• Foydalanilgan adabiyotlar royxati
  • Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat




    Download 364 Kb.
    bet2/2
    Sana06.12.2023
    Hajmi364 Kb.
    #112742
    1   2
    Bog'liq
    AVARIYANI OLDINI OLISH AVTOMATIKASI.

    Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    • yagona elektr energetikasi tizimining ishonchli ishlab turishini ta'minlash;

    • elektr energiyasi ishlab chiqarilishi va uning iste'moli o‘rtasidagi muvozanatni (elektr energetika xavfsizlik balansini ta'minlash) saqlab turish;

    • avariya rejimi yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek uni bartaraf etish;

    • avariya rejimi bartaraf etilganidan keyin tizimning ishonchliligini tiklash;

    • elektr energiyasini yuklama grafiklari va tizimlararo quvvat oqimlarni berilgan quvvat rezervlari va turg‘unlik zaxiralari doirasida bajarilishini ta'minlash;

    • energetika va irrigatsiya ehtiyojlariga ko‘ra, daryo oqimlaridan samarali foydalanish maqsadida gidroelektr stansiyalarning ish rejimlarini ishlab chiqish va «Chorbog‘» suv omboriga suv to‘ldirish va suv chiqarish grafigi tuzilishida ishtirok etish;

    • elektr stansiyalari va energetika tizimi bo‘yicha turg‘unlikni hisoblash, avariyaga qarshi avtomatika uchun rejim talablarini ishlab chiqish va tarmoqlarni rivojlantirish, avariyaga qarshi avtomatika bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish;

    • yagona elektr energetika tizimi ish rejimlaridan kelib chiqqan holda, yillik, oylik uskunalar ta'mir jadvali tuzishda ishtirok etish;

    • yagona elektr energetika tizimi qisqa muddatli, ya'ni kunlik, haftalik ish rejimlarini rejalashtirish;

    • elektr energiya hosil qiluvchi korxonalari uchun energetika tizimi balansidan kelib chiqqan holda kundalik ish jadvallarini tuzish;

    • tezkor boshqaruvi ostida bo‘lgan uskunalar ish holatlarining o‘zgarishida qayta ulab-o‘chirish operatsiyalarini bajarishda rahbarlik qilish.


    Bundan tashqari, energetika tizimi elektr xo‘jaligining turli ish sharoitlari, jumladan, yangi uskunalarni ishga tushirish bilan bog‘liq rejimlarni ishlab chiqish, aktiv va reaktiv quvvat oqimlarini taqsimlanish hisob-kitoblarini amalga oshirish, YaET nazorat nuqtalari uchun kuchlanish grafiklarini ishlab chiqib nazoratini olib borish, elektr stansiyalari va energetika tizimi bo‘yicha statik va dinamik turg‘unlikni hisoblash, avariya qarshi avtomatika uchun rejim talablarini ishlab chiqish, tarmoqlarni rivojlantirish, avariyaga qarshi avtomatika bo‘yicha loyihalarni ko‘rib chiqishda ishtirok etish, yuklamani o‘chirishni maxsus avtomatikasi kurilmalarini ishlash samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, energetika tizimidagi bajarilayotgan loyihalarda elektr rejimlarga, avtomatikaga (avariyaga qarshi avtomatika) oid masalarni hal qilinishini, uni tahlil qilish va zaruriy tadbirlarni bajarish, kelgusi yil qish va yoz mavsumiga energotizimning kelajak rejimini hisoblash, energotizimda haqiqiy quvvat taqsimlanishini hisoblash, O‘zbekiston energosistemasi obyektlarining normal sxemalarini qayta ko‘rib chiqish va muvofiqlashtirish, ishlab chiqarilayotgan elektr energiyani va quvvat oqimlarini har soatda va kunlik oqimlarni haqiqiy qiymatlarini teleo‘lchov, vattmetr hisoblagichlardan keladigan ma'lumotlar asosida tahlil qilish, avariyani oldini olish avtomatikasi uskunalarining ishini tahlil qilish va statistikasini olib borish va kerakli choralarni qo‘llash, kelgusi kun uchun ishlab-chiqarish va saldo grafiklarini hamda energetik tizim iste'mol buyicha prognoz tayyorlash, iste'mol, ishlab chiqarish va saldo oqimlari bo‘yicha energetik tizim rahbariyatiga ma'lumot tayyorlash, elektr tarmog‘i korxonalari uchun iste'mol bo‘yicha topshiriq tayyorlash va tahlilini olib borish kabi ishlar bilan shug‘ullanadi.
    Shuningdek, 2019-yil MDM energetika tizimida yosh malakali kadrlarni tayyorlash jarayonida faol ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib Milliy dispetcherlik markazi yosh muhandis texnik xodimlaridan besh nafari AQShning USAID agentligi tomonidan ko‘rsatilgan texnik yordam doirasida, elektr rejimlarini hisoblashning DigSILENT PowerFactory zamonaviy dasturida ishlash va rejimlar hisoblash bo‘yicha Ukrainaning «DMCC-Engineering» kompaniyasi tomonidan Toshkent shahrida tashkil etilgan o‘quv seminarlari va kurslarda ishtirok etib, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha malakalarini oshirib maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi:
    Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:



    1. N.I.Ovcharenko «Avtomatika elektricheskix stantsiy i energeticheskix sistem». Izd. NTSENAS, 2001 g.

    2. N.I.Ovcharenko «Elementq avtomaticheskix ustroystv energosistem». M. Energoatomizdat, 1995 g.

    3. «Avtomatizatsiya energeticheskix sistem». Pod.red. V.P.Morozkina. M. Energiya 1994 g.

    4. M.A.Berkovich, V.A.Semenov. «Avtomatika energosistem» M. Energiya 1991 g.

    5. V.A.Andreev. «Releynaya zaҳita i avtomatika sistem elektrosnabjeniya». M. VSH. 1991 g.

    Download 364 Kb.
    1   2




    Download 364 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Milliy dispetcherlik markazining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat

    Download 364 Kb.