|
Konvergensiya holatga o‘tish sabablari
|
bet | 11/13 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 233,03 Kb. | | #129826 |
Bog'liq KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA OKonvergensiya holatga o‘tish sabablari:
Konvergensiya holatiga o‘tishga quyidagilar asosiy sabab bo‘lishi mumkin:
-oxirgi 30 yilda jahon telekommunikatsiya sektori uchun xarakterli bo‘lgan chuqur o‘zgarishlar;
-telekommunikatsiya va texnologik trendlarda moslashtirish
-prinsiplarini o‘zgartirish;
-elektr aloqaning liberallashuvi;
-jahon iqtisodining globallashuvi;
-raqobatbardoshlik muhitining yuzaga kelishi;
-dasturiy ta’minot masalalari;
-yangi xizmatlarning yuzaga kelishi va xakozolar.
Bunday xolatlarni bartaraf qilish uchun konvergensiya holatiga o‘tish talab qilinadi. Tarmoqda konvergensiya jarayoni, tarmoq operatorlarining talablariga mos xolda amalga oshadi. Bu asosan foydalanish xarajatlarini kamaytirish ishlab chiqarishni kuchaytirish, mijozlarning xizmat turlariga va uning sifatiga bo‘lgan talablarini yaxshilash bilan bog‘liq. Bunga quyidagilar kiradi:
Axborot va telekommunikatsiya infratuzilmasining xarajatlarini kamaytirish, u quyidagi omillar bilan bog‘liq:
-yangi tizimda umumiy yagona infratuzilmani yaratish;
-tarmoq ortiqchaligini kamaytirish;
-magistral tarmoq to‘lovlarini kamaytirish;
-tarmoqning standart komponent va serverlarini qo‘llashga asoslangan mustaxkam moslashuvchanlik.
Ishlab chiqarishni kuchaytirish quyidagilar bilan aniqlanadi:
-xizmatlar konvergensiyasi, tizimlar integratsiyasi va ularni qo‘llashning soddaligi;
-yangi intelektual asboblar bazasi asosida aloqa tizimlarining samaradorligini oshirish.
Mijozlar bilan ishlashni takomillashtirish quyidagilar bilan bog‘liq:
-yangi multimedia xizmatlari va ilovalar;
-kompyuterlarni tizimli rivojlantirish;
-Web – texnologiyalar bazasini integratsiyalash.
Keyingi avlod konvergent tarmoqlarining arxitekturaviy modeli:
Keyingi avlod aloqa tarmoqlarini qurish konsepsiyasi asosida universal tarmoqni qurish tamoyili yotadi. Bunday tarmoq har qanday axborotni: ovoz, video, audio va xokazo trafiklarni cheklanmagan spektrda infokommunikatsiya xizmatlari bilan ta’minlash imkonini beradi.
Yuqoridagi talab va ehtiyojlarni nazarda tutgan holda tarmoq xizmatlari, texnologiyalari va qurilmalari konvergensiyasi NGN-yangi avlod tarmoqlarida mujassamlashgan.
NGN texnologiyasining Respublikamiz aloqa tarmoqlarida qo‘llanilishi, aloqa sifat ko‘rsatkichlarini jahon standarti talabiga javob beradigan pog‘onaga olib chiqmoqda.
NGN texnologiyasi asosida qurilgan tarmoq (ya’ni NGN tarmoq) universal tarmoq hisoblanib, paketli kommutatsiya asosida ihtiyoriy turdagi ma’lumotlarni (tovush, video, rasm, tevizion kadr va boshqalar) sifatli, yo‘qotishlarsiz va yuqori tezlikda uzatish imkoniyatiga egadir. NGN tarmog‘i turli xil ma’lumotlar trakti uchun kerak bo‘ladigan barcha xizmatlarni ta’minlash imkoniyatiga egadir, ya’ni (QoS-Quality of Service) xizmat ko‘rsatish sifati yuqori ko‘rsatgichga egadir. Nazariy jihatdan o‘ylab qaralganda NGN tarmog‘i ayni paytda foydalanib kelinayotgan Umumfoydalanuvchi telefon tarmog‘i (UFTT-PSTN), ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (MUT), elektr aloqa tarmog‘ini (EAT) mukammal yagona tizim sifatida birlashtirgan multiservis tarmog‘idir.
NGN tarmog‘ini qurishdan asosiy maqsad, keng spektrdagi xizmatlar turini joriy qilishdir.
NGN tarmog‘ining yutug‘i, xizmat turlarining (juda ko‘pligi) mavjudligidir. NGN tarmog‘ida qiyin masalalar, uni boshqarish va xavfsizlik masalasidir.
1.2 - rasm. NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli
NGN tarmog‘ining arxitekturasini yaratishda bitta yagona infrastrukturada UFTT, Mobil aloqa tarmog‘i, Internet tarmog‘i resurslari, IP-telefoniya tizimini jamlash ko‘zda tutiladi. Hozirgi kunda NGN tarmog‘ining to‘rt sathli arxitekturasi mavjud. U quyida (1.2 -rasm) ko‘rsatilgan.
NGN tarmog‘ining arxitekturaviy modeli quyidagi satxlardan iborat:
- kirish pog‘onasi;
- transport pog‘onasi;
- boshqarish pog‘onasi;
- xizmatlar pog‘onasi.
|
| |