|
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning arxitekturasi
|
bet | 7/13 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 233,03 Kb. | | #129826 |
Bog'liq KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA OKeyingi avlod konvergent tarmoqlarning arxitekturasi:
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarning arxitekturasi 4 ta satxdan iborat (2.2-rasm):
1. Tarmoq xizmatlarini boshqarishi.
2. Tarmoqni boshqarish.
3. Transportirovka, ya’ni kommutatsiya va uzatish tarmog‘i.
4. Kirish imkoniyatini berish.
Birinchi satx, tarmoq xizmatlari foydalanuvchilarga yagona xizmatlar to‘plamini beradi ya’ni PSTN uchun, IP – telefoniya uchun, mobil tarmog‘i uchun va hokazo. Buning uchun bu satxda operatsion tizim OSS, har xil serverlar: takliflar, media – resurslar, foydalanuvchi joylashgan joy haqida ma’lumotlar va hokazolar bo‘ladi.
Ikkinchi satx, tarmoqni boshqarish satxi bo‘lib, dasturlangan kommutator Softswitch hisoblanadi. U signal buyruqlariga ishlov beradi, buyruqlar yaratadi, chaqiriqni marshrutlaydi, oqimlarni boshqaradi.
Uchinchi satx, transport satxi bo‘lib, u paketli kommutatsiya tarmog‘i hisoblanadi. Bu tarmoq ATM – tarmoq, IP – tarmoq yoki MPLS tarmoq bo‘lishi mumkin. Bu satx ikkinchi satxdan olgan buyrug‘i asosida bog‘lanishni o‘rnatish uchun kommutatsiyalashni va axborotni uzatishni amalga oshiradi.
To‘rtinchi satx kirish imkoniyatini beruvchi satx bo‘lib, NGN tarmog‘i xizmatlariga ulanish uchun interfeyslar keng to‘plamini beradi.
U IAD – integrallashgan kirish qurilmasi, kirish media shlyuzi, signalizatsiya shlyuzi, transport media-shlyuzi, universial media-shlyuzi, video ow dan iborat.
Chaqiruvchi axborotning formati, ushbu tarmoqda uzatish uchun ishlatiladigan mos formatga o‘zgartiriladi. Integrallashgan kirish qurilmasi (IAD): NGN arxitekturasida ishlatiladigan abonentli kirish qurilmasidir. Bu qurilma yordamida paketli tarmoq bo‘yicha ma’lumotlarni uzatish, tovushli aloqa, videoaxborot va boshqa xizmatlar amalga oshiriladi. Har bir qurilmada (AD), maksimum 48 ta abonent portlari ko‘zda tutilgan.
Kirish mediashlyuzi (AMG). Uning yordamida abonentga turli – tuman xizmatlardan foydalanish imkoni beriladi, jumladan: analogli tarmoqqa kirish, xizmatlari integrallashgan ISDN raqamli tarmoqqa kirish, V5 ga va raqamli abonent (xDSL) liniyasiga kirish.
Foydalanuvchi oldida analog telefon apparati, guruhli qurilma IA, mobil terminal 2G, 3G, maxsus terminal SIP telefoni, N.323 telefoni bo‘lishi mumkin.
|
| |