• Ionlanish energiyasi
  • Elektronga moyillik
  • Elektromanfiylik (EM)
  • Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati




    Download 283.73 Kb.
    bet8/12
    Sana09.11.2023
    Hajmi283.73 Kb.
    #96332
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
    Bog'liq
    2 Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elekt
    Konservalash jarayoni haqida umumiy tushuncha, 13 optik tola, O\'zbekistonda moliya pul tizimi, O`zbekiston Respublikasi, bufer eritmalar. bufer eritmalarning, Mol, molekulyar yoki molyar massa Atom massalarning halqaro birl-fayllar.org, konserva mahsulotlariga qo\'yiladigan talablar, KOnserva oziqaviy-energetik qiymat, 8 Kimyoviy element tushunchasi, S2985G и S2965 Руководство по настройке, 6 Gerbitsidlar, 9 Aminokislotalarni ajratib olish, (Ro\'ziboyeva)SUT VA SUT MAHSULOTLARI TEXNOLOGIYASI, Aromatik uglevodordlar
    2.4. Atomlarning davriy xossalari
    Kimyoviy elementlar atomlarining elektron konfiguratsiyasi ularning yadro zaryadi ortishi bilan davriy ravishda oʻzgaradi. Elektron tuzilishi bilan aniqlanadigan xossalari ya’ni metallik hamda metallmaslik (atom va ion radiusi, ionlanish potensiali, elektronga moyillik, oksidlanish darajasi, atom hajmi va boshqalar) davrlarda va guruhlarda davriy ravishda oʻzgaradi.
    Ionlanish energiyasi - element atomlarining elektronlarini berish xususiyatidir. Ionlanish energiyasi elementning metalligini belgilovchi miqdoriy xarakteristikasidir.
    Ionlanish energiyasi I - atomdan bitta elektronni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan (sarflanadigan) energiya miqdoridir:
    E0+I=E++e-;
    Atomning ionlanish energiyasi qancha kichik boʻlsa, u shuncha elektronini oson beradi va uning metallik xossasi shuncha kuchli ifodalangan boʻladi.
    Davrlarda chapdan oʻngga oʻtgan sari elementlarning ionlanish potensiali ortib boradi, demak ularning metallik xossalari kamayib, metallmaslik xossalari kuchayib boradi.
    Guruhlarda esa yuqoridan pastga tushgan sari ionlanish potensiali kamayib boradi, shuning uchun guruhlarda yuqoridan pastga tushgan sari atomlarning metallik xossalari ortib, metallmaslik xossalari kamayadi.
    Elektronga moyillik - element atomlarining oʻziga elektronlarni biriktirib (tortib) olish xususiyati. Elektronga moyillik metallmaslikning miqdoriy xarakteristikasi boʻlib hisoblanadi.
    Neytral atomga bitta elektron birikkanda ajralib chiqadigan energiya elektronga moyillik deyiladi:
    E0+e-=E-+Eenergiya
    Atomning elektronga moyilligi qancha katta boʻlsa u elektronni shuncha oson biriktirib oladi va metallmaslik xossasi shuncha kuchli ifodalangan boʻladi.
    Davrlarda chapdan oʻngga oʻtgan sari atomlarning elektronga moyilligi ortadi, shuning uchun ularning metallmaslik xossalari dayriy ravishda kuchayib boradi.
    Guruhlarda esa aksincha yuqoridan pastga tushgan sari elektronga moyillik shuningdek metallmaslik xossalari ham kamayadi.
    Kvantomexanik hisoblashlar boʻyicha atomga ikki yoki undan ortiq elektronlarning birikishi mumkin emas. Shuning uchun bir atomli koʻp zaryadli (O-2, S-2, N-3 lar kabi) anionlar erkin holda mavjud boʻla olmaydi.
    Metallik va metallmaslikning umumiy xarakteristikasi bu elektromanfiylikdir.
    Elektromanfiylik tushunchasi ilk bor fanga 1932 yilda amerikalik kimyogar L.Poling(1901-1994) tomonidan kiritilgan.
    Elektromanfiylik (EM) - atomlarning oʻziga elektronlarni tortib olish xususiyati.Elektromanfiylik qancha katta boʻlsa, metallmaslik xossasi shuncha kuchli, metallik xossasi esa shuncha kuchsiz ifodalangan boʻladi.
    Elektromanfiylik atom orbitallarining gibridlanish turiga va atomlarning valent holatiga bogʻliq boʻladi. Masalan; gibrid orbitalda s-orbitalning hissasi ortib borishi bilan uglerod atomining elektromanfiyligi ham ortib boradi. sp3 gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,5; sp2 gibridlangan uglerod atomining elektromanfiyligi 2,8 sp gibridlanganiniki esa 3,1ga teng.

    Download 283.73 Kb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




    Download 283.73 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati

    Download 283.73 Kb.