Audit o’quv amaliyoti cdr




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/149
Sana25.01.2024
Hajmi7,03 Mb.
#145944
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149
Bog'liq
Audit oquv amaliyoticover

 
2.
 
Korxonaning hisob siyosatini o’rganish. 
Korxonaning hisob schoti № 1 – «Hisob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli 
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS)ga muvofiq 
hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan buxgalteriya 
hisobini yuritish va moliyaviy
 
hisobotni tayyorlash uchun foydalaniladigan 
maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plamini ifodalaydi.
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektning hisob siyosati korxona rahbari 
tomonidan № 1-BHMS asosida tuzilib, xo‘jalik yurituvchi subyektning har xil 
yillar uchun taqdim qilingan moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlar 
taqqoslanuvchan hamda boshqa aloqador BXMSlar asosida
shakllantirilgan bo‘lishi lozim.
Korxonaning hisob yuritish siyosati bosh buxgalter tomonidan ishlab
chiqiladi va rahbar buyrug‘i bilan tasdiqlanadi.
Hisob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari
quyidagilardan iborat:
-tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to‘g‘risida buyruq (farmoyish);
-buxgalteriya hisobining ishchi schotlar rejasi; 
-tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya
-hisobotlari shakllarining ro‘yxati;
-hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish
texnologiyalari;
-ayrim ko‘rsatkichlarni hisobga olish bo‘yicha tasdiqlangan uslubiyat
va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa boshqa
ilovalar; 
-quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish
xati:
Hisob siyosati №1 BXMS talablaridan kelib chiqqan holda korxona
buxgalteriya hisobining ishonchliligini ta’minlashi lozim. 
№1 BHMS 56-bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida
o‘zgartirilmaydi. Faqat xo‘jalik yurituvchi subyektni qayta tashkil etilishi


(birlashish, bo‘linishi, qo‘shib olish), mulkdorlar almashishi, O‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya
hisobininig yangi usullari ishlab chiqilgan hollarda hisob siyosati
o‘zgartirilishi mumkin. ( №1 BHMS 56.1, 56.2, 56.3, 56.4)
Hisob siyosatiga kiritilgan o‘zgartirishlar asoslangan bo‘lishi va
tegishli tartibda rasmiylashtirilishi lozim. (№1 BHMS 55-bandiga muvofiq)
O‘zbekiston Respublikasi Qonunchiligining o‘zgarishi bilan bog‘liq
bo‘lmagan hisob siyosatidagi o‘zgartirishlar oqibatlari xo‘jalik yurituvchi
subyekt tomonidan buxgalteriya hisobining o‘zgartirilgan usullari qo‘llanilib
boshlanadigan sanaga (oyning birinchi sanasiga) tekshirilgan ma’lumotlar
asosida qiymat ifodasida baholangan bo‘lishi lozim.
Hisob siyosatida quyidagi masalalar o‘z aksini topishi lozim: 
-Tashkiliy - texnikaviy masalalar:
-Hujjatlar aylanish qoidalari va reja-grafigi.
-Ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish
 
 
muddatlari, foydalanuvchilar).
-Ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan
rahbarning o‘zi, taftish komissiyasi).
-Buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to‘g‘risidagi Nizom va
buxgalteriya (MHM) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti.
-Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi.

Download 7,03 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   149




Download 7,03 Mb.
Pdf ko'rish