• Kirish
  • Yo‘l qurish texnologiyalarini takomillashtirish masalalari.
  • Avtomabil yo`llarini qidiruvi va loyihalashning meyoriy hujjatlari




    Download 1,41 Mb.
    bet1/3
    Sana06.02.2024
    Hajmi1,41 Mb.
    #152276
      1   2   3
    Bog'liq
    ekspluatatsiya

    Yo'l qoplamasining ustki yuzasiga ishlov berishning zamonaviy texnologiyalari.

    Reja:

    • Kirish.
    • Yo‘l qurish texnologiyalarini takomillashtirish masalalari.
    • Avtomobil yo‘llari to‘shamasini qurishning chet el tajribalari
    • Xulosa.
    • Foydalanilgan adabyotlar.

    Kirish

    • Yo'l qoplamasi yuzasi quruq holatida avtomobil harakati xatarsiz davom etadi va zaruriyat tug'ilganida qisqa masofada to'xtash imkoni bo'ladi. Qor, yo'lg'ir ta’sirida, ayniqsa, past haroratda qoplama yuzasi muzlashi oqibatida yaxmalak yuza hosil bo'ladi. Natijada bunday yuza bilan avtomobil g'ildiraklarining o'zaro ilashishligi kamayib, avtomobilning harakat inersiyasi kuchiga qarab uning to'xtash masofasi uzayib, hattoki yo'l chekkasiga tortib ketishiga ham sabab bo'ladi. Qoplama yuzasida yaxshi ilashishlikni ta ’minlash uchun mustahkam g'adir-budur yuzani ta’minlash, unda suv qochirish tadbirlari va doimiy quruq saqlash, qor muzlarni esa tezda eritib yo‘l poyidan tashqariga chiqarish choralarini ko'rish lozim. Avtomobil g‘ildiragi shinalarida turli shakliarga ega bo'lgan, qoplamaga ilashishgan yuzadagi suvni siqib chiqara oladigan izlar ta’minlanishi va shinalar o ‘ta pishiq ashyolardan tayyorlanmog‘i lozim.

    Yo‘l qurish texnologiyalarini takomillashtirish masalalari.

    • Prezidentning “2020-2030 yillarda O‘zbekiston Respublikasining avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
    • Strategiyaning asosiy maqsadi – avtomobil yo‘llari tarmog‘ini rivojlantirish va takomillashtirishning, ularning ekspluatatsiya qilish xususiyatlarini oshirishning iqtisodiyot barqaror va ildam rivojlanishiga, respublika mudofaa qobiliyati va iqtisodiy xavfsizligi mustahkamlanishiga, aholi turmush darajasi o‘sishiga ko‘maklashadigan yo‘nalishlari, yondashuvlari va mexanizmlarini belgilab olish.

    Avtomobil transportining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun avtomobil yo'llarining transport-ekspluatatsion xususiyatlarini bosqichma-bosqich yaxshilash kerak. Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, avtomobil yo'llarining transport-foydalanish sifatini oshirish uchun ajratilayotgan mablag'lar yetarli emas. Zamonaviy amaliyotda avtomobil yo'llarining transport-ekspluatatsion sifatini oshirish uchun ajratilayotgan cheklangan mablag'lar ularning paydo bo'lishining oldini olish o'rniga qoniqarsiz holatga ega bo'lgan yo'l uchastkalarini ta'mirlash uchun ishlatiladi. Iqlim va ob-havo tabiat faktorlarining asosiy qismi bo‘lib, yo‘lning transport-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga, avtomobillarning harakat rejimi va harakat xavfsizligiga hamda ularning ishlash qobiliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
    Avtomobil yo‘lari turli xil ta’sirlar va tabiiy omillar ostida ishlaydi. Bu ta’sir etuvchilar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi:
    1. Yo‘l poyi va to‘shamasini mustahkamlik va xizmat muddatiga ta’siri;
    2. Yo‘lning qoplama yuzasida bo‘ladigan o‘zgarishlarini g‘ildirak bilan qoplamani
    ilashish xususiyatlarini pasayishiga ta’siri.
    To‘shama mustahkamligi yo‘l qoplamasining ravonligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatib, harakat tezligining ta’minlanishiga va transport vositalarinidan foydalanish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Qoplamada asta-sekin mustahkamlik pasayishi sababli har xil deformatsiya va buzilishlar paydo bo‘ladi.
    Yo’l to‘shamasidagi deformatsiya va buzilishlarning ko‘rinishi:
    1-cho‘zilish oralig‘i; 2-egilish; 3-to‘shamani siqilgan joyi; 4-yo‘l to‘shamasida yoriqlar;
    5-to‘shamani yuqori kesilishlari; 6-yo‘l to‘shamasining deformatsiyasi; 7-gruntning surilish
    yo‘nalishi; 8-gruntning siqilish yo‘nalishi; 9-yo‘l to‘shamasi asosidagi gruntning holati;
    10-gruntga berilayotgan bosim maydoni.
    To‘shamalarda sodir bo‘ladigan o‘zgarish va buzilishlar asosan unga ta’sir etuvchi kuchlar hisobiga sodir bo‘ladi. Bular ezilish, siljish, to‘lqinsimon tarnovsimon izlar va notekis cho‘kishlardir.
    DINA-4FWD nobikr yo‘llar qoplamalarining mustahkamligini baholashda
    ishlatiladigan dinamik yuklanish uskunalarining yangi avlodi.
    Dina-4 yo‘l konstruksiyasining tarang egilishini zarba berish paytida yettita
    nuqtada o‘lchashni ta’minlaydi. Yo‘l konstruksiyasining qattiqligiga qarab vertikal yuklanish qiymati 3.0 kN. dan 6.5 kN. gacha regiltirovka qilinadi.
    Uskunaning ishi to‘liq avtomatlashtirilgan. Qoplamaning haroratiga tuzatish kiritiladi. 30-40 sek./o‘lchashda ishlash imkoniyatini beradi
    O’rganilgan ma’lumotlarni va olingan natijalarni inobatga olgan holda
    avtomobil yo‘lining mustahkamlik ko‘rsatkichini va xizmat muddatini oshirish bo‘yicha quyidagi ta’vsiyalar berishimiz mumkin bo’ladi:
     Avtomobil yo’llari tarozi nazorat punkitlarini o’rnatish.
     Yuqori haroratli iqlim sharoitida og’ir yuk avtomobillar harakatini tartibga solish (cheklash).
     Avtomobil yo’llarida g’ildirak izini keltirib chiqaruvchi omillarni oldini olish.
     Bog’lovchi yo’l qurilish materiallarni yuqori haroratga chidamliligini oshirish.
     Avtomobil yo’llarida harakat jadalligini nazorat qilish(baholash).
     Avtomobil yo’llarini qurishda, qurish texnologiyasini to’g’iri tashkil qilinishini nazorat qilish.

    Download 1,41 Mb.
      1   2   3




    Download 1,41 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomabil yo`llarini qidiruvi va loyihalashning meyoriy hujjatlari

    Download 1,41 Mb.