Avtomobil yo‘llari to‘shamasini qurishning chet el tajribalari




Download 1,41 Mb.
bet2/3
Sana06.02.2024
Hajmi1,41 Mb.
#152276
1   2   3
Bog'liq
ekspluatatsiya

Avtomobil yo‘llari to‘shamasini qurishning chet el tajribalari
Yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasi avtomobil yo‘llari sohasiga zamonaviy standartlar va texnologiyalarni joriy etish, 2020 2040 yillarda yo‘llarni qurish va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqishga yo‘naltiriladi Hukumat avtomobil yo‘llari sohasida zamonaviy qurilish materiallarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxonalarni tashkil etish, avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarini loyihalashda nemis kompaniyalari «OBERMEYER Panen+Beraten GmbH», «Lahmeyer Internetional GmbH», «Lomb Ingenieurgesellschaft mbH», «INROS LACKNER SE» va boshqalar bilan hamkorlik o‘rnatish uchun ishchi guruh tashkil etadi Qaror bilan Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasiga 2019 yil 10 fevralgacha avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash sohasi mutaxassislarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash mazkazini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqish vazifasi yuklandi Moliya vazirligi avtomobil yo‘llari sohasida davlat xususiy sheriklik tamoyillarini joriy etish chora tabirlarini ko‘radi 2019 yildan boshlab yo‘l xo‘jaligida loyiha smeta hujjatlarini ishlab chiqish, qurilish montaj ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko‘rsatkichlarini hisobga olishni ko‘zda tutadigan tartib bosqichma bosqich joriy etiladi Shuningdek qaror bilan 2018 2019 yillarda yo‘l qurilishi sohasida ilg‘or xorijiy uslublarni joriy etish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Yoʻl qurilishi va ekspluatatsiyasi sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi
Qaror loyihasi bilan:
“Ochiq byudjet ” tamoyillari asosida yoʻl qurilishi , rekonstruksiya qilish va capital taʼmirlash ishlari , ekspluatatsiyasi, chet eldan impor qilinadigan asosiy yoʻl qurilish materiallari va texnikalar uchun yoʻnaltirilayotgan mablagʻlarning harakati toʻgʻrisida maʼlumotlarning toʻliq shaffofligi;
Yoʻl qurilishi va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni shakllantirishda yoʻllardan foydalanuvchilarning fikrini inobatga olish;
Yoʻl qurilishi va ekspluatatsiya qilish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirishning har bir bosqichini jamoatchilikning nazorati ostida olib boorish;
Yoʻl qurilishi bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish yakunlari boʻyicha obyektlarni qabul qilish jarayonida jamoatchilik vakillarining ishtirokini taʼminlash koʻzda tutilmoqda
Shuningdek , Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi , Moliya vazirligi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda avtomobil yoʻllari sohasiga tegishli maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga oladigan Shaffof Yoʼl onlayn axborot platformasini va uning mobil ilovasini sinov tartibida ishga tushiradi va yurituvini yoʻlga qoʻyadi
Platformani ishlab chiqish , ishga tushirish , texnik xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq xarajatlar Moliya vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi . Maʼlumotlarni platformaga oʻz vaqtida va toʻliq holda joylashtirish hamda maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisiga shaxsiy masʼuliyat yuklanadi
Bundan tashqari , Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga Kadastr agentligi bilan birgalikda 2021 yil 1 dekabrga qadar xorijiy tajribaga asoslangan holda platformada Oʻzbekistonda mavjud barcha toifalardagi avtomobil yoʻllarining onlayn xaritasini joylashtirishi hamda avtomobil yoʻllarini qurish , rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash obyektlarining Interaktiv onlayn xaritasini ishlab chiqish vazifasi yuklatilmoqda

Download 1,41 Mb.
1   2   3




Download 1,41 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Avtomobil yo‘llari to‘shamasini qurishning chet el tajribalari

Download 1,41 Mb.