Atrof muhitni muhofaza qilish




Download 254.5 Kb.
bet10/16
Sana29.03.2017
Hajmi254.5 Kb.
#2611
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Laboratoriya ishi 9

Mavzu: Harorat. Namlik.
Darsning maqsadi: Harorat va. namlikning Muhitda harorat va namlikning taqsimlanishi. Iqlimiy omillarni (yorug’lik, namlik, harorat, bosim)ni tirik organizmlaraga ta’siri

Kerakli jihozlar: Iqlim haritasi, ter mometr, turli iqlim minttaqalarida yashashga moslashgan hayvonlarning rasmlari.

Topshiriqlar

  1. Iqlim hosil qiluvchi omillarni o`rganish:

  1. Joyning geografik o`rni

  2. Quyosh radiatsiyasi

  3. Havo massalari

  4. Yer yuzasining shakli – relief

  5. Yer yuzasining nima bilan qoplanganligi

  6. Inson omili

  1. Iqlim elementlarini tirik organizmlarga ta’siri

  2. Harorat va namlikning yer yuzasidataqsimlanishi.

Abiotik omillarga quruqlik biotsenozlarida quyidagilar kiradi.

1. Iqlim, yorug’lik, harorat, havo, namlik (har xil shakllardagi yog’ingarchiliklar tuproqning namligi, havoning namligi, qor qoplami ).

2. Edafik (yoki tuproq gurung) tuproqning mexanik va ximiyaviy tarkibi tuproqning fizik xossalari va boshqalar.

3. Topografik (yoki orarafik) rel’f sharoiti

Suvdagi tirik organizmlarga asosan gidrologik omillar majmui ta’sir etadi.

Biotik omillar

1. Fitogen- birgalikda yashayotgan o`simliklarning to’g’ridan-to’g’ri (mexanik ta’sirlar, simbioz, parazitlik epifitlarning yashashi) va bevosita (tirik organizmlar yashayotgan muhitning o`zgartirishi) kabi ta’sirlari

2. Zoogen hayvonlarning (oziqlanishi, payhon qilish va boshqa urug’larni tarqatishi muhitga ta’sir etishi ) kabi ta’sirlar

3. Mikrobiogen va mikogen - mikroorganizmlar va zamburug’larning (parazitlik, tashqi muhitni o`zgartirish) ta’siri

Antropogen omillar insonning faoliyati natijasida kelib chiqadigan omillardir. Antropogen ta’sir natijasida tirik organizmlar yashash muhitining o`zgarishi o`z navbatida ekotizimlarning tarkibiy qismlari o’rtasidagi bog’lanishlarning buzilishiga, inqirozga yuz tutishiga olib keladi. Ba’zi hollarda biotsenozlarning butunlay yo`qolib ketishiga sabab bo’ladi.

Ekologiyada muhit deb, tirik organizmni o’rab turgan fizik qumrovni e’tiborga olinadi. Aniqroq so`z borganda muhit tevarak atrofdagi o`zaro bog’lanishlardagi shart sharoit ta’sirlar majmuasidir. Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi. Tabiiy muhitni suv, quyosh , shamol, havo, yer o`simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar majmui tashkil etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo`lib insonning mehnat mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir biri bilan chambarchas bog’liq. Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi. Ekologik muhit bo`lib tirik mavjudotlar sub’yekt va ob’yekt ta’sirlar sifatida qatnashib, ta’sirlar esa tevarak atrofni saqlab qolish yoki xavf solish sharoitini keltirib chiqaradi. ekologik muhit o`z navbatida muayyan ekologik tizim hisoblanib uni tabiiy va ijtimoiy iqtisodiy qismlarga ajratish mumkin.

Antropogеn omillar: dеb odamlar faoliyatining tabiatga ko`rsatadigan ta`siriga aytiladi. Natijada rеlyеf o`zgaradi, Yer yo`zining kimyoviy tarkibi, atmosfera o`zgaradi, ayrim tabiiy biogеotsеnozlar yuqotiladi. Sеkin-asta sun`iy agrobiotsеnozlar tashkil qilinadi, yangi tur va navlar kеltirilib chiqariladi, botqoqliklarning quritilishi, ko`rik va ba`zi Yerlarning o`zgartirilishi va xakozo.

Omillarning eng asosiy xususiyatlaridan biri, ular chеgaralovchi sifatida ta`sir qilib, organizmlarning shu sharoitda yashashi mumkin emasligini ko`rsatadi. Bundan tashqari omillar anatomik va marfologik tomonidan organizmlarning o`zgarishiga ham olib kеladi. Masalan, qurg’oqchilik sharoitiga o`simliklar yozda barglarini to`kishi, ksYer omorf tuzilishi, ildizlarining chuqur kеtishi bilan moslashadi.

a). Ekologik omillar tirik organizmlarga quyidagicha ta`sir qilishi mumkin.

Ba`zi bir turlarni ter ritoriyadan chiqarib yuborish (iqlim va fizik kimyoviy sharoit to`g`ri kеlmaydi), ya`ni turlarning gеografik tarqalishini o`zgartiradi.

Har bir turga ta`sir qilish natijasida ularning hosildorligini o`zgartirish va o`sish darajasiga ta`sir qiladi. Shu bilan birga turlarning qirib yuborishi migratsiyaga hamda populyatsiya zichligiga ta`sir etadi.

Moslanish o`zgarishlarini kеltirib chiqaradi. (adabtatsiya - modifikatsiya), modda almashishdagi miqdoriy o`zgarishlar va tarkibiy o`zgarishlar (qishda va yozda uyquga kеtish), fatopYer еodik rеaksiyalarni kеltirib chiqaradi.

Yu.Libix eng kam darajadagi (minimum) omilning ta`sirini o`rganib, chеgaralovchi vazifani o’ynashini aytib o`tgan.

1915 yil ShеlfYer d faqat oz miqdorda uchraydigan omil ham chеgaralovchi roly o’ynashini aytdi. (maksimum).

Omillarning ma`lum darajada bo`lmasligi va еtarlidan ortiqchasi organizmlarning Hayot faoliyati uchun salbiy ta`sir ko`rsatadi. Omillarning eng yaxshi ta`sir qilish kuchi - omilning ekologik optimum zonasi dеyiladi.

Kritik nuqtalar orasidagi chidamlilik darajasi organizmlarning muhit omillariga nisbatan ekologik valеntligi dеyiladi

b). Chеgarolovchi omillar: Organizmlarning chidamlilik darajasiga yaqinlashgan va oz miqdorda shu darajadan o`tgan omillarga chеgarolovchi omillar dеyiladi.

Agar yashash sharoitini tashkil qiladigan omillardan birontasi yеtishmasa, unda u yo`qolgan omillar ta`sirini chеgaralab qo`yadi, hamda organizmga bo`lgan muhit ta`sirining oxirgi natijalarini aniqlab beradi, chеgaralovchi omilga ta`sir qilish yo`li bilangina bu natijani o`zgartirish mumkin. Bu «chеgaralovchi omil» qonuni agroximik Yu.Libix tomonidan 1840 yilda aytilgan

Tuproqda biror - bir zarur bo`lgan kimyoviy elеmеnt yеtishmasa, har qanday o`g`it qaysini tarkibida boshqa elеmеntlari bir bo`lgan, o`simlikka ta`sir qilmaydi, faqatgina «eng past darajada ionlarning qo`shilishi natijasidagina yuqori hosil olish mumkin.

Chеgaralovchi omillar turning gеografik tarqalishini aniqlaydi. Masalan, turning shimol tomonga Harab tarqalishini issiqlik yеtishmasligi, adir va cho`l rayonlarida esa namlik yеtishmasligini bildiradi.

Antropogеn o`zgarishlar 2 turga bo`linadi:

1. Maqsadiga muofiq antropogеn o`zgarishlarning ya`ni inosnlar tomonidan rеjaga muvofiq ravishda tabiatga ko`rsatilgan ta`sir natijasida sodir bo`ladi: masalan, quruq Yerlarni o`zlashtirish, sun`iy suv havzalarini barpo qilish, shaharlar barpo etish, sanoat korxonalarini qurish, foydali qazilma konlarini izlab topish, botqoqliklarni quritish va x.k.

2. Ikkilamchi antropogеn o`zgarishlarga ular bizga bog`liq bo`lmagan ravishda asosiy antropogеn o`zgarishlarning salbiy ta`siri sifatida ro`y beradi. Masalan, atmosfera havosini chang-gaz chiqindilari bilan ifloslanishi natijasida atmosfera havosi gaz tarkibining o`zgarishi, o`simlik va hayvonot turlari kamayib borishi, turli kasalliklar turlarini ko`payishi va x.k. Ikqilamchi antropogеn o`zgarishlarni oldini olib to`xtatib qolish mumkin emas.

Antropogеn o`zgarishlarning shakllari quyidagilardan iborat:

1. Toy-kon ishlari, Yerlarni xaydash, botqoqliklarni quritish, sunoiy suv havzalarini bartaraf etish, yangi zovur, kanallar qazish kabilar natijasida Yer yuzasi strukturasini, landshaftini buzilishi.

2. Tabiatga bеgona moddalarning tushishi natijasida tabiatdagi moddalarning aylanma harakatlarini tuzilishi.

3. Yer ning ma`lum rеgionlari va sayer amizning dеyarli hamma nuqtalaridan issiqlik va enYer gеtik balansining buzilishi.

4. Yovvoyi hayvonlarning yo`q bo`lib kеtishi va yangi turlarini paydo bo`lishi yoki yaratilishi natijasida “biota” (barcha tirik organizmlar yiyindisi) da ro`y beradigan o`zgarishlar.



Katalog: file2

Download 254.5 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Download 254.5 Kb.