Dvigatel tezligini magnit oqimini o‘zgartirish yordamida rostlash




Download 147.64 Kb.
bet4/5
Sana24.10.2022
Hajmi147.64 Kb.
#27956
1   2   3   4   5
Bog'liq
E.Y.15var
Avazov Orifjon (Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari), Документ Microsoft Word, Kasbim faxrim maqola, Bayonnoma, Наука и тд., Teoria polya mp (1), Psixologik xizmat. Nishanova Z.T, Z.S. Yunusjonova psixologik parvarish, Argos savollari, pult-upravleniya-podyomnoj-mashinoj-pu-pm (2), ISH REJA BETLIGI 2023-2024, Ustama papka yuzi, Test kaliti

Dvigatel tezligini magnit oqimini o‘zgartirish yordamida rostlash


Magnit oqimini o‘zgartirish asosan tezlikni rostlash uchun ishlatiladi. Bu usul, EYU larda, o‘zining amalga oshirishidagi soddaligi va tejamli bo‘lganligi uchun keng qo‘llaniladi, chunki rostlash dvigatelni nisbatan kichik quvvatli qo‘zg‘atish zanjirida bajariladi va bu erda ko‘p quvvat yo‘qotishlar kuzatilmaydi.




4.9-rasm Mustaqil qo‘zg‘atishli O‘TD ni qo‘zgatish tokini rostlash sxemalari:a-qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami zanjiriga rezistor ulash orqali, va boshqariladigan to‘g‘rilagich (BT) orqali

Bu usul ishlatilganda, odatda(4.8-rasmdagi A nuqta), qo‘zg‘atish toki kuchini ozaytirish xisobiga, magnit oqimi nominalga nisbatan kamaytiriladi. Buni quyidagicha tushintirish mumkin:


4.8-rasm. O‘TDni magnitlanish egri chizig‘i


1. Magnit oqimini ko‘paytirish qo‘zg‘atish tokini nominalga nisbatan oshirishni talab qiladi, bu esa qo‘zg‘atish chulg‘amini qo‘shimcha qizishiga olib keladi.
2. Dvigatel shunday xisoblangan va yaratilganki, uning magnit tizimi to‘yinishga yaqin bo‘ladi, shuning uchun qo‘zg‘atish tokini oshirish magnit oqimini sezilarli ko‘payishiga olib kelmaydi.
Qo‘zg‘atish tokini rostlash uchun qo‘zg‘atish zanjiriga qo‘shimcha rezistor Rkk ulash (4.9, a-rasm) yoki qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini boshqariladigan to‘g‘rilagich BT orqali (4.9, b-rasm) kuchlanish bilan tapminlash kerak bo‘ladi. To‘g‘rilagichning chiqish signali Uchik boshqarish signali Ubosh orqali rostlanadi.
Bu sxema, berk EYU larda ishlovchi katta quvvatli dvigatellarni qo‘zg‘atish tokini keng ko‘lamda rostlash uchun qo‘llaniladi.
(4.7) ifodaga muvofiq, magnit oqimini kamaytirish ideal salt yurish tezligini o oshishiga olib keladi. Qisqa tutashuv toki Ikt=U/Rya magnit oqimiga bog‘liq bo‘lmaydi va uning o‘zgarishi bilan o‘zgarmay qoladi. SHuning uchun, barcha sunHiy elektromexanik xarakteristikalar I () koordinatalari (0.Ikt) bo‘lgan nuqtadan o‘tuvchi to‘g‘ri chiziqlar to‘plamidan iborat bo‘ladi (4.10, a-rasm).
Qisqa tutashuv momenti Mqt =kFIkt esa magnit oqimi F kamaytirilganda, kamaya boradi, chunki Ikt =const. Natijada, mexanik xarakteristikalar M(), 4.10, b-rasmda ko‘rsatilgan ko‘rinishdagi to‘g‘ri chiziqlardan iborat bo‘ladi.




Download 147.64 Kb.
1   2   3   4   5




Download 147.64 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dvigatel tezligini magnit oqimini o‘zgartirish yordamida rostlash

Download 147.64 Kb.