Tormoz boshqarmasidagi yangiliklari




Download 1.59 Mb.
bet35/35
Sana24.03.2017
Hajmi1.59 Mb.
#1558
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35
Tormoz boshqarmasidagi yangiliklari

MTT – muhosaralovchi tormoz tizimlari. Bu tizimlar 20-chi yillar-ning oxirida ixtiro etilgan. Lekin amalda keng qo’llanish 1970 yildan boshlandi.

MTTning qo’llanishi:



  1. Tormozlash samaradorligini oshiradi.

  2. Avtomobilning turg’unligini va boshqaruvchanligini yaxshilaydi.

  3. Harakatning o’rtcha tezligini oshiradi.

  4. Shinaning xizat muddatini oshiradi.

MTT zamonaviy talablarga ko’ra:

  1. Massasi 3,5 tonnadan ortiq bo’lgan hamma yuk avtmobillarida,

  2. Massasi 5 tonnadan ortiq bo’lgan hamma avtobuslarda

  3. Yengil avtmobillarning hammasida.

MTT ta’minlaydi:

  1. Eng kichik tormozlanish yo’lini (mumkin bo’lgannining 75%).

  2. Tormozlanishda turg’unlikni,

  3. tormozlanishda boshqaruvchanlikni,

  4. tashqi sharoitning o’zgarishiga moslashish,

  5. ravon tormozlanishni,

MTT ning trkibi:

  1. g’ildirakning aylanish datchigi,

  2. tezlik datchigi,

  3. bosim datchigi

  4. EBB,

  5. modulyator.

ShQT- shataksirashga qarshi tizimlar.

Afzalliklari:



  1. Sirpanchiq yo’llarda o’rnidan qo’zg’olish paytida tortish kuchini va avtomobilning turg’unligini oshiradi.

  2. Yumshoq yo’llarda o’tuvchanlikni oshiradi.

  3. Ilashash koeffistienti tez o’zgarganida transmissiyadagi yuklamani kamaytiradi.

  4. Shinaning eyilishi kamayadi.

ShQTning tuzilishi:

  1. G’ildirak tezligi datchigi.

  2. EBB

  3. Modulyator.

ShQT ning EBB dan kelayotgan signal ta’minlash tizimining EBB dan keladigan signalga nisbatan ustunlika ega, ya’ni masalan haydovchi gazni keoragidan ortiq bosib yuborsa, ShQTning EBB dan kelgan signal drossel zaslonkasini 0,1 sekund ichida 100 ga orqaga qaytaradi. Natijada etaki g’ildirakka uzatilayotgan burovchi moment miqdori kamayadi va shataksirash ro’y bermaydi.

Muhosaralovchi tormoz tizimi, shataksirashga qarshi tizimlardan tashqari, hozirda yengil avtomobillarda qyidagi tormoz tizimlari keng qo’llanilmoqda:



  1. HDC – Hill Descent Control - Pastlikka tushishda qo’shimcha avto-matik ravishda tormozlash tizimi.

  2. EBD– Electronic Brake Disrtibution - Tormoz kuchlarini o’klar bo’yicha elektron taqsimlash tizimi.

  3. CBC- Cornering Brake Conrtol – Tormoz kuchlarini burilish paytida bortlararo taqsimlash tizimi.

  4. EBA – Electronic Brake Assist – tezkor tormozlash tizmi.

  5. EPB – Electronic Parking Brake – elektron to’xtab turish tormozi.

  6. BBW – Brake By Wire - Simlar orqali tormozlash tizimi. Bunda kolodkalar tormoz diskiga elektrodvigatel yordamida siqiladi.

Bu tizimlarning ishini bitta elektron blok boshqaradi.
Nazorat savollari:

  1. Yordamchi tormoz tizimidagi yangiliklarni ayting.

  2. Tormoz mexanizmlaridagi yangiliklar nimalardan iborat.

  3. MMT nima (muhosaralovchi tormoz tizimi).

  4. ShQT nima (shataksirashga qarshi tizim)

5. Tormoz boshqarmasida qanday yangiliklar mavjud.
Adabiyotlar:

1. Ivanov A.M., Solnstev A.N., Gaevskiy V.V. i drugie. Osnovы konstrukstii avtomobilya. M.: Za rulem.- 2005.-336 s.

2. Avtomobilnыy spravochnik. «Bosch» - ZAO KJI Za rulem. – 2002.

3. Braess H., Seiffert V. Vieweg Handbuch Kraftfahrzeugtechnik. Vieweg- 2001.






Download 1.59 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   35




Download 1.59 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tormoz boshqarmasidagi yangiliklari

Download 1.59 Mb.