76
tekshirgan shaxs tomonidan ushbu hisobot tekshirilganligini tasdiqlash maqsadida
imzo qo’yilishi lozim. Bu qoidaning amalga oshirilishi ichki nazoratning har bir
pog’onasi nazoratini tekshirib borish imkonini beradi.
Auditor ichki nazorat tizimini o’rganish va baholash jarayonini o’tkazish hamda
hujjatlashtirishda quyidagi namunaviy shakllardan foydalanishi zarur:
•
maxsus ishlab chiqilgan testlar;
•
rahbar xodimlar va buxgalteriya xodimlarining fikrlarini aniqlash
uchun
namunaviy savollar ro’yxati;
•
maxsus blankalar
va tekshiruv varaqalari; bloksxemalar
va grafiklar;
•
kamchiliklar ro’yxati, bayonnomalar yoki dalolatnomalar.
O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi qonunida ichki
nazoratga taaluqli qandaydir maxsus talablar yo’q. Shuning uchun auditor
ichki nazorat tizimini baholashda ikkita omilga tayanadi:
•
ichki nazoratning maqsadi korxona
rahbariyati uchun ham, auditor uchun
ham bir xil - buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va obyektivligini
ta’minlash;
•
auditorlik hisobotining tahliliy qismida ichki nazorat holatini ekspertiza
qilish natijalarini aks ettirish zarur.
Ichki nazorat tizimini baholashning asosiy maqsadi auditni rejalashtirish,
shuningdek auditorlik amallarining turlarini, o’tkazish vaqtini va hajmini
aniqlash uchun puxta zamin yaratib, ularni auditorlik tekshiruvining
dasturida aks ettirishdan iborat. Auditor tomonidan dastlabki auditorlik
tekshiruvi dasturi tayyorlangan va u oldinda
turgan ishlarning borishi
to’g’risida ma’lum tasavvurga ega. Dastlabki dastur sifatida o’tgan yilgi
auditorlik tekshiruvining dasturi olinib, mijoz-korxonadagi ichki nazorat
tizimini dastlabki tahlil qilish va samarasizlik xavf-xatarini baholash
natijalariga muvofiq tuzatishlar kiritiladi.
Nazorat uchun savollar
1. Auditorlik tekshiruvida ichki nazorat tizimi deganda nimani tushunasiz?
2. Korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda nechanchi BHMSdan
foydalaniladi?
3.Ichki nazorat tizimini o’rganish va baholashni hujjatlashtirishda qanday
namunaviy shakllardan foydalanadi?