarbiya muammolariga avvaldan katta e’tibor berib kelinmoqda va u yosh avlodning tarbiyasi komil insonni har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashga qaratilgan. Ayniqsa, art-pedagogik va art-terapevtik texnologiyalardan foydalanishga alohida ahamiyat berilib, Rossiya art-terapiya assotsiatsiyasi tomonidan ta’lim oluvchilarning psixoemotsional holatiga terapevtik va korreksion ta’sirni hisobga olgan holda musiqiy terapiya, vokaloterapiya, izoterapiya, biblioterapiya, imagoterapiya usullaridan kompleks foydalanishga e’tibor qaratilmoqda.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalashda badiiy ijodning musiqa va tasviriy san’at turlarining pedagogik imkoniyatlarini aniqlashtirish, musiqiy pedagogika va psixologiya vositasida ta’lim oluvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirishga doir bir qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Ayniqsa, maktabgacha ta’limda bolalarni badiiy matnlarni eshitishga o‘rgatishda ularning tasavvur etishi va voqeani idrok etish qobiliyati asosida estetik ongi va dunyoqarashini tarkib toptirish, art-pedagogika vositasida bolalarning estetik sifatlarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, badiiy ijod namunalari, ularning ijodkorlik asarlari asosida estetik tarbiya jarayonlariga germenevtik yondashuvni tatbiq etishning pedagogik tizimini takomillashtirish alohida dolzarblik kasb etadi. 
Adabiyotlar tahlili. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) mamlakatlari olimlaridan A.Kopitin, V.Anisimov, A.Aytbaeva, J.Shaygozova, M.Sultanova, Ye.Medvedeva, I.Levchenko, L.Komissarova, T.Dobrovolskaya, A.Kuznesova, O.Korjenko, Ye.Zargaryanlar tomonidan san’atning kichik yoshdan boshlab shaxs intellektual rivojiga ta’siri, art-pedagogika vositasida bolalarni estetik tarbiyalashning tashkiliy shart-sharoitlari tadqiq etilgan.
Xorijlik olimlardan E.Segen, J.Demor, O.Dekroli, T.Kollen, R.Biker-Vayt, D.Zubeyde, B.Chrissi Ioannou, M.Morris, N.Goldman, E.Bezani Chloe kabilarning tadqiqotlarida san’at vositasida maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining estetik kompetentligini rivojlantirish, ART pedagogikasi orqali bolalarda badiiy-estetik tafakkur va nafosatni shakllantirish masalalari o‘rganilgan. 

Download 25,05 Kb.
1   2   3   4




Download 25,05 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Art texnologiyalari vositasida maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini estetik tarbiyalash annotatsiya

Download 25,05 Kb.