205
o‘g‘irliklardan ko‘rilgan zararlar; jarimalar, peniyalar va neustoykalar to‘lash bilan
bog‘liq zararlar; asosiy faoliyatdan olinadigan foyda, boshqa daromadlar va boshqa
tushumlar hisobidan zahira qilinib, boshqa korxonalar va tashkilotlar (chet
ellik-
larni ham qo‘shib), shuningdek, ayrim shaxslar bilan hisob-kitoblarga doir shubhali
qarzlar summalari; «Boshqa daromadlar va tushumlar» ga quyidagilar kiradi:
korxonaning asosiy fondlari va boshqa mulklarini sotishdan
olingan daromadlar;
da’vo muddati o‘tib ketgan, kreditor va deponentga o‘tkazilgan qarzlarni hisobdan
o‘chirishdan olingan daromadlar; undirilgan jarimalar, peniyalar, neustoykalar va
xo‘jalik shartnomasining boshqa shartlari buzilganligi uchun undiriladigan boshqa
turdagi sanksiyalar;
korxona ichidagi oshxonalar, yordamchi xo‘jaliklar va
boshqalardan olina-digan daromadlar va tushumlar; moliyaviy faoliyatga doir
daromadlar va sarflar. Bunda moliyaviy faoliyatdan
olinadigan daromadlarni
hisobga oladigan schyolar (9500) guruhi bo‘yicha 9510, 9520, 9530, 9540, 9550,
9560 va 9590 schyotlar ochilib, daromadlar tegishli tarzda hisobga olib bo-rilganligi
tekshiriladi. Moliyaviy faoliyatdan ko‘rilgan zararlarni tekshirishda auditor
moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oladigan 9610, 9620, 9630 va 9690
schyotlarning ma’lumotlarini ham tekshiradi.
Auditor moliyaviy natijalarni tekshirishda quyidagilarni ham aniqlashi lozim:
budjetga soliqlarning o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi; shubhali qarzlar bo‘yicha
zahiralar yaratilishining to‘g‘riligi; foydaning korxona ishtirokchilari o‘rtasida o‘z
vaqtida va to‘g‘ri taqsimlanishi; aksiyadorlarga dividendlar to‘lashning to‘g‘riligi.
Audit tekshiruvining maqsadi: korxonaning yakuniy moliyaviy natijasini to’g’ri
aniqlanishi va hisoblarda to’g’ri aks ettirlishini tekshirish.