Aziz Abdukhakimov
O‘zbekiston Respublikasi
Ekologiya, atrof-muhitni
muhofaza qilish va iqlim
o‘zgarishi vaziri
v
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Markaziy Osiyo atrof-muhit va
iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti «Green University» tashkil etildi.
Shu bilan birga, erishilgan yutuqlar bilan cheklanib qolmasdan, biz ichki resurslarni yanada samarali
safarbar etish, yashil investitsiyalarni jalb etish, shuningdek, global hamkorlikni kengaytirish va
mustahkamlash tarafdorimiz. Kelajak avlodlar uchun ekologik xavfsizlikni ta'minlash, tabiiy
resurslarni muhofaza qilishni takomillashtirishda har bir fuqaroning ishtiroki mamlakatimizning
barqaror rivojlanishini ta'minlashning asosiy omilidir.
So‘zim yakunida, ushbu ma'ruzani tayyorlashda o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘llab-quvvatlab kelgan
BMT YeIK, YuNEP, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Barqaror rivojlanish xalqaro instituti,
shuningdek, xalqaro va milliy ekspertlar guruhiga alohida minnatdorchiligimni bildiraman.
vi
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ma’ruzaning qisqacha mazmuni
Sog‘lom atrof-muhit va uni barqaror boshqarish fuqarolarning farovonligi va O‘zbekistonning
o‘sib borayotgan iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Atrof-
muhit holati to‘g‘risidagi Milliy ma’ruza (Milliy ma’ruza), bu – O‘zbekiston fuqarolari, ekspertlari
va siyosatchilariga mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi sharoitida mavjud ekologik
tendensiyalar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradigan kompleks hujjatdir. Milliy
ma’ruza, shuningdek, ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilashga
mo‘ljallangan tegishli siyosiy ustuvor masalalar, strategiyalar va boshqa hujjatlar haqidagi
umumlashtirilgan ma’lumotlarni ham o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, Milliy ma’ruzada atrof-
muhit sharoitida inson salomatligi va farovonligi bilan bog‘liq o‘zaro aloqalar hamda muammolarni
hal etishga qaratilgan Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha
ko‘p tomonlama kelishuvlar (TMQKK) va boshqa xalqaro hujjatlarda bayon qilingan xalqaro
majburiyatlar keltirib o‘tilgan.
Mazkur hujjatda to‘plangan ekologik tendensiyalar qaror qabul qilish va fuqarolarning tabiiy
resurslarni boshqarish hamda atrof-muhit muhofazasiga samarali jalb etishni amalga oshirishga
asos bo‘lib xizmat qilishi uchun ma’ruzada qo‘llanilgan yondashuv, atrof-muhit holatiga ta’sir
etuvchi harakatlantiruvchi kuchlar va bosimlarni keltirib chiqaradigan xatti-harakatlar o‘rtasida
aloqani o‘rnatish hamda ekologik muammolarni hal etishga qaratilgan tegishli javob choralariga
qaratilgan. Atrof-muhit holati, atrof-muhitga ta’sir qiluvchi harakatlantiruvchi kuchlar va bosimlar
hamda javob choralari o‘rtasida bunday aloqalarni o‘rnatish uchun biz o‘z yondashuvimizda
«Harakatlantiruvchi kuchlar – Bosim – Holat – Ta’sir – Javob choralari» konsepsiyasidan foydalandik
(HBHTJ)
1
. Ushbu tizim atrof-muhitning yomonlashuvi sabablarini (shuningdek, uning
yaxshilanishini), sabablar va oqibatlar zanjiriga birlashtirishga imkon beradigan rivojlanishning
beshta eng muhim elementini izchil tuzilmaga birlashtiradi. HBHTJ tizimi inson faoliyati va
atrof-muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni tavsiflash uchun o‘ziga mos modeldir. HBHTJ tizimini
qo‘llash asosida Milliy ma’ruza ustida ish olib borgan jamoa manfaatdor tomonlar ishtirokida
aniq harakatlantiruvchi kuchlar, bosimlar va atmosfera havosi, suv resurslari, tuproq va o‘ziga xos
ekotizimlar kabi va atrof-muhitning tarkibiy qismlarini aniqladi:
• O‘zbekiston – iqlim o‘zgarishi sezilarli darajada o‘z ta’sirini ko‘rsatgan mamlakat.
O‘zbekistonda o‘rtacha yillik harorat ko‘tarilib bormoqda va prognozlarga ko‘ra, bundan
keyin ham o‘sishda davom etadi. Iqlim o‘zgarishi va ekstremal ob-havo hodisalari quruq
issiqlik davrining cho‘zilishi, qor to‘planishining pasayishi va muzliklar degradatsiyasi,
tekisliklar va tog‘ etaklarida bug‘lanishning ortishi, qurg‘oqchilik va haddan ortiq suv
taqchilligi hodisalarining ko‘payishiga olib keldi. Mamlakatdagi ob-havo sharoiti yanada
issiq va quruqroq bo‘lishi kutilmoqda. Anomal jaziramaning tez-tez va shiddatli davrlari,
qurg‘oqchilik va yog‘ingarchilik shakllarining o‘zgarishi, sharros yomg‘ir, suv toshqinlari
va sel kabi ushbu o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekstremal ob-havo hodisalarining ko‘payishiga
olib keladi. Iqlim o‘zgarishi tuproq degradatsiyasi va cho‘llanishni kuchaytiradi, shu bilan
birgalikda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda bioxilma-xillik holatiga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi.
1
Drivers-Pressures-State-Impacts-Responses Framework (DPSIR)
vii
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
• O‘zbekiston aholisi hamda iqtisodiyotining sezilarli ravishda o‘sishi ijtimoiy-iqtisodiy
va ekologik o‘zgarishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi.
Shuningdek, rivojlanayotgan energetika infratuzilmasi o‘sib borayotgan aholi soni,
sanoatlashtirish va urbanizatsiya sur’atlaridan ortda qolmoqda.
• Qishloq xo‘jaligida, shuningdek sanoatda (paxta, to‘qimachilik, yengil sanoat, oziq-
ovqat, kimyo, metallurgiya sanoatlari va h.k.lar) o‘rtacha yillik suv iste’moli yuqoriligicha
qolmoqda, qurg‘oqchilikning davomiyligi va chastotasining ortishiga olib keluvchi suv
tanqisligi esa iqlim o‘zgarishi tufayli kuchayib bormoqda. Aholining o‘sishi yuqori sifatli
ichimlik suviga bo‘lgan talabning oshishiga olib kelishi kutilmoqda. Suv havzalarining
ifloslanishi (yer usti va osti) oqova suvlarni tozalash inshootlarining samarasiz ishlashi
natijasida yuzaga keladi. Bunda, asosiy ifloslantiruvchi obyektlar sanoat, qishloq xo‘jaligi
va kommunal korxonalar hisoblanadi. Suv sarfini qisqartirish, qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan foydalanish va qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish, shahar hamda
qishloq aholisi uchun barqaror yechimlarni ilgari surish bo‘yicha qator ishlar olib
borilmoqda.
• Atmosfera havosining statsionar va ko‘chma manbalardan ifloslanishi noqulay iqlim
sharoiti tufayli kuchayib bormoqda. Bu, o‘z navbatida, asosiy tarmoqlar: energetika,
neft va gaz sanoati, metallurgiya, kimyo sanoati, qurilish sanoati faoliyati, shuningdek
avtotransport vositalari sonining o‘sishi bilan bog‘liq. Shu bilan birgalikda, kuzatuvlar olib
borilgan shaharlarning aksariyatida asosiy ifloslantiruvchi moddalarning o‘rtacha yillik
konsentratsiyasi maksimal ruxsat etilgan konsentratsiyadan (MRK) past bo‘lib qolmoqda.
Hozirda uglerod oksidi va uglevodorodlar tashlamalarining kamayishi kuzatilmoqda,
biroq, ayni paytda azot oksidi va qattiq zarrachalar tashlamalari esa ortib bormoqda.
Tashlamalarning eng katta hissasi energetika (76%) va qishloq xo‘jaligi (18%) tarmoqlariga
to‘g‘ri keladi.
• O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarishda ham salbiy, ham ijobiy tendensiyalar
kuzatilmoqda. Salbiy tendensiyalar o‘z ichiga tabiiy-iqlim omillar, shuningdek antropogen
faoliyat tufayli cho‘llanish jarayonlarining rivojlanishini oladi. Ijobiy tendensiyalar sirasiga
yashil maydonlar hududini ko‘paytirish, paxta maydonlarini qisqartirish, don, sabzavot,
meva va ozuqa ekinlari maydonlarini ko‘paytirish, shuningdek suvni tejaydigan sug‘orish
texnologiyalarini joriy etishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini oshirish bo‘yicha
chora-tadbirlarni amaliyotga tatbiq etishni kiritish mumkin.
• Yerlarning degradatsiyasi va cho‘llanishining sabablaridan biri, bu suv resurslaridan
haddan ortiq foydalanishdir. Nooqilona sug‘orish amaliyoti, shuningdek, keng ko‘lamdagi
qayta ta’mirlashga muhtoj bo‘lgan eskirgan suv ta’minoti infratuzilmasi Orol dengizining
qisqa vaqt ichida cho‘llanishi va qurishiga olib keldi. Bir paytlar dunyodagi eng yirik ichki
dengizlardan biri bo‘lgan Orol dengizi, uning irmoqlaridan suvni boshqa yo‘lga (o‘zanga)
burib yuborgan yirik sug‘orish loyihalari tufayli keskin qisqardi. Ushbu ekologik falokat
biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, baliq zaxiralarining keskin kamayishiga olib keldi
hamda mahalliy aholining turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
• O‘zbekistonda suv muammosi serqirra bo‘lib, u jo‘g‘rofiy, iqlimiy, iqtisodiy va boshqaruv
omillarining uyg‘unligi bilan bog‘liq. Mamlakatning qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil
iqlimi cheklangan suv resurslari bilan uyg‘un ravishda suv resurslarini barqaror boshqarish
uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyoning qurg‘oqchil
viii
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
mintaqasida geografik joylashuvi tufayli O‘zbekiston surunkali suv tanqisligini o‘z boshidan
kechirmoqda. Suv resurslarining cheklanishi keng cho‘l hududlarining mavjudligi va
mamlakat suv resurslarini mintaqadagi qo‘shni davlatlar bilan bo‘lishishi bois yanada
murakkablashadi.
• Qishloq xo‘jaligi milliy iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi, biroq, u ko‘p
jihatdan irrigatsiya tizimi bilan bog‘liq. Sug‘orishning samarasiz usullari, shu jumladan
eskirgan infratuzilma va texnika uskunalaridan foydalanish suvning ortiqcha sarflanishiga,
bu esa, o‘z navbatida, suv resurslarining isrof bo‘lishi va kamayishiga olib keladi. Suv
resurslarini kompleks boshqarishning mavjud emasligi, ularning notekis taqsimlanishi va
haddan ortiq sarf bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
• Sanoat tashlamalari, qishloq xo‘jaligi oqovasi va oqova suvlarni yetarli darajada tozalamaslik
suvning ifloslanishiga olib keldi, bu yer usti va yer osti suvlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Ushbu ifloslanish inson salomatligi uchun ham, atrof-muhit uchun ham xavf tug‘diradi.
• O‘zbekiston iqlim o‘zgarishi, jumladan yog‘ingarchilik rejimining o‘zgarishi, haroratning
ko‘tarilishi va daryolarning yuqori oqimidagi muzliklarning erishi ta’siridan himoyasizdir.
Ushbu o‘zgarishlar suv ta’minotidagi murakkabliklarning ortishi va mavjud suv
muammolarining kuchayishiga olib kelishi mumkin.
• O‘zbekistondagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning hozirgi holati va ushbu sohadagi
zamonaviy tendensiyalar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda mamlakatda
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning soni va maydoni ortib bormoqda. O‘rmon
sohasida ham islohotlar olib borilmoqda, natijada mamlakatda o‘rmonzorlar soni sezilarli
darajada ortdi. Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi yerlarini o‘zlashtirish va yer usti suvlarini
qayta taqsimlash, yaylov chorvadorligi, energetika va tog‘-kon sanoatining rivojlanishi, tog‘li
hududlarda esa, infratuzilma va aholi punktlarining o‘sishi kabi antropogen omillarning
hayvonot va o‘simlik dunyosining xilma-xilligiga ko‘rsatayotgan salbiy ta’siri doimiy bo‘lib
qolmoqda yoki ortmoqda.
• 2017-yilda O‘zbekiston o‘zining Milliy darajada belgilangan taxmin qilingan hissasini
(MDBTH
2
, 2021 yilda esa yangilangan MDBH taqdim etdi. MDBHning maqsadi iqlim
o‘zgarishining oqibatlari va harakatlantiruvchi kuchlarini mamlakatning iqtisodiy konteksti
hamda rivojlanishini hisobga olgan holda, shuningdek Kengaytirilgan shaffoflik tizimiga
(KShT) muvofiq bartaraf etishdir. Mamlakatning uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy
ustuvorliklari, xususan, MDBH «Moslashish» tarkibiy qismida aks etgan.
• 2021-yilda mamlakat o‘zining Milliy darajada belgilangan taxmin qilingan hissasini qayta
taqdim etdi. O‘zbekistonda issiqxona gazlari (IG) tashlamalari 2013-yilga nisbatan 0,6
foizga kamaygan. 2017-yilda tashlamalar 189,2 mln. tonnani tashkil etdi va mamlakat
energiya tejaydigan hamda ekologik toza texnologiyalarni, shuningdek iqlim dasturlarini
moliyalashtirish uchun resurslarni ilgari surish orqali 2030-yilga kelib YaIM birligiga
issiqxona gazlari tashlamalarini 2010-yilga nisbatan 35 foizga kamaytirish majburiyatini
oldi.
• Orolbo‘yi mintaqasi xalqaro ahamiyatga ega. XX-asrning ikkinchi yarmida Orol
dengizi beqarorlik davriga kirdi. Antropogen ta’sir natijasida yuzaga kelgan ushbu davr
suv hajmi va oqimining pasayishi, sho‘rlanishning ortishi, baliqlar bioxilma-xilligining
2
https://www4.unfccc.int/sites/submissions/indc/Submission Pages/submissions.aspx
ix
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
kamayishi va boshqa salbiy jarayonlar bilan tavsiflanadi. Qisqarib borayotgan Orol
dengizi barcha qo‘shni davlatlarning ekotizimlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda, uning
ekologik tang ahvoli bevosita Turkmaniston, Qozog‘iston va O‘zbekistonga, xususan
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlariga, bilvosita esa
Tojikiston va Qirg‘izistonga yoyilmoqda. Agar suv havzalari va tuproqlarning mavjud
sho‘rlanish tendensiyalari hozirgidek davom etsa, bir necha o‘n yillardan so‘ng Sirdaryo
havzasidagi qishloq xo‘jaligi yerlarining katta qismi sug‘oriladigan dehqonchilik uchun
yaroqsiz holga keladi (Amudaryo havzasida ham xuddi shunday holat yuzaga keladi),
daryolarning ifloslanishi esa, hududning ekologik hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga
o‘nglab bo‘lmaydigan zarar yetkazishi mumkin.
• Aholi sonining o‘sishi va O‘zbekistonning rivojlanishi aholi jon boshiga chiqindilar
va ular miqdorining ko‘payishiga olib keldi. Biroq, bunda chiqindilarni boshqarish va
ularni qayta ishlash amaliyotini takomillashtirish, shuningdek chiqindilarning umumiy
miqdorini kamaytirish imkoniyatlari ham mavjud. Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda qattiq
maishiy chiqindilarni boshqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirish va ularni to‘plash
imkoniyatini oshirishga yordam beradigan investitsiyalar kiritildi. Biroq, chiqindilarni qayta
ishlash va ularni utilizatsiya qilish borasida texnologiyalarni joriy etish past darajada, shu
boisdan ham chiqindilar, asosan poligonlarga joylashtirilmoqda. Maishiy chiqindilarni
boshqarish sohasida ma’lum bir yutuqlarga erishilganiga, xususan chiqindilarni to‘plash
va qayta ishlash yaxshilanganiga qaramay, sanoat chiqindilarini boshqarish sohasida qator
muammolar bor. Shuningdek, tibbiy chiqindilarni saqlash, tashish va utilizatsiya qilishda
ham yagona tizim mavjud emas. Bundan tashqari, elektron chiqindilar va batareyalarni
to‘g‘ri yig‘ishni ta’minlash hamda zararsizlantirish bilan bog‘liq muammolar mavjud.
• Aholining salomatligi haqida so‘z borganda, bunda, albatta ham ijobiy, ham salbiy
tendensiyalar kuzatiladi. O‘zbekiston aholisining salomatligi sezilarli darajada
yaxshilanmoqda (masalan, bolalar o‘limi yoki kam vaznli bolalar sonining kamayishi),
shuningdek iste’moldagi oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy o‘zgarishlari tufayli
ovqatlanishning yaxshilanishiga ham erishilmoqda. Shu bilan birga, O‘zbekiston fuqarolari
uchun yuqumli bo‘lmagan kasalliklarning to‘rtta asosiy guruhidan (yurak-qon tomir
kasalliklari, diabet, surunkali nafas yo‘llari kasalliklari yoki saraton) erta o‘lim ehtimoli 1
dan 4 gachani (26,9%) tashkil etadi, bu ko‘rsatkich ayollarga (21,4%) nisbatan erkaklarda
(32,9%) ancha yuqori (WHO and ERB, 2018).
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, O‘zbekistonda inson faoliyati va iqlim o‘zgarishi tufayli atrof-
muhit hamda farovonlikka ikki baravar bosim tushishi muammosini hal etish uchun tegishli
chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan va amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston atrof-muhitni muhofaza
qilish va inson taraqqiyotining xalqaro mexanizmlarida faol ishtirok etmoqda. Mamlakat atrof-
muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish sohasida 14 ta xalqaro konvensiya, shuningdek
20 dan ortiq protokol, bitim va o‘zaro anglashuv memorandumlarining ishtirokchisi hisoblanadi.
O‘zbekiston 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Parij kelishuvi doirasida issiqxona gazlari tashlamalari
bo‘yicha o‘z majburiyatlarini yangiladi va kuchaytirdi. Glazgoda bo‘lib o‘tgan BMTning iqlim
o‘zgarishi bo‘yicha Doiraviy konvensiyasi tomonlari konferensiyasining 26-sessiyasida O‘zbekiston
iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatishning yangi maqsadini e’lon qildi. Bunda mamlakat
2030-yilgacha yalpi ichki mahsulotga nisbatan issiqxona gazlari tashlamalarining ulushini 2010-
yil bilan taqqoslaganda 35 foizga kamaytirish, shuningdek moslashish salohiyatini rivojlantirish
bo‘yicha o‘z maqsadlarini tasdiqladi.
x
Atrof-muhit holati to‘g‘risida milliy ma’ruza: O‘zbekiston
Ekologiya vazirligi BMT va uning ixtisoslashtirilgan tashkilotlari, shuningdek, Xalqaro tabiatni
muhofaza qilish ittifoqi (XTMI), Fauna & Flora (FnF), Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti
(YeXHT), Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ), Yevropa Ittifoqi (YeI), Markaziy Osiyo
mintaqaviy ekologik markazi (MOMEM), Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi (OQXJ),
Davlatlararo barqaror rivojlanish komissiyasining ilmiy-axborot markazi (DBRK IAM), Koreya
atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti (KEITI) va boshqa xalqaro platformalar bilan
ko‘p tomonlama hamkorlikni samarali rivojlantirmoqda. Shu bilan birga, Orolbo‘yi mintaqasida
bioxilma-xillikni saqlash, ekotizimlarni tiklash, ozon qatlamini muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi
oqibatlarini yumshatish, chiqindilarni boshqarish bo‘yicha turli tashabbuslar amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, aholining sog‘lom ovqatlanishi va toza ichimlik suvidan foydalanishini ta’minlashga
qaratilgan strategiya va dasturlar ham mavjud.
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi, uning atrof-muhitni muhofaza qilish va barqaror rivojlanish bo‘yicha
tashkilotlari, shuningdek, Germaniya, Finlyandiya, Turkiya, Koreya kabi alohida davlatlar bilan
hamkorlik qiladi. Mintaqaviy hamkorlik ham diqqat markazida turibdi, zero O‘zbekiston Markaziy
Osiyoning boshqa davlatlari bilan birgalikda iqlim sohasidagi kun tartibida mintaqaning yagona
pozitsiyasini e’lon qilgani holda, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan va issiqxona gazlari
tashlamalari past bo‘lgan texnologiyalardan foydalanish hamda joriy etish, shuningdek bioxilma-
xillikni monitoring qilish va saqlash dasturlari bo‘yicha, masalan, Markaziy Osiyo mintaqaviy
ekologik markazi va Orolbo‘yi mintaqasida barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash kabi turli
platformalar orqali o‘zaro manfaatli ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish
ustida ish olib bormoqda.
O‘zbekiston barqaror rivojlanishning imkoniyat va ustuvor yo‘nalishlarini ilgari surish uchun katta
imkoniyatlarga ega, bu, o‘z navbatida, fuqarolarning farovonligi va ishtirokini ta’minlashga, ularni
jalb etishga ko‘mak beradi. Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), iqlim o‘zgarishi bo‘yicha Parij
kelishuvi kabi global doiralar, shuningdek milliy va mintaqaviy jarayonlar va hamkorlik kelajakda
mamlakatning barqaror rivojlanishini rag‘batlantirishga turtki beradi.
|