• Murakkab tizim
  • – Ma’ruza : Ochiq tizimlarning o’zaro ta’sirlari modeli




    Download 14.45 Mb.
    bet50/128
    Sana28.02.2023
    Hajmi14.45 Mb.
    #43730
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128
    Bog'liq
    РАҚАМЛИ БОШҚАРИШ ТИЗИМЛАРИ УМК 2018 237 БЕТ
    1 тест, O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari, 18 маъруза, 22-32, 2-ЛАБОРАТОРИЯ, Nasos stansiyalarini tasniflash, ochiq dars ishlanma 5-sinf, Расписания АРТ апрел, Mavzu Go\'daklik davrida psixik rivojlanishda kattalar bn emotsi-fayllar.org, mustaqil ta\'lim BT sirtqi 2-kurs (96 soat), Tadqiqotlari, 1-topshiriq rgb-yorug’lik diodi. Impuls kengligining mo, Tcpip protokoli tarixi, labaratoriya 4 linux server

    19 – Ma’ruza : Ochiq tizimlarning o’zaro ta’sirlari modeli.




    Tizim – bu elementlardan tashkil topgan ob’ekt. Ushbu ta’rif umumiy bo‘lib ham sodda, ham murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, rangli qalamlar to‘plami – bu sodda tizim, chunki bu to‘plam maqsadga intilmaydi. Uning maqsadi ichkaridan emas, balki tashqaridan belgilanadi: rasm chizish tashqi muhitda maqsad qilib olinadi, ya’ni qalamlar to‘plami aslida tashqaridagi ob’ekt uchun vosita (instrument) sifatida xizmat qiladi.
    Murakkab tizim – bog‘langan elementlardan tashkil topgan va maqsadga intilayotgan ob’ektdir. Bu ta’rif faqat murakkab tizimlarni o‘zida qamrab oladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti oliy ma’lumotli yuridik kadrlarni tayyorlash tizimi sifatida quyidagi bir biri bilan bog‘liq bo‘lgan va ierarxik tuzilma orqali bog‘langan elementlardan tashkil topgan: rektor, prorektorlar, kafedralar, talabalar va h.k. Bu tizim quyidagi maqsadga intiladi - yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, ya’ni, boshqacha qilib aytganda, “ob’ekt miqyosida maqsad dasturlangan”. Har qanday murakkab tizim quyidagi to‘rtta tushuncha orqali ifodalanadi: sub’ekt, ob’ekt, muammo (masala) va tezaurus.
    Sub’ekt deb ob’ektning iste’molchisiga aytiladi. Masalan, avtomobilni ob’ekt, xaydovchisini esa sub’ekt desa bo‘ladi. Universitetning sub’ekti – jamiyat, chunki universitet o‘z faoliyati bilan jamiyatga naf keltiradi. Sub’ekt ba’zi tizim-larda ajralmas, ba’zilarida esa ajralgan bo‘lishi mumkin. Agar sub’ekt va ob’ekt ajralmas bo‘lib tizimni shakllantirishsa va uning tashqi muhiti umuman inobatga olinmasa, bunday tizim yopiq tizim deyiladi.
    Agar tashqi muhit tizim holatiga ta’sir qilsa va bu hol inobatga olinsa, u holda ochiq tizim haqida so‘z gapirsa bo‘ladi.
    Ob’ekt – bir-biri bilan tuzilma orqali bog‘liq bo‘lgan va sub’ektga naf keltirishga mo‘ljallangan qo‘yi ob’ektlar, qismlar to‘p-lami. Masalan, avtomobil va xaydovchi tizimida avtomobil ob’ekt bo‘lib xizmat qiladi. Universitetning o‘zi – ob’ekt, jamiyat esa - sub’ekt. O‘zbek tilining so‘zlari majmuasi – ob’ekt, o‘zbek tilida so‘zlashuvchi jamiyat esa - sub’ekt. Yoshlar orasidagi jinoyatlar bilan kurashish tizimida ob’ekt sifatida quyidagi bir necha organlar majmuasi ko‘rilishi mumkin: prokuratura, ichki ishlar, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, o‘zini-o‘zi boshqarish, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati organlari.

    Download 14.45 Mb.
    1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   128




    Download 14.45 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    – Ma’ruza : Ochiq tizimlarning o’zaro ta’sirlari modeli

    Download 14.45 Mb.