• Bosh Ofici 111 Lombard Avenue, ofis 325 Winnipeg, Manitoba Kanada R3B 0T4 Tel: +1 (204) 958-7700 Veb sayt
  • Barqaror rivojlanish xalqaro instituti




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/107
    Sana16.06.2024
    Hajmi2,81 Mb.
    #264081
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    uzbekistan-state-of-the-environment-uz

    Barqaror rivojlanish xalqaro instituti
    Barqaror rivojlanish xalqaro instituti (IISD) – barqaror iqlim, resurslarni 
    barqaror boshqarish va adolatli iqtisodiyot uchun yechimlarni tezlashtirish 
    borasida faoliyat yuritadigan hamda qator mukofotlarga sazovor bo'lgan 
    mustaqil tahlil markazi. Bizning faoliyatimiz odamlarga yordam berish 
    va sayyoramizni gullab-yashnashi uchun yanada yaxshiroq qarorlar va 
    mazmunli harakatlarga ilhomlantiradi. Hukumatlar, biznes, notijorat 
    tashkilotlari va jamoalar birlashganda nimalarga erishish mumkinligiga 
    aniqlik kiritamiz. IISD butun dunyo va turli fanlar bo‘yicha 200 dan 
    ortiq xodimga ega. Vinnipeg, Jeneva, Ottava va Torontodagi ofislari bilan 
    birgalikda bizning ishimiz 100 dan ortiq mamlakatlarga ta'sir ko'rsatadi.
    IISD Kanadada ro‘yxatdan o‘tgan xayriya tashkiloti bo‘lib, Qo‘shma 
    Shtatlarda 501(c)(3) maqomiga ega. IISD Manitoba provinsiyasidan 
    asosiy operativ yordam oladi hamda loyihalari Kanada va boshqa 
    hukumatlar, BMT agentliklari, jamg'armalar, xususiy sektor va jismoniy 
    shaxslar tomonidan moliyalashtiriladi.
    Bosh Ofici
    111 Lombard Avenue, ofis 325
    Winnipeg, Manitoba
    Kanada R3B 0T4
    Tel:
     
    +1 (204) 958-7700
    Veb sayt:
     
    iisd.org
    Twitter:
     
    @IISD_news


    iv
    Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
    Global, mintaqaviy va mahalliy miqyosda mavjud ekologik 
    vaziyatning murakkab bir davrida bebaho tabiiy resurslardan 
    oqilona foydalanish va ekologik muammolarni hal etishning 
    eng tezkor yo‘llarini izlash nihoyatda muhim ahamiyat kasb 
    etmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bunday yo‘llarni taklif etish, 
    ilgari surish va o‘tmishdagi xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun 
    ekologik xolatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan o‘zaro 
    bog‘liqligini, sabab va oqibatlarni ifoda etuvchi ishonchli 
    ma'lumotlarning mavjudligi va ulardan foydalanish samarali 
    vosita sifatida xizmat qilishi mumkin.
    Ta'kidlash joizki, taqdim etilgan O‘zbekiston Respublikasining 
    Atrof-muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma'ruza ekologiya 
    sohasida o‘ta muhim va yuqori talabga ega bo‘lgan axborot 
    resursi sanalib, u o‘n yildan ortiq vaqt mobaynida chop 
    etilmagan bo‘shliqni to‘ldirishga qaratilgan. Ma'ruza keng 
    jamoatchilik uchun ham, qaror qabul qiluvchilar va faoliyatning 
    turli sohalaridagi mutaxassislar uchun ham dolzarbdir. Hech kimga sir emaski, har bir nooqilona 
    faoliyat muqarrar ravishda har qanday davlatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining asosi bo‘lgan 
    tabiiy muhit ob'ektlari va ularning holatiga ta'sir qo‘rsatmay qolmaydi.
    Ekologik siyosat yangi O‘zbekistonning kun tartibida muhim o‘rin tutadi. Vazirlik faoliyatini 
    takomillashtirish, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish chora-
    tadbirlari, iqlim o‘zgarishi va uning oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar, daraxtlarning 
    kesilishiga moratoriy, toza «yashil» energiyani joriy etish, qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish, 
    «yashil» transport infratuzilmasini rivojlantirish, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tarmog‘ini 
    kengaytirish, ekotizimlarni tiklash va bioxilma-xillikni saqlash, cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi 
    kurashish, ekologik qonunchilikni xalqaro standartlar asosida unifikatsiya qilish, sohaga zamonaviy 
    axborot texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari ijobiy tendentsiyalarni namoyon etmoqda. 
    Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan «Yashil Makon» tashabbusi 
    chinakam umummilliy loyihaga aylanib ulgurdi.
    Orol inqirozi oqibatlarini yumshatish, chang bo‘ronlariga qarshi kurashish, Orolbo‘yida ijtimoiy-
    ekologik vaziyatni barqarorlashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari 
    tomonidan Orolbo‘yi mintaqasini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi deb e'lon qilish 
    haqidagi tashabbusi bo‘yicha BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasi qabul qilindi. 
    Bu, Orolbo‘yi mintaqasida qulay muhitni ta'minlash, institutsional asoslarni rivojlantirish va 
    «yashil» transformatsion o‘zgarishlarni rivojlantirish uchun zamin bo‘ldi.
    Bundan tashqari, yuzaga kelayotgan ekologik muammolarning transchegaraviy xususiyatini 
    inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan BMT Bosh 
    Assambleyasining navbatdagi «Markaziy Osiyo global iqlim tahdidlari qarshisida: umumiy 
    farovonlik yo‘lida hamjihatlik» rezolyutsiyasi qabul qilindi.
    Hozirgi vaqtda fundamental va amaliy-ilmiy tadqiqotlarni samarali amalga oshirish, jumladan, 
    yangi bilimlarni egallashdan tortib, undan amaliy foydalanishgacha tezkor usullarini topish har 
    qachongidan ham muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-
    texnikaviy muammolarning zamonaviy yechimlarini taklif qilish zarur. Shularni inobatga olgan 

    Download 2,81 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 2,81 Mb.
    Pdf ko'rish