|
Audit o’quv amaliyoti cdr Pdf ko'rish
|
bet | 132/149 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 7,03 Mb. | | #145944 |
Bog'liq Audit oquv amaliyoticover
YO’RIQLI TEXNOLOGIK XARITA (o’quv amaliyoti uchun)
Kasb kodi va nomi: 5.32.06.01 - Buxgalter va auditor
1- masala. Tekshiruvdan o’tkazilgan fermer xo’jaliklari bo’yicha schotlar
qoldig’i quyidagicha: (ming s.)
Fermer xo’jaliklari
4610-schot
8330-schot
“Kamol” FX, 1 yildan kam faoliyat
ko’rsatgan
7000
7000
“Fayzli” FX, 1 yildan kam faoliyat
ko’rsatgan
3000
6000
“Bobur” FX, 1 yildan ortiq faoliyat
ko’rsatgan
4000
8000
“Farrux” FX, 1 yildan ortiq faoliyat
ko’rsatgan
-
4000
Topshiriq: Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslangan holda mazkur fermerlik
xo’jaliklari ustav kapitali shakllanishini tekshiring va qisqacha xulosa yozing.
2-masala.
“Obod” MCHJni tashkil qilish paytida 65000000 so’m miqdorida ustav kapitali
ro’yxatga olingan. Aliev S. va Karimov A. MCHJning muassislari hisoblanishadi.
MCHJning ustav kapitalida Aliev S. ning ulushi 65%ni, Karimov A.ning ulushi esa
35%ni tashkil qiladi.Xujjatlar ro’yxatdan o’tkazilgan sanadan keyin bu muomala
quyidagicha aks ettirildi:
D-t 4610 “Ustav kapitaliga badallar bo’yicha Alievning qarzi” – 42250000s.;
K-t 8330 “Paylar va ulushlar” Aliev qo’yilmasi – 42250000 s hamda
D-t 4610 “Ustav kapitaliga badallar bo’yicha Karimovning qarzi” – 22650000s.;
K-t 8330 “Paylar va ulushlar” Aliev qo’yilmasi – 22650000 s.
Topshiriq: Yuqoridagi hisob – kitoblar va buxgalteriya provodkalarining
to’g’riligiga baho bering va xulosa yozing.
|
| |