|
Asosiy ta’rif va tushunchalar: Konvergensiya
|
bet | 13/13 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 233,03 Kb. | | #129826 |
Bog'liq KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA OArxitekturaning asosiy elementlari. Keyingi avlodning konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr aloqa tarmog‘ining arxitekturasi 1.5-rasmda ko‘rsatilgan. NGN transport tarmog‘ining tarkibiga quyidagilar: ko‘chirish va kommutatsiyalash funksiyasini bajaruvchi tranzit uzellar, multiservisli tarmoqlarga kirishni ta’minlovchi yakunlovchi (chegara) uzellar, signalizatsiya ma’lumotlarini qayta ishlash, chaqiriqlarni va ulanishlarni boshqarish funksiyalarini bajaruvchi signalizatsiya kontrollerlari, odatdagi aloqa tarmoqlariga (TfUF, MUT, SPS) ulanishni amalga oshirish imkonini beruvchi shlyuzlar kirishi mumkin.
1.5- rasm. Keyingi avlodning konsepsiyasiga mos holda qurilgan elektr aloqa tarmog‘ining arxitekturasi
Bazaviy tarmoqlarning resurslariga kirish, mavjud tarmoqlar orqali aloqani amalga oshirish yoki kirish tarmoqlari qurilmalarini chegara uzellari orqali ulash yordamida amalga oshadi. mavjud tarmoqlar orqali aloqani amalga oshirish holatida chegara uzeli, tarmoqlararo shlyuz funksiyasini bajaradi.
Kirish pog‘onasiga: shlyuzlar, (transport tarmoqlarining yakunlovchi uzellariga foydalanuvchining yakunlovchi (oxirgi) terminal qurilmalarini ulashni ta’minlovchi)kirish tarmog‘i, abonentlarning yakunlovchi (oxirgi) qurilmalari kiradi.
Kirish tarmoqlarini qurish texnologiyalariga: simsiz (Wi-Fi, WiMAX) texnologiyalari, kabelli televideniya (DOCSIS, DVB) tizimlari asosidagi texnologiyalar, xDSL texnologiyasi, optik tolali (passiv optik tarmoq (PON)) texnologiyalari kiradi.
Kirish pog‘onasi, tarmoqqa (xususiy abonentlarni, korxonalarni, mobil)foydalanuvchilarni ulanishini ta’minlaydi. Foydalaniladigan texnologiyalarga bog‘liq holda (xDSL, Ethernet, PON, Cable, Wi-Fi, WiMAX), DSLAMlar, Ethernet kommutatorlari, Wi-Fi kirish nuqtasi, WiMAX bazaviy stansiyasi va boshqa qurilmalar tanlanadi.
Abonentlarni yuqori sifatli multimediali xizmatlar bilan ta’minlash uchun, kirish tarmoqlari yuqori tezlikli, multiservisli, intelektual, ishonchliligi yuqori bo‘lishi lozim.
Agregatsiya pog‘onasida, kirish pog‘onasidan taqsimlovchi qurilmaga tushuvchi trafiklarni yig‘ish va etkazish amalga oshadi. Agregatsiya pog‘onasi Ethernet, IP, IP-MPLS texnologiyalari qo‘llanilgan oblastlarda yoki shahar masshtabida keng tarqalgan tarmoq marshrutizatorlaridan iborat.
Signalizatsiya kontrollyorlari, bir nechta kommutatsiyalash uzellariga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan alohida qurilmalarga ko‘chirilgan bo‘lishi mumkin. Umumiy kontrollyorlarni qo‘llash, ularni xuddi tarmoq bo‘ylab taqsimlangan yagona kommutatsiyalash tizimi kabi qarash imkonini beradi. Bunday echim, nafaqat ulanishni o‘rnatish algoritmini soddalashtirish, balki operatorlar va xizmatlarni ta’minlovchilar uchun ancha tejamli hamdir. Chunki, katta sig‘imli qimmatbaho kommutatsiyalash tizimlarini, uncha katta bo‘lmagan, moslashuvchan va xattoki mayda xizmatlarni ta’minlovchilar uchun ham qulay bo‘lgan qurilmalarga almashlash imkonini beradi.
Xulosa:
Hozirgi kunda infokommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanishi, xizmatlarga ulanish, asosan odatdagi aloqa tarmoqlari orqali o‘tuvchi kompyuter tarmoqlari ramkasida amalga oshadi. Xuddi shu vaqtda bir qator hollarda Internet xizmatlari, ularni transport infrotuzilmasida cheklangan imkoniyatlarini hisobga olgan holda, axborot jamiyatining xizmatlariga bo‘lgan zamonaviy talablariga javob bermaydi. SHunga bog‘liq holda infokommunikatsiya xizmatlarini rivojlantirish, aloqa tarmoqlarining fuksionalligini bir vaqtda kengaytirish bilan birgalikda axborot resurslarini samarali boshqarish masalarini samarali hal etishni talab qiladi
|
| |