• 3. Zahira kapitalini tekshirish
  • Audit o’quv amaliyoti cdr




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet129/149
    Sana25.01.2024
    Hajmi7,03 Mb.
    #145944
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149
    Bog'liq
    Audit oquv amaliyoticover

    hujjatlar to‘plami zarur. Bunday to‘plam tekshirilayotgan korxonaning o‘ziga xos 
    jihatlarini hisobga olgan holda shakllantiriladi.
    2. Ta’sis hujjatlarini tekshirish 
    Auditor ta’sis hujjatlarini tekshirishda quyidagilarni aniqlaydi: 
    – ta’sis hujjatlarida qanday faoliyat turlari ko‘zda tutilgan; 
    – haqiqatda amalga oshirayotgan faoliyat turlarining ta’sis hujjatlariga muvofiqligi; 


    194 
    – O‘zbekiston Respublikasining “Ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash 
    to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari va 
    litsenziyalarning mavjudligi.
    Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari bo‘yicha litsenziyalar mavjudligi va 
    ularning amal qilish muddatlari tekshiriladi. Chunki korxona bunday faoliyat turlari 
    bilan shug‘ullanish huquqiga litsenziya olingan yoki unda ko‘rsatilgan vaqtdan 
    boshlab ega bo‘ladi va ushbu huquq litsenziya amal qilish muddati o‘tishi bilan 
    to‘xtatiladi. Tegishli litsenziyalarga ega bo‘lmasdan amalga oshirilgan faoliyat 
    turlari noqonuniy hisoblanadi. Agar korxona bitta ta’sischi tomonidan tashkil etilgan 
    bo‘lsa, bunda u mazkur ta’sischi tomonidan tasdiqlangan, tegishli hokimiyat 
    organidan ro‘yxatdan o‘tgan va notarial idora tomonidan tasdiqlangan ustav asosida 
    faoliyat ko‘rsatadi. Ta’sis hujjatlari bilan tanishish auditorga mulk egasi kim 
    ekanligini va kimning manfaati uchun tekshiruv o‘tkazilayotganligini aniqlashga 
    imkon beradi.
    3. Zahira kapitalini tekshirish  
    №21 BHMS ga muvofiq korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq foy-da hisobidan 
    yaratilgan zahiralar, aktivlarni qayta baholashda hosil bo‘lgan inflatsion zahiralar, 
    Qaytaib berilmaslik sharti bilan olingan mol-mulklar zahira kapitalini tashkil etadi. 
    Zahira kapitalining mavjudligi va harakati quyidagi schyotlarda hisobga olinadi.
    8510-“Mulklarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar”; 
    8520-“Zahira kapitali” 
    8530-“Qaytaib bermaslik sharti bilan olingan mol-mulklar” 
    Auditor zahira kapitalini tekshirishda, dastavval, uni shakllantirish uchun asos bo‘luvchi 
    me’yoriy hujjatlar mavjudligi va ularga rioya qilinayotganligini aniqlaydi. Balansning 
    “Zahira kapitali” moddasi bo‘yicha mavjud summaning tegishli sanaga tuzilgan sintetik 
    va analitik hisob registrlaridagi (8510, 8520 va 8530 schyotlar bo‘yicha kredit) 
    qoldiqlariga tengligi tekshiriladi.
    So‘ngra har bir schyot bo‘yicha qoldiq summalar, debet va kredit oborotlar 
    mohiyatan tekshiriladi.

    Download 7,03 Mb.
    1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   149




    Download 7,03 Mb.
    Pdf ko'rish