|
Qoplamalarni qoplashda sirtlarning fizik va kimyoviy xossalarining o‘zgarishi
|
bet | 3/4 | Sana | 11.06.2024 | Hajmi | 19,4 Kb. | | #262524 |
Bog'liq Asbobsozlikda qoplamalar tayorlash texnalogiyasiQoplamalarni qoplashda sirtlarning fizik va kimyoviy xossalarining o‘zgarishi
Sirtki qatlam (qoplama) mahsulotlarning ishlatish va boshqa xususiyatlarini shakllantirishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi, uning sirtida qattiq jismni yaratilishi deyarli har doim fizik-kimyoviy xususiyatlarni kerakli yo‘nalishda o‘zgartiradi. Qoplamalarni qoplash mahsulotlarni ishlatish jarayonida oldin yo‘qotilgan xususiyatlarni qayta tiklashga imkon beradi. Biroq, ko‘pincha ularni ishlab chiqarish jarayonida olingan mahsulotlarning dastlabki sirtlarining xususiyatlari o‘zgaradi. Bu holda, sirt qatlami materialining xususiyatlari asl sirtning xususiyatlaridan sezilarli darajada farq qiladi. O‘zgarishlarning katta qismida yangi yaratilgan sirtning kimyoviy va fazaviy tarkibi o‘zgaradi, natijada talab qilinadigan ishlatish ko‘rsatkichlariga, masalan yuqori korroziyaga chidamlilik, issiqlikka bardoshlilik, to‘zishga barqarorlik va boshqa ko‘plab ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan mahsulotlar olinadi. Mahsulotlarning dastlabki sirtlarining fizik va kimyoviy xususiyatlarini o‘zgartirish ham ichki, ham tashqi qoplamalarni yaratish orqali amalga oshirilishi mumkin. Kombinatsiyalangan variantlar ham bo‘lishi mumkin. Ichki qoplamalarni qoplashda mahsulotlarning o‘lchamlari o‘zgarishsiz (Li = const) qoladi. Ayrim usullar mahsulot vaznining o‘zgarmasligini ta’minlaydi, boshqa usullarda vaznni ortishi sezilarsiz va uni e’tiborga olmaslik mumkin. Odatda, modifikatsiyalangan sirt qatlamining aniq chegarasi yo‘q (δm ≠ const). 96 Tashqi qoplamalarni qoplashda mahsulotning o‘lchami (Li ≠ const) qoplamaning qalinligiga (δpk) ortadi. Mahsulotning vazni ham ortadi. Amalda, kombinatsiyalangan qoplamalar ham uchraydi. Masalan, tashqi qatlamdagi notekisliklar sonining ortishi bilan tavsiflanadigan issiqlikdan himoyalash qoplamalarni qoplashda issiqlikka bardoshlik ichki g‘ovaksiz qoplama orqai ta’minlanadi.
Ichki qoplamalar
Ichki qoplamalar dastlabki materialning sirtiga turli ta’sir etish usullari (dastlabki sirtlarni o‘zgartirish) orqali yaratiladi. Amalda mexanik, issiqlik, issiqlik-diffuzion va zarralar va nurlanishlar oqimlari kiradigan yuqori energetik ta’sir etish usullari keng qo‘llaniladi Kombinatsiyalangan ta’sir etish usullari, masalan, termomexanik va boshqa usullar ham mavjud. Sirt qatlamida dastlabki materialning nanometrlar diapazonidan millimetrning o‘ndan bir qismigacha yoki undan katta chuqurlikdagi
|
| |