• Qoldiq qiymati bo‘yicha
  • 3.2-rasm. Korxona asosiy fondlarini baholashning turlari
  • Tiklanish qiymati bo‘yicha




    Download 30,75 Kb.
    bet4/11
    Sana19.12.2023
    Hajmi30,75 Kb.
    #123881
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    курс иши 2

    Tiklanish qiymati bo‘yicha - asosiy fondlar yoki ularning biron-bir qismini (binolar, qurilmalar, mashinalar, ishlab chiqarish uskunalari va hokazo) hozirgi paytdagi inflyasiya va boshqa omillarni hisobga olgan holda baholash. Baholashning bu usuli ob’ektning hozirgi paytdagi qayta ishlab chiqarish davrida qancha turishini ko‘rsatadi. Korxona asosiy fondlarining tiklanish qiymati, taftish va inventarizatsiya paytida, mamlakat miqyosida va davlat chora-tadbiri sifatida esa, asosiy fondlarni qayta baholash paytida amalga oshiriladi.
    Qoldiq qiymati bo‘yicha - asosiy fondlarning eskirishini inobatga olgan holda, birlamchi va qayta tiklash qiymatlari o‘rtasidagi farq ko‘rinishidagi baholashdir. Boshqacha qilib aytganda, bu asosiy fondlarning ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga hali o‘tkazilmagan qismidir. Korxonalar tomonidan foydalanilmaydigan hamda hisobdan chiqarish yoki sotib yuborish mo‘ljallangan asosiy fondlar ham, ko‘pincha qoldiq qiymati bo‘yicha, mazkur xo‘jalik yilidagi narxlarda baholanadi.
    K orxona asosiy fondlarini baholashning turlarini quyidagi chizma ko‘rinishda aks ettirish mumkin:


    3.2-rasm. Korxona asosiy fondlarini baholashning turlari
    Iqtisodiyotning globallashuvi hamda hisob va hisobotlarning mukammallashuvi, jumladan, milliy hisob standartlarining jahon standartlari talablari darajasiga keltirilishi tufayli, garchi asosiy vositalar, asosiy fondlarning pul ko‘rinishidagi ifodasi sifatida avvaldan qo‘llanib kelgan bo‘lsada, hayotimizga “asosiy kapital”, “asosiy vositalar” kabi atamalar endilikda keng ravishda kirib kelmoqda.
    Hozirigi kunda amaliyotda asosiy vositalarning korxona balansi va hisobotlarida aks ettiriluvchi (ya’ni, boshlang‘ich, belgilangan tartibda o‘tkaziluvchi qayta baholashdan keyin esa tiklanish), hisobga olish qiymati balans qiymati deb ataladi. Bundan asosiy vositalarning qoldiq qiymatini asosiy vositalarning balans qiymatidan eskirish summasini ayirib tashlash yordamida topish mumkinligi anglashaladi.
    Qabul qilingan baholash usuli va korxona balansida aks ettiriluvchi buxgalteriya hisoboti ma’lumotlari asosida, korxona asosiy ishlab chiqarish fondlarining o‘rtacha yillik qiymati (Fsr) belgilanib, u quyidagi formula asosida aniqlanadi:

    ;
    Bu erda:


    Fn – asosiy ishlab chiqarish fondlarining yil boshidagi qiymati;
    Fp – yil davomida kelib tushgan (foydalanishga topshirilgan) asosiy ishlab chiqarish fondlari qiymati;
    Fv – yil davomida ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy fondlar qiymati;
    T1- foydalanishga topshiriluvchi asosiy ishlab chiqarish fondlari amalda bo‘luvchi o‘rtacha muddati (oylarda), qabul qilingandan keyingi oydan boshlab;
    T2 – ishlab chiqarishdan chiqarilgan (yo‘q qilingan) asosiy ishlab chiqarish fondlari foydalanilmaydigan o‘rtacha muddat (oylar) chiqarilgan oydan to yil oxirigacha).



    Download 30,75 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 30,75 Kb.