|
Control Point Server (SCP)
|
bet | 10/13 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 233,03 Kb. | | #129826 |
Bog'liq KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA OControl Point Server (SCP): xizmatlarni boshqarish tuguni, intellektual tarmoq (IN)ning asosiy tuguni bo‘lib, abonent ma’lumotlari va xizmatlari mantiqini saqlash uchun ishlatiladi. Kelayotgan chaqiruvlarga muvofiq ravishda (bular to‘g‘risida xizmatlar kommutatsiyasi tuguniga xabar beriladi), xizmatlarni boshqarish tuguni SSP xizmatning mos mantiqini ishga tushiradi, ishga tushirilgan xizmat mantiqi asosida foydalanuvchining ma’lumotlar bazasi va xizmatlar ma’lumotlar bazasini izlashni amalga oshiradi, so‘ngra SSP tugunini keyingi amallarini bajarishiga ko‘rsatmalar berish uchun mos xizmatlar komutatsiya tuguniga chaqiruvni boshqaruvchi zarur buyruqlarni yuborishni amalga oshiradi. SHunday qilib turli intellektual chaqiruvlar o‘rnatilishi amalga oshiriladi.
Keyingi avlod tarmog‘i elementlari:
Keyingi avlod tarmog‘i (NGN), tarmoqning yangi konsepsiyasini, tovush funksiyalari, xizmat ko‘rsatish sifati (QoS) va paketli tarmoqning afzalliklari va samaraliligi bilan kommutatsiyalanadigan tarmoqni o‘z ichiga oladi. NGN tarmog‘i tarmoqlar va texnologiyalarning birlashishida aks etadigan ishlab turgan telekommunikatsiya tarmoqlarining evolyusiyasini bildiradi. Shu sababli telefoniyaning klassik xizmatlaridan boshlanib va ma’lumotlarni uzatishning turli to‘plami yoki ularning kombinatsiyalarida tugagan xizmatlarning keng to‘plamini ta’minlaydi.
NGN tarmoqlarining tuzilmasida integratsiyalangan qurilmada alohida qurilmalar yoki ixtiyoriy kombinatsiyalardan iborat bir nechta elementlar ishtirok etadi. NGN tarmog‘ining eng muhim elementlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
- media-shlyuz (MG) telefon tarmog‘idan tovush chaqiriqlarini terminallaydi, tovushni qisadi va paketlaydi, IP tarmoqda qisqargan tovushli paketlarni uzatadi, shuningdek IP tarmoqdan tovushli chaqiriqlari uchun teskari operatsiyani o‘tkazadi. ISDB/POTS chaqiriqlari signalizatsiya ma’lumotlarini media-shlyuz kontrolleriga uzatadi yoki signalizatsiyani N.323 xabarga o‘zgartirish shlyuzda amalga oshiriladi. Yuqorida keltirilgan media-shlyuz masofadan kira olish, marshrutlash, tarmoqning virtual qismlari, TCP/IP trafikni filtrlash va boshqalar uchun funksionallikni kiritishi mumkin.
-signalizatsiya shlyuzi (SG) signalizatsiyani o‘zgartirish uchun xizmat qiladi va uni kommutatsiyalanadigan paketli tarmoq o‘rtasida tiniq uzatishni ta’minlaydi. U signalizatsiyani terminalashtiradi va xabarni media-shlyuz kontrolleriga yoki signalizatsiyaning boshqa shlyuzlariga IP orqali uzatadi.
-media-shlyuz kontrolleri (MGC) ro‘yxatga oladi va media-shlyuzning o‘tkazish qobiliyatini boshqaradi. Media-shlyuz orqali xabarlar bilan telefon stansiyalari bilan almashinadi. Quyida keltirilgan sxemada yuqorida keltirilgan barcha elementlarni o‘z ichiga olgan NGN tarmog‘iga misol keltirilgan (2.3 - rasm).
2.3 – rasm. Keyingi avlod tarmog‘iga misol
Yuqorida keltirilgan NGN tarmog‘ining elementlari bilan bir qatorda quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
N.323 standarti bo‘yicha aralash kommutatsiyalanadigan va paketli tarmoqlarda tor polasali audio/video telefon xizmatlarini quvvatlash va ulardan foydalanish uchun xizmat qiladigan N.323 tarmoqli qurilma. N.323 tarmoqli qurilmaga quyidagilar kiradi: tarmoqning oxirgi nuqtasini o‘z ichiga oladigan terminal, N.323 terminallari bo‘lib, tegishli dasturiy ta’minotga ega shaxsiy kompyuterlar va N.323 standartini quvvatlaydigan IP telefonlar hisoblanadi.
N.323 shlyuzlari - paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlar tomonida N.323 oxirgi nuqtalar o‘rtasida o‘zgarishlarning funksionalligini ta’minlaydigan qurilmadir. O‘z ichiga uzatish formatlarini o‘zgartirish, kommunikatsiya protseduralari, audio/video kodeklarni oladi va bog‘lanishlarni o‘rnatadi va uzib qo‘yadi.
N.323 geytgipperi – paketli va kommutatsiyalanadigan tarmoqlarda foydalaniladigan adreslar (IP, telefon nomerlari) o‘zgartirishini ta’minlaydigan qurilmadir. Shu bilan birga u o‘tkazish polasasini boshqaradi, masalan, tarmoq band bo‘lganda seanslar o‘tkazilishini cheklash. Geytgipper bir qurilmada integratsiyalangan bo‘lishi mumkin, masalan, terminal, shlyuz yoki ko‘p protokolli kontroller.
2.4 - rasm. N.323 tarmoq elementlari
Ko‘p nuqtali boshqarish bloki (MCU) – N.323 uch yoki undan ortiq oxirgi nuqtalarining ko‘p nuqtali kommunikatsiyasi (konferensiyasi) quvvatlanishini ta’minlaydigan qurilmadir. MCU bloklari kommunikatsiyani boshqarish va oqimlarni adaptatsiya qilish uchun javob beradi.
Umumiy geytgipper yordamida boshqariladigan ko‘p nuqtali boshqaruvning terminallari, shlyuzlari va bloklari uchun «N.323 zonasi» (N.323 Zone) umumiy nom qabul qilingan.
Yuqoridagi 2.4 - rasmda N.323 tarmoqning arxitekturasi keltirilgan.
RADIUS serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi. Odatda, ma’lumolar RADIUS serveridagi markaziy bazada saqlanadi.
|
| |