|
a) b) v)
1.2.- rasm. Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari
|
bet | 3/5 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 280,87 Kb. | | #113146 |
Bog'liq AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI SXEMALARDA BELGILANISHIa) b) v)
1.2.- rasm. Avtomatika elementlarining statik tavsifnomalari.
a) - chiziqli Ks= Kg= const; b) - uzluksiz nochiziqli; KsKg const. v)- nochiziq uzlukli KsKq const F
Avtomatika elementining yana bir muhim tavsifnomasi – element (kirish kattaligi o’zgarishiga bog’lik bo’lmagan) chiqish kattaligining o’zgarishidan hosil bo’lgan o’zgartirish xatosidir. Bu xatoga sabab atrof-muhit xaroratining, ta’minlash kuchlanishining o’zgarishi va kabilar bo’lishi mumkin. Element xarakteristikalarining o’zgarishi natijasida paydo bo’ladigan hato nostabillik deb ataladi.
Ba’zi elementlarning chiqish va kirish kattaliklari o’rtasida ko’p qiymatli bog’lanish mavjud. Bunga quruq ishqalanish, gisterezis va boshqalar sabab bo’lishi mumkin. Bunda kattalikning xar bir kirish qiymatiga uning bir necha chiqish qiymatlari mos keladi. Sezgirlik chegarasining mavjudligi shu hodisa bilan bog’liq.
Kirish kattaligining element chiqishidagi signalini sezilarli darajada o’zgartirish qobiliyatiga ega bo’lgan qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi. Avtomatika elementlari mustahkamlik bilan xam xarakterlanadi. Elementlarning sanoat ekspluatatsiyasida o’z parametrlarini yo’l qo’yiladigan chegarada saqlash qobiliyatiga mustahkamlik deb ataladi. Mustahkamlik elementni loyihalash vaqtida hisoblanadi va uni ishlab chiqarilgandan so’ng ekspluatatsiya jarayonida sinaladi.
Avtomatikaning boshqarish sxemalari
Avtomatik tizimlar, elementlar va moslamalarning montaj, sozlash, rostlash, ekspluatatsiya qilish kabi ish jarayonlarni bajarish maqsadida avtomatik sxemalardan foydalinadi. Avtomatika sxemalari asosiy hujjat hisoblanadi va ular funksional, strukturaviy, prinsipial va montaj sxemalariga bo’linadi.
Funksional sxemalar moslamalarni, elementlarni, vositalarni o’zaro bog’lanishlarini va xarakatlanishlarini ifodalaydi. Elementlar sxemada to’rtburchak shaklida belgilinadi, ularning orasidagi aloqalar esa strelkali chiziqlar bilan belgilanadi. Strelkaning yo’nalishi signalning o’tishini ko’rsatadi (1.3 - rasm).
ТE
БК
БО ИМ
БУ
|
| |