|
Autacad dasturini örnatish
|
bet | 2/11 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #102833 |
Bog'liq Autacad dasturini örnatishObʻyekt tushunchasi
AutoCAD dasturi bilan ishlashda obʻyekt tushunchasini toʻgʻri aniqlab, tushunib olish lozim. Aytaylik Chizish asboblar panelidagi «Pryamоugоlʻnik» - Toʻgʻri toʻrtburchak chizish buyrugʻi asosida bajarilgan shaklni dastur bitta obʻyekt deb qabul qiladi. Aynan shu shakl «Оtrеzоk» - Kesma buyrugʻi asosida bajarilsa dastur ushbu shaklni toʻrtta obʻyekt deb qabul qiladi. Chunki birinchi usulda bitta buyruq bilan amal bajarildi, ikkinchi usulda esa toʻrt marta toʻgʻri chiziq chizish buyrugʻi ketma – ket takrorlandi.
2. 3.
«Pryamоugоlʻnik» - Toʻgʻri toʻrtburchak chizish buyrugʻi asosida bajarilgan toʻrtburchak. (1 ta obʻyekt)
«Оtrеzоk» - Kesma buyrugʻi asosida bajarilgan toʻrtburchak. (4 ta obʻyekt)
Bitta obʻyektdan iborat shakllar.
Obʻyekt va obʻyektlarni tanlash
Obʻyektlarni tanlash odatda ularni tahrirlash uchun zarur.
Bitta obʻyekt tanlanishi uchun sichqoncha koʻrsatkichi obʻyekt chizigʻi ustiga olib boriladi va sichqoncha chap tugmasi bosiladi.
Bir nechta obʻyektlarni baravariga tanlash uchun odatda dinamik ramkadan foydalaniladi. Dinamik ramka bu sichqoncha yordamida obʻyektlar guruxini toʻgʻri toʻrtburchak asosida tanlash demakdir. Buning uchun obʻyektlar perimetridan tashqi hududda sichqoncha chap tugmasi bosiladi va sichqoncha siljitib koʻk yoki yashil rangdagi toʻgʻri toʻrtburchak hosil qilinadi. Bunda ramka obʻyekt yoki obʻyektlarni oʻz hududiga olishi kerak. Obʻyekt (obʻyektlar) toʻgʻri toʻrtburchak hududida joylashgandan soʻng yana sichqoncha chap tugmasi takroran bosiladi. Natijada obʻyekt (obʻyektlar) chiziq turi oʻzgarib tanlanganligini bildiradi. Ramka esa yoʻqoladi.
Koʻk ramka – obʻyektlar guruxidan kerakli obʻyektlar toʻplamini ajratib tanlash uchun qoʻllanadi. Faqat oʻz hududiga toʻliq kirgan obʻektlargina tanlanadi.
Bunday tanlashda sichqoncha koʻrsatkichi 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yoʻnaltiriladi.
Koʻ
k
ram
ka
a sos ida obʻ yektlarni tanlash. Natija.
Yashil ramka – toʻliq obʻyektlar majmuasini tanlashni nazarda tutadi. Bunda obʻyektning biron bir qismi ramka hududiga toʻliq kirmagan boʻlsa ham obʻyekt (obʻyektlar) bari bir tanlanadi. Agarda obʻyekt (obʻyektlar) ramka hududidan toʻliq tashqarida qolsa u holda ular tanlanmaydi.
Sichqoncha harakati 1 – nuqtadan 2 – nuqtaga qarab yoʻnaltiriladi.
Yashi
l ramka asosid a
obʻye ktlarn i tanlash. Natija.
«Tеkst» - Matn taxrirlash paneli.
U shbu panelning asosiy funksiyasi matn yaratish va mavjud matnlarni tahrirlashdan iboratdir. Panelda bir qator maʻlum bir funksiyalarga ega boʻlgan interaktiv tugmalar mavjud.
«Mnоgоstrоchnыy» - Koʻp qatorli matn kiritish.
«Однострочный» - Bir qatorli matn kiritish.
«Редактироват» - Tahrirlash.
«Найти» - Qidirish.
«Текстовые стили» - Matn turlari.
«Масштаб» – Masshtab.
«Вырывание» - Tekislash.
«Преобразавать в единицы другого пространства» - Boshqa muxit oʻlchov birligiga oʻtkazish.
«Однострочный» - Bir qatorli matn kiritish.
Ushbu funcsiya bir qatorli soʻzlarni, son va raqamlarni, belgilanishlarni kiritish uchun qoʻllaniladi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda matn kiritiladigan joy sichqoncha orqali tanlanadi. Ikkinchi bosqichda harf balandligi klaviatura orqali kiritiladi. Uchinchi bosqichda esa qatorning ogʻish burchagi sichqoncha yoki klaviatura orqali kiritiladi.
«Редактироват» - Tahrirlash tugmasi
Ushbu funksiya tanlanganda kursor obʻektni tanlashni soʻraydi. Sichqoncha kursori tayor matn ustiga keltirib bosilganda «Fоrmаt tеkstа» oynasi ishga tushadi va matnni tahrirlash imkoniyati vujudga keladi. Yaʻni tuzatishlar, qoʻshimchalar kiritish va h…
«Найти» - Qidirish tugmasi
Interfaol tugma tanlanganda «Pоisk i zаmеnа»- Qidirish va almashtirish axborot oynasi ekranga chiqariladi.
Ushbu oynaning «Strоkа dlya pоiskа:» bandiga qidirilayotgan matn, «Zаmеnitʻ nа:» bandiga esa almashtiriladigan matn kiritiladi. Soʻng «Nаyti» - Qidirish, «Zаmеnitʻ» - Almashtirish, «Zаmеnitʻ vsе» - Hammasini almash-tirish, «Vыbrаtʻ vsе» - Hammasini tanlash, «Zumirоvаtʻ» - Katta-kichiklashtirish faol tugma-lari aktivlashadi. Ulardan ke-raklisi tanlanadi va «Zаk-rыtʻ» - Yopish tugmasi bosiladi.
« Текстовые стили» - Matn uslublari
Ushbu tugma bosilganda ekranda «Tеkstоvые stili» - Matn uslublari oynasi ishga tushadi. Shuni aytib oʻtish joizki, matn kiritishdan oldin dastlab aynan shu oyna parametrlarini oʻrnatib olish lozim.
Ushbu parametrlarga shrift turlari, oʻlchami, turli vaziyatlarda koʻrinishi kiradi. Aks holda Koʻp qatorli yoki Bir qatorli matn kiritish tugmalari bosilganda har safar matn turi va oʻlchamini kiritishga toʻgʻri keladi.
Endi ushbu oyna bandlari bilan tanishib chiqsak.
« Imya stilya» - Uslub nomi boʻlimida koʻk rangli va Standard yozuvli oynacha mavjud. Undagi (v)koʻrsatkichi bosilganda faqat Standard yozuvi mavjudligi koʻrinadi. Bu AutoCAD dasturi oʻzi tanlagan parametrligidan dalolat beradi. Agar biz yangi uslublarni yaratsak unda ularning nomi ushbu koʻrsatkichda koʻrinib turadi.
Keyingi aktiv tugma «Новый» - Yangi tanlansa
y ana bir interfaol oyna ochiladi – «Новый текстовый стил» - Yangi matn uslubi. Unda «Imya stilya» - Uslub nomi oynasida yaratiladigan uslubga nom beriladi va ―OK‖ tugmasi bosiladi. Shuningdek, ushbu boʻlimda «Pеrеimеnоvаtʻ» - Qayta nomlash, «Удалит» - Yoʻqotish tugmalari mavjud boʻlib, ular
ham oʻz navbatida yaratilgan uslubni qayta nomlash yoki olib tashlashni nazarda tutadi..
«Шрифт» - Shrift boʻlimida «Imya shriftа» - Shriftning nomi oynachasi boʻlib, undagi izoh koʻrsatkichi bosilganda bir qator shrift turlarining nomlari roʻyxati namoyon boʻladi. Kerakli shrift nomi tanlanadi. «Nаchеrtаniе» - Tuzilishi oynachasidagi izoh koʻrsatkichi yordamida shriftni kursiv, yoʻgʻon koʻrinishlarga olib kelish mumkin. «Vыsоtа» - Balandligi oynachasiga sichqoncha koʻrsatkichi keltirilib bosiladi va klaviatura yordamida kerakli son kiritiladi. Natijada shriftga balandlik oʻlchami beriladi. «Ispоlʻzоvаtʻ bоlʻshоy shrift» - Katta shriftni qoʻllash oynachasi ayrim shrift turlarida faol emas.
«Эффекты» - Effektlar boʻlimida «Pеrеvеrnutыy» - Toʻntarilgan belgilagichi belgilansa harflar toʻntariladi. «Sprаvа nа lеvо» - Oʻngdan chapga belgilagichi belgilansa matn soʻzlari teskari tomonga yoʻnaladi. «Вертикальный» - Vertikal belgilagichi ayrim shrift turlarida faol emas. «Степен растяжения» - Kenglik darajasi oynachasida kerakli son kiritilsa shriftning kengligi oʻzgaradi. «Ugоl nаklоnа» - Ogʻish burchagi oynachasiga burchak kattaligi berilsa harflar shu burchak kattakigida ogʻadi.
«Оbrаzеts» - Namuna boʻlimining pastki chap oynachasiga biron bir matn kiritilib, «Pоkаzаtʻ» - Koʻrsat tugmasi bosilsa, yuqori namuna oynasida matn tanlangan parametrlarga asoslanib namoyish etiladi.
«Масштаб» – Masshtab.
Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori obʻekt tanlash rejimiga otadi va matnli obʻekt tanlanishi lozim. Obʻekt tanlangach klaviaturadan ―Enter‖ tugmasi bosiladi, va ekranda qaysi nuqtadan kattalashtirish lozimligi haqida axborot menu oynasi ochiladi. Undan kerakli band tanlanadi va klaviaturadan harf balandligi parametri son bilan kiritiladi, ―Enter‖ tugmasi orqali tasdiqlanadi.
Izoh: Mashgʻulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni oʻrganib chiqish kerak.
«Выравнивание» - Tekislash.
Ushbu faol tugma tanlanganda sichqoncha kursori obʻekt tanlash rejimiga otadi. Matnli obʻekt tanlanadi va ―Enter‖ tugmasi bosiladi. Axborot menu oynasi ekranga chiqariladi va undan kerakli band tanlanadi. Natijada matn chap yoki oʻng, yuqori yoki pastki chegarga tekislab olinadi.
Izoh: Mashgʻulotlar davomida axborot menu oynasidagi barcha bandlarni oʻrganib chiqish kerak.
«Преобразавать в единитсы другого пространства» - Boshqa muxit oʻlchov birligiga oʻtkazish.
Ushbu buyruq tugmasi «Mоdеlʻ» - Model oynasida faol emas. Boshqa koʻrinish oynalarida, aytaylik «List» - Varaq oynasida faollashadi. Bunda kerakli parametr klaviatura orqali kiritiladi.
|
| |