• Media-shlyuz kontrolleri (MGC)
  • N.323 geytgipperi
  • Keyingi avlod konvergent tarmoqlar xaqida tushuncha
  • Tarmoq konvergensiyasi
  • Signalizatsiya shlyuzi (SG)




    Download 233,03 Kb.
    bet2/13
    Sana03.01.2024
    Hajmi233,03 Kb.
    #129826
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA O

    Signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminallashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.
    Media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va mediashlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Mediashlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi.
    N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.
    N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir.
    RADIUS serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi.


    Keyingi avlod konvergent tarmoqlar xaqida tushuncha 
    Umumiy holatda konvergensiya, o‘xshash sharoitda ishlash natijasida, dastlab kelib chiqishi turlicha bo‘lgan ob’ektlarning belgilarini yaqinlashishini bildiruvchi evolyusion tushuncha kabi aniqlanadi. Ya’ni konvergensiya, texnologiyalarning o‘zaro kirib borish natijasida mazmunlarini yaqinlashish jarayonidir. Shu ma’noda konvergensiyani integratsiyaning yuqori darajasi deyish mumkin.
    Aloqa tarmoqlarining konvergensiyasi uchta aspektda qarab chiqiladi:
    tarmoq konvergensiyasi;
     xizmatlar konvergensiyasi;
     qurilmalar konvergensiyasi.
    Tarmoq konvergensiyasi, qayd qilingan, mobil va konvergent xizmatlarni taqdim etish uchun yagona infrastrukturani qo‘llashni taqazo etadi; ya’ni bitta tarmoq, yagona yadro bazasi asosida mobil va qayd qilingan trafiklarni uzatishni qo‘llab quvvatlovchi juda ko‘p servislarni ta’minlaydi. Bunga, NGN konsepsiyasi asosidagi yagona transport tarmoqlarini yaratgandan keyingina erishish mumkin.
    Yangi avlod tarmoqlarining arxitekturasi, xizmatlar konvergensiyasini qo‘llash doirasida, ulanish satxi amaliy satxdan ajratilgan bo‘lishini qarab chiqadi. Qayd qilingan va mobil kanallar bo‘yicha ulangan foydalanuvchilar real vaqtda barcha servislarga ulanish imkoniga ega bo‘ladi.
    Boshqacha so‘z bilan aytganda, aloqa tarmoqlarida konvergent xizmatlarga abonent qo‘llaydigan har qanday terminal (telefon, smartfon, SHK, noutbuk)dan, foydalanuvchining joyiga bog‘liq bo‘lmagan holda ulanish mumkin.

    Download 233,03 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 233,03 Kb.