|
Shizmаlаrn shаkllаntirish
|
bet | 3/11 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 1,05 Mb. | | #102833 |
Bog'liq Autacad dasturini örnatishShizmаlаrn shаkllаntirish
« Рисование» - Chizish asboblar paneli
«Risоvаniе» - Chizish asboblar paneli bevosita chizish, yozish, jadval tuzish kabi ishlarni
amalga oshiriladi.
__ «Отрезок» - Kesma tugmasi. __ «Прямая» - Toʻgʻri nur oʻtkazish tugmasi.
__ «Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.
__ «Многоуголник» - Koʻpburchak chizish tugmasi. __ «Прямоуголник» - Toʻgʻri toʻrtburchak chizish tugmasi. __ «Дуга» - Yoy chizish tugmasi.
__ «Круг» - Aylana chizish tugmasi.
__ «Облако» - Bulut chizish tugmasi.
__ «Сплайн» - Lekalo egri chiziqlar chizish tugmasi.
__ «Эллипс» - Ellips chizish tugmasi.
__ «Эллиптическая дуга» - Ellips yoy chizish tugmasi.
__ «Блок» - Qism tugmasi.
__ «Создать блок» - Qism yaratish tugmasi. __ «Точка» - Nuqta qoʻyish tugmasi.
__ «Штриховка» - Strixlash tugmasi.
__ «Переход» - Rang berish tugmasi.
__ «Область» - Hudud tanlash tugmasi.
__ «Tаblitsа…» - Jadvalz… tuzish tugmasi.
__ «Mnоgоstrоchnыy…» - Koʻpqatorli… matn yozish tugmasi.
«Отрезок» - Kesma tugmasi.
Tugma bosilganda sichqoncha kursori kesmaning dastlabki nuqtasini, tanlangandan soʻng esa keyingi nuqtani joyini soʻraydi. Ikki nuqta tutashtirilib kesma hosil qilinadi.
Bundan tashqari kesmani belgilangan uzunlikda berish ham mumkin. Buning uchun ikkinchi nuqtaninig
yoʻnalishi koʻrsatilib sichqoncha tugmasi bosilmasdan, klaviaturadan sonli qiymat kiritiladi va ―Enter‖ tugmasi bosiladi. Kesmani yana davom ettirish uchun sichqoncha kursori keyingi nuqtalar vaziyatini kutib turadi. Ushbu buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan ―Esc‖ tugmasi bosiladi
«Прямая» - Toʻgʻri nur oʻtkazish tugmasi.
Tugma bosilganda sichqoncha kursori nur oʻtkazilishi lozim boʻlgan nuqtani soʻraydi. Nuqta tanlangach, ikkinchi yoʻnaltiruvchi nuqta soʻraladi. Ikkinchi nuqta tanlangandan soʻng yoʻnalish boʻyicha har ikki tomonga yoʻnalgan cheksiz nur oʻtkaziladi va sichqoncha kursori birinchi tanlangan nuqtani asos qilib ikkinchi yoʻnalish nuqtani vaziyatini soʻraydi.
B undan tashqari, nurni bevosita gorizontal, vertikal, burchak kattaligida, bissektrisa, maʻlum uzoqlikda bajarish mumkin. Buning uchun toʻgʻri nur buyrugʻi tanlanganda klaviaturadagi ↓ - koʻrsatkichi bosiladi va ekranda yordamchi menu oynasi chiqariladi. Unda «Gоr» - Gorizontal, «Vеr» - Vertikal, «Ugоl» - Burchak, «Bissеkt» - Bissektrisa va «Оtstup» - Maʻlum uzoqlikda bandlari mavjud.
Kerakli band sichqoncha yordamida tanlanadi.
«угол» - Burchak tanlansa, klaviatura yordamida sonli qiymat kiritiladi va ―Enter‖ tugmasi orqali tasdiqlanadi.
«Bissеkt» - Bissektrisa tanlansa, sichqoncha koʻrsatkichi bissektrisa oʻtkaziladigan burchakning uchiga keltirilib bosiladi, soʻng burchakning har ikkala tomoni ketma-ket tanlanadi.
«Отступ» - Maʻlum uzoqlikda nur oʻtkazish tanlansa dastlab, klaviaturadan uzoqlashish masofasi sonli qiymatda beriladi va ―Enter‖ tugmasi bosiladi. Keyin toʻgʻri chiziqli obʻekt tanlanadi. Sichqoncha koʻrsatkichi ushbu obʻektning qaysi tomoni tanlanishini soʻraydi (chap yoki oʻng, yuqori yoki pastidan va h.). Tomon sichqoncha yordamida tanlanishi bilan tanlangan obʻektga parallel va belgilangan masofa uzoqligida cheksiz nur oʻtkaziladi. Buyruqdan chiqish uchun klaviaturadan ―Esc‖ tugmasi bosiladi.
Izoh: Tahrirlash panelidan foydalanib nur toʻgʻri chizigʻining kerakli qismi saqlanib, keraksiz qismi oʻchirilishi mumkin «Полилиния» - Xususiyatli chiziq tugmasi.
B u buyruq ancha murakkab xususiyatlarga ega boʻlgan chiziqlarni bajarish uchun qoʻllaniladi. Aytaylik, chizqning yoyga oʻtib ketishi, chiziqning trapesiyasimon qiymatlarda yoʻgʻonlashuvi yoki ingichkalashib borishi nazarda tutiladi. Qisqa qilib aytganda murakkab parametrlarga ega boʻlgan xususiyatli chiziqlarni bitta obʻekt deb qabul qiladi.
Izoh: Keyinchalik tahrirlash panelidan foydalanib xususiyatli chiziqni tahrirlash mumkin.
Dastlab buyruq tugmasi tanlanganda «Оtrеzоk» - Kesma buyrugʻi
s ingari ketma ket toʻgʻri chiziqlarni chizish mumkin. Agarda, boshlangʻich nuqta tanlanib, soʻngra klaviaturadagi ↓ - koʻrsatkichi bosilsa ekranga yordamchi menu oynasi chiqariladi. Ushbu yordamchi menudan «Dugа» - Yoy tanlanganda
Bevosita turli radiuslarga ega boʻlgan yoylarni bajarish mumkin.
Aniq qiymatlarga ega boʻlgan yoylarni bajarish uchun esa yana klaviaturadagi ↓ - koʻrsatkichi bosiladi va yordamchi menu chaqiriladi.
U shbu yordamchi menu «Угол» - Burchak, «Центр» - Markaz, «Направление» - Yoʻnalish, «Полуширина» - Yarim enli, «Линейный» - Toʻgʻri, «Радиус» - Radius, «Vtоrаya» - Ikkinchi, «Оtmеnitʻ» - Rad etish, «SHirinа» - Kengligi kabi buyruqlarga ega-ki ularning har biri bilan bevosita mashgʻulotlar jarayonida tanishib, oʻqituvchi yordamida oʻrganib boriladi.
|
| |