II BOB. MTT omborxonalarda mavsumiy mahsulotlarni saqlashda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar




Download 1.65 Mb.
bet3/4
Sana25.04.2022
Hajmi1.65 Mb.
#20269
1   2   3   4
Bog'liq
Ashurova Nilufar
601 14.10.2022, Ish yuritish asoslari
II BOB. MTT omborxonalarda mavsumiy mahsulotlarni saqlashda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar.
2.1-§. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatiga gigiyenik talablar va ularga gigiyenik xulosalar berish.
Ozuqa mahsulotlari – bu hayvonlardan, oʼsimliklardan olinadigan, mineral yoki biosintetik kelib chiqishga ega boʼlgan, inson tomonidan tabiiy yoki qayta ishlangan holda isteʼmol qilinuvchi mahsulotlardir. Shuningdek, ichimliklar, saqichlar va ozuqa mahsulotlarini tayyorlash va qayta ishlov berishda ishlatiladigan har qanday moddalar ozuqa mahsulotlariga kiradi.
Ozuqa mahsulotlarining sifati – bu ozuqaviy qiymat va xavfsizlik xususiyatlarining qoʼshilgani boʼlib, mahsulotlarning gigienik talablarga muvofiq va salomatlik uchun ziyon keltirmagan holda insonning ozuqa moddalari va quvvatga boʼlgan ehtiyojini qondirishga oʼz hissasini qoʼshishidir.
Ommaviy isteʼmol mahsulotlari aytib oʼtilgan sifatiy xususiyatlarga toʼliq mos keluvchi va barcha aholi uchun xavfsiz boʼlishi kerak. Shu bilan birga, aholining alohida toifalari uchun spetsifik talablarga javob beruvchi maxsuslashtirilgan ozuqa mahsulotlari mavjud:
Ozuqa mahsulotlarining sifatiga boʼlgan barcha talablar ularning xavfsizligi borasida oziq-ovqat xom-ashyosiga – oʼsimlik, hayvon, mikrobiologik, mineral va sunʼiy kelib chiqishga ega boʼlgan manbalar va ovqat tayyorlashda ishlatiladigan suvga dahldordir. Odatda ozuqa xom-ashyosiga biron xildagi pazandalik yoki sanoat qayta ishlovi beriladi. Eng kam ishlov beriluvchi ozuqalar sirasiga sabzavotlar, mevalar, tar mevalar, oshkoʼkilar, yongʼoqlar kiradi, ular isteʼmol oldidan yuvilishi (tozalanishi), zaruratga qarab esa boʼlaklanishi kerak.
Quyiladigan gigenik talablar va ularga gigienik xulosalar berish, tovarlarni gigienik sertifikatlashtirish tartibi, oziq –ovqat mahsulotlari xavfsizligini taminlash, mahsulot sifatini tekshirishda ishlab chiqilgn sifat menejmenti tizimini korxonada joriy etish va uni serifikatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni eksport salohiyatini oshirish va korxina raqobatbardoshliligi ta'minlash va ishlab chiqarish tehnologiyalarini rivojlanishida muhim urin tutadi.
Shu tariqa, gigiena nuqtai nazaridan har qanday mahsulot yoki ular aralashmasining ozuqaviy qiymati aniqlanishi mumkin. Ovqatlanishda alohida mahsulotlar (mahsulotlar guruhlari)dan foydalanish boʼyicha tavsiyalar aynan ularning ozuqaviy qiymatiga asoslanadi. Ushbu mahsulotni ratsionga qanchalik tez-tez va qanday miqdorda qoʼshish maqsadga muvofiq boʼlishi ham shunga bogʼliqdir. Masalan, katta yoshdagi aholining koʼpchiligi uchun ozuqaviy qiymatining qariyb barcha koʼrsatkichlari boʼyicha eng yuqori koʼrsatkichlarga ega boʼlgan baliq va dengiz mahsulotlarini haftada faqat ikki-uch martagina isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Bu ularning meʼdaga tegishi balandligi bilan bogʼliq boʼlib, yevropalik aholining 70 % ida uchraydi.
Ratsiondagi anʼanaviy mahsulotlarning koʼpchiligi: sut va sut mahsulotlari, goʼsht va goʼsht mahsulotlari, non va non mahsulotlari, yormalar, sabzavotlar, mevalar, tar mevalar, tuxumlar, saryogʼ va oʼsimlik yogʼlari ozuqaviy qiymati yuqori boʼlishi bilan ajralib turadi.
Koʼpgina kombinatsiyalashgan (yuqori texnologiyali) oziq-ovqat mahsulotlari, hatto anʼanaviy ozuqa mahsulotlari asosida tayyorlangan boʼlsa-da, salbiy nutrientlar (oqsil : yogʼ, qandning quvvatiy hissasi, TYoK, mikronutrientlar va ovqat tolalari miqdori) nisbatiga ega boʼladi. Shu bilan birga ularni ishlab chiqarish va isteʼmol qilish ozuqa hatti-harakati darajasida tanlashni kuchaytiruvchi tashqi (asosan, organoleptik) xususiyatlar bilan bogʼliq boʼlgan isteʼmolchilik xossalari bilan saqlab turiladi. Ozuqa mahsulotining sifati va uning isteʼmolchilik xossalari – butunlay boshqa-boshqa tushunchalardir. Sifat mahsulotning barcha foydali hossalari uygʼunligini va, birinchi navbatda, uning yashashning mavjud sharoitlarida organizmning optimal xayot faoliyatini saqlab turish qobiliyatini belgilaydi. Tashqi isteʼmolchilik xossalari – tarbiya, bilim va reklama asosida shakllanadi, garchi ushbu oʼrnatilgan stereotipning asosida genetik asoslar yotsa-da, ozuqani tanlash koʼnikmasining kuchidan iborat boʼladi. Insondagi yogʼli, shirin va tuzli taomlarni tanlashga boʼlgan irsiy moyillik qayd etiladiki, bu holat koʼp ming yillik evolyutsiya davomidagi ovqatlanishning oʼziga xosligi bilan bogʼliqdir.

Download 1.65 Mb.
1   2   3   4




Download 1.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II BOB. MTT omborxonalarda mavsumiy mahsulotlarni saqlashda yo‘l qo‘yiladigan xato va kamchiliklar

Download 1.65 Mb.