• Nazorat savollari
  • Printsipial pnevmatik sxemalar




    Download 1,05 Mb.
    bet10/11
    Sana21.11.2023
    Hajmi1,05 Mb.
    #102833
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Autacad dasturini örnatish

    Printsipial pnevmatik sxemalar.
    Bu sxemalar avtomatlashtirish tizimi boʻgʻinlariga kiruvchi elementlar tarkibini belgilaydi, ular orasidagi bogʻlanishlarni, asboblar va avtomatlashtirish vositalarining elektr taʻminot usullarini aks ettiradi. Prinsipial elektr sxemani ishlab chiqish uchun dastlabki material texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish sxemasi (TJAS) hisoblanadi. Prinsipial elektr sxema oʻz navbatida birikmalarning sxemalarini (montaj sxemalarini) shchitlar oldi chizmalarini va boshqa texnik hujjatlarni ishlab chiqish uchun asos boʻladi. Prinsipial elektr sxemalar Davlat standartlari talablariga muvofiq bajarilib, ular sxemalarni bajarish qoidalarini, sxema elementlarining grafik va harfiy belgilashlarini, elektr zanjirlar qismlari markirovkasini belgilab beradi. Prinsipial elektr sxemaquyidagi tartibda ishlanadi:
    AS asosida prinsipial elektr sxemaga talablar ifodalanadi va uning elementlari ketmaketligi oʻrnatiladi, ifodalangan talablarning har biri elementar zanjirlar koʻrinishida tasvirlanadi;
    Elementar zanjirlar umumiy sxemaga birlashtiriladi;
    Apparatura tanlanadi va ayrim elementlarning elektrik parametrlarihisob qilinadi (qarshiliklar, rele
    chulgʻamlari, kontaktlar yuklanishlari va h. k.);
    Sxema tekshiriladi va tuzatiladi.
    Prinsipial elektr sxemani ishlab chiqishda quyidagi mulohazalarga va talablarga amal qilinadi:

    1. soddalik va yaqqollik uchun sxemalarda yoyilma prinsipidan foydalaniladi,u shundan iboratki, turli zanjirlarda amal qilayotgay apparat va asboblarningelementlari sxemaning ishlashi mantiqiga muvofiq ularning konstruktivbogʻlanishidan tashqari joylashtiriladi;

    2. elektr zanjirlarini tasvirlash ketma – ketligi nazorat, signalizasiya,boshqarish va

    rostlashning ayrim boʻgʻinlarining eyilish tartibiga mos kelishikerak;

    1. kontaktlar, shuningdek boshqa ulab uziluvchi qurilmalar normal holatdaoʻrsatiladi, yaʻni zanjirda tok boʻlmaganda yoki tashqi mexanik taʻsir boʻlmagandakoʻrsatiladi;

    2. har bir boshqarish zanjiri qarshisiga oʻng tomondan qisqa tushuntiruvchiyozuvlar beriladi.

    Har bir zanjir yozuvi qoʻshni yozuvlardan, bu zanjirlar boʻlinishjoylarida chiziqlar bilan ajratiladi.

    1. Prinsipial elektr sxemada foydalaniladigan har bir apparatga shartli harfiy belgi berilib, usxemada tasvirlangan uning hamma elementlariga taalluqli boʻladi.Sxemada birnecha bir xil turdagi elementlardan foydalanilganda harfiy belgiga arabcharaqamlar koʻrinishidagi raqam qoʻshiladi. Masalan, sxemada uchta oraliq releboʻlganda ular K1, K2, KZ tarzida belgilanadi.

    2. Prinsipial elektr sxemani oʻqish qulay boʻlishi uchun, shuningdek ular boʻyicha loyihaningboshqa hujjatlarini tuzish mumkin boʻlgani sababli ularda zanjirlarmarkirovkalanadi. Oʻzgaruvchan tokning kuch zanjirlari fazalarni belgilovchiharflar bilan va ketma – ket raqamlar bilan markalanadi (A, V, S,N,A1 vahokazolar); boshqarish, signalizasiya, himoya, blokirovka va oʻlchash zanjirlariketma – ket sonlar bilan markalanadi. Apparatlar kontaktlari, rele gʻaltaklari, turli kommutasiyalovchi qurilmalar, signalizasiya apparaturasi vahokazolar bilan ajratilgan zanjir qismlari har xil markalanadi. Bitta prinsipial elektr sxema boʻgʻinidabirlashuvchi, shuningdek, ajraluvchi kontakt birikmalar orqali oʻtuvchi qismlar birxil markalanadi.


    Nazorat savollari:

    1. AutoCAD dasturida chizmalar qanday shakillantiriladi?

    2. AutoCAD dasturida asosiy ish qurollari qaysilar?

    3. Uch o’lchamli modellash nima?

    4. Chizmalarni chizishda qanday asosiy tavsiyalar mavjud?

    5. Chizmaga o’lcjam qanday qo’yiladi?

    6. Davlat standarti nima va u nimani nazorat qiladi?

    7. Chizmalarni chizishda qaysi davlar standartidan foydalaniladi?

    8. Printsipial sxema nima?

    9. Funktsional sxema nima?

    10. Avtomatikada qanday sxemalar mavjud?



    Download 1,05 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 1,05 Mb.