|
Asosiy ta’rif va tushunchalar: Konvergensiya
|
bet | 12/13 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 233,03 Kb. | | #129826 |
Bog'liq KEYINGI AVLOD TARMOQLARIGA OKirish pog‘onasi, turli xil aloqa vositalarini (kompyuter, telefon apparati, faksimil apparati va boshqalar) tarmoqqa ulanishini ta’minlaydi.Unda quyidagi texnologiyalar ishlatilidi:
- simsiz aloqa texnologiyasi (Wi-Fi);
- kabelli televidenie tizimi asosidagi texnologiya (DOCSIS, DVB);
- tolali optik texnologiya (PON);
- xDSL texnologiyasi.
Transport pog‘onasi, foydalanuvchilar o‘rtasidagi ma’lumotlarni uzatishni ta’minlaydi. Bunda ayni paytda magistrallarimizda mavjud bo‘lgan PDH va SDH uzatish tizimlari muhim ahamiyatga egadir.
Halqaro Telekommunikatsiya Uyushmasi (ITU-T) transport satxi uchun qo‘yiladigan quyidagi talablarni aniqlagan:
- real vaqt davomida yo‘qotishlarsiz bog‘lanishni ta’minlashni qo‘llab-quvvatlash;
- “yacheykali”, “nuqta-ko‘p nuqta”, “ko‘p nuqta-ko‘p nuqta”, “ko‘p yacheykali” topologiyali bog‘lanishni ta’minlash, qo‘llab-quvvatlash;
- ishonchlilik, masshtablashtirish, kirishuvchanlik va boshqalarni yuqori darajasini ta’minlash.
Transport satxiga quyidagi talablarqo‘yiladi:
- aloqa tugunidagi qurilmalarning yuqori ishonchliligini ta’minlash;
- trafikni boshqarishni ta’minlash;
- masshtablanuvchanlikni ta’minlash.
NGN tarmog‘ining transport satxi ikkita, kirish tarmog‘i va bazaviy tarmoqdan tashkil topgan.
Kirish tarmog‘i abonent liniyasi, kirish uzeli va uzatish tizimlari (PDH/SDH) dan iborat.
Bazaviy tarmoq kanallarni transportlashtirish va kommutatsiyalash vazifasini bajaradi. Bazaviy tarmoq quyidagi 3 ta texnologiya satxlaridan iborat:
- IP, ATM, MPLS (paketlarni kommutatsiyalash);
- SDH, Ethernet…(traktlarni formatlashtirish);
- FOC, DRRL, CC…(signallarni uzatish muhiti).
NGN ning bazaviy tarmog‘i quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- tranzit uzellar;
- abonentlarni multiservis tarmog‘iga ulovchi oxirgi tugun;
- axborot, chaqiruv, ulash signallarini boshqaruv;
- UFTT, MUT, EAT ga ulovchi shlyuzlar.
Boshqarish pog‘onasi, signalizatsiya axborotini ishlab chiqish, chaqiriqlarni marshrutlash va ma’lumotlar oqimini boshqarish kabi vazifalarni bajaradi. Bunda dasturiy kommutatorlar (SoftSwitch) sanab o‘tilgan funksiyalarni bajaradi. Tarmoqda bir nechta SoftSwitch bo‘lib, ular bir-biri bilan SIP (Session Initiation Protocol) protokollar yordamida o‘zaro munosabatda bo‘ladi va o‘rnatilgan boshqarishni birgalikda boshqarishni ta’minlaydi.
1.3 - rasm. NGN tarmog‘ining boshqaruv tizimi
Xizmatlarni boshqarish pog‘onasi, xizmatlarni boshqaruvchi mantiqiy funksiyalarni jamlaydi va quyidagilarni ta’minlovchi taqsimlangan hisoblash muhitini taqdim etadi:
- infokommunikatsion xizmatlarni taqdim qilish;
- xizmatlarni boshqarish;
- yangi xizmatlarni yaratish va joriy qilish;
- har xil turdagi xizmatlarni bog‘liqligi ta’minlash. NGN tarmog‘ining boshqaruv tizimi 1.3-rasm keltirilgan
NGN tarmog‘ining asosiy xususiyati shundaki, paketlarni marshrutlashtirish va uzatish hamda tarmoq qurilmalari (kanallar, marshrutizatorlar, kommutatorlar, shlyuzlar) fizik va mantiqiy jihatdan xizmatlar va chaqiruvlarni boshqarish qurilmasidan alohida ajratilgan bo‘ladi.Uni quyidagi rasmda (1.4-rasm) ifodalash mumkin.
NGN tarmog‘ining bu xususiyati telekommunikatsiya dunyosidagi boshqa tarmoqlarni, IP-tarmog‘ini, UFTT dan ajratib turadi.
Barchamizga ma’lumki hozirda respublikamizda NGN tarmog‘ini qurish ishlari jadal olib borilmoqda. Avtomatik Telefon Stansiyalarda (ATS) HUAWEIkompaniyasining C&CO8 kommutatsiya tizimi o‘rnatilmoqda. Bu amalda UFTT dan asta-sekinlik bilan NGN tarmog‘iga o‘tishning asosiy omilidir.O‘tishning birinchi qadami yuqorida e’tirof etganimizdek, mavjud tarmoqlarni yagona tarmoqqa birlashtirishdir.
1.4-rasm. NGN tarmog‘ining mantiqiy ko‘rinishi
Yangi tarmoq MPLS (Multi Protocol Label Switching) texnologiyalarining oxirgi yutuqlari bazasi asosida quriladi.
Yangi avlodning (NGN) aloqa tarmog‘i, tarmoqni boshqarishning mustahkam imkoniyatlariga ega bo‘lgan, cheklanmagan xizmat turlarini, tarmoq muommolarini takommillashtirish hisobiga yangi xizmatlarni amalga oshirish, shuningdek tarqoq kommutatsiyaga ega bo‘lgan universal transport tarmoqlarini qo‘llash imkoniyatlariga ega bo‘ladi.
|
| |