|
Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
|
bet | 5/11 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 30,75 Kb. | | #123881 |
Bog'liq курс иши 23.3. Asosiy fondlarning eskirishi va amortizatsiyasi
Asosiy fondlarni boshlang‘ich yoki tiklanish qiymati bo‘yicha baholashdan tashqari eskirish summasi ham hisobga olinadi. Asosiy fondlar jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirishi mumkin.
Jismoniy (moddiy) eskirish asosiy fondlarning birlamchi xislatlarini ishlab chiqarishda foydalanish va tabiiy eskirish natijasida yo‘qotishdan yuzaga keladi. U asosan bir xilda kechmaydi hamda ko‘p jihatdan iqlimning ta’siri, asosiy fondlardan foydalanish qoidalariga rioya qilish, jumladan, xodimlarning malakasiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Jismoniy eskirishni (IF) quyidagi formula asosida hisoblab topish mumkin:
yoki
Bu erda:
Tf - asosiy fondlarning haqiqiy xizmat qiluvchi muddati;
Tn - asosiy fondlar xizmat qilishi kerak bo‘lgan normativ muddat;
I - hisoblangan amortizatsiya summasi (eskirish summasi);
Ps – asosiy fondlarning boshlang‘ich(qayta tashkil qilish) qiymati.
3.3-rasm. Asosiy fondlarning eskirishi va uni belgilovchi omillar
Ma’naviy eskirish - asosiy fondlarning qadrsizlanishi yoki texnik jihatdan muddatidan avval ish qobiliyatini yo‘qotilishidir. U ikki shaklda yuzaga keladi: birinchi shaklda asosiy fondlar ularning ishlab chiqarish qiymatlari pasayishi natijasida qadrsizlansa, ikkinchi shaklda asosiy fondlarning qadrsizlanishi yangi, fan-texnika taraqqiyoti ta’siri ostida, yanada samaraliroq fondlarning paydo bo‘lishi natijasida ro‘y beradi. Asosiy fondlar ma’naviy eskirishining yuqorida keltirilgan shakllarini quyidagi tarzda aniqlash mumkin:
Bu erda:
P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati;
V - asosiy fondlarning tiklanish qiymati;
Pn- yangi texnikaning unumdorligi.
Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish, ya’ni jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirgan asosiy fondlarning o‘rnini iqtisodiy to‘ldirish uchun korxona bu vositalar qiymatidan amortizatsiya ajratmalarni ayirib tashlaydi hamda bu ajratmalar keyinchalik xarajatlar sifatida mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Amortizatsiya ajratmalari quyidagi formula asosida aniqlanuvchi amortizatsiya normalari (Na) asosida amalga oishiriladi:
Bu erda:
A - amortizatsiya ajratmalari;
P - asosiy fondlarning to‘liq boshlang‘ich qiymati.
Yillik amortizatsiya ajratlari (AO) miqdori quyidagi formula asosida aniqlanadi:
Bu erda:
Rk – asosiy fondlar xizmat qilgan muddat davomida kapital ta’mirlashga sarflangan xarajatlar;
M - uskuna, mashina va qurilmalarni, ular xizmat qilgan davr mobaynida modernizatsiya qilishga sarflangan xarajatlar;
O - asosiy fondlarning qoldiq (likvidatsion) qiymati;
T - asosiy fondlarning xizmat qilish muddati, yil.
Amalda amortizatsiya mablag‘lari asosiy fondlarni to‘liq qayta tiklash (renovatsiya), kapital ta’mirlash va uskunalarni modernizatsiya qilish uchun alohida ravishda yo‘naltiriladi. Bundan kelib chiqqan holda amortizatsiya normasi ikki qismdan - fondlarni renovatsiya qilish (Nv) hamda kapital ta’mirlash va modernizatsiya qilish (Nr) uchun ajratiluvchi mablag‘dan iborat bo‘ladi.
Birinchi holda amortizatsiya normasi quyidagi formula:
ikkinchi holda esa:
asosida aniqlanadi
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlar asta-sekinlik bilan eskirishi sababli, ularning ish qobiliyatini ta’mirlash orqali tiklash zaruriyati tug‘iladi. O‘z vaqtida ta’mirlash asosiy fondlar muddatidan oldin ishdan chiqishining oldini oladi hamda ularning xizmat qilish muddati va unumdorligini oshiradi. Asosiy fondlarni ta’mirlash kapital, o‘rta va joriy turlarga bo‘linadi. Bino va inshootlarni ta’mirlash o‘z mazmuni, talab qilinuvchi muddat va mablag‘larga ko‘ra, mashina va uskunalarni ta’mirlashdan farq qiladi.
Masalan, mashina va asbob-uskunalarni kapital ta’mirlashda ular to‘liq qismlarga bo‘linadi va eskirgan qismlar almashtiriladi. Uskunalarni ikki marta kapital ta’mirlash orasidagi muddat ta’mirlash sikli deb ataladi. Mashina va uskunalar, qoidaga ko‘ra, maxsus zavodlarda ta’mirlanadi.
|
| |